3 -§. Pul muomalasi statistikasi
Pul muomalasini ifodalaydigan statistik ko'rsatkichlar tizim i, pul massasini aniqlashga, uning tarkibini va m uom ala tezligini o'rganishga asoslanadi.
O 'zbekiston Markaziy banki quyidagi pul massasi agre- gatlarini rasmiy ko'rsatkichlar sifatida qabul qilgan va u O 'zbekiston statistikasida keng qo'llaniladi.
MO — bank tizim idan tashqarida m uom alada m avjud
bo'lgan naqd pullar;
M 1 — tarkibiga MOni kiritadi, shuningdek, milliy valuta- dagi vositalar va jam g'arm alarni o 'z ichiga olib, ular korxonalar, tashkilotlar, ijarachilar, fuqarolar va boshqa hisob raqamidagi hisob-kitoblar qilish va qoldiq m ablag'larini;
aholi va korxonalam ing tijorat banklaridagi so'rab olguncha
saqlanadigan depozitlarini; budjet, kasaba uyushm alari, jam oat va boshqa tashkilotlar m ablag'larini; sug'urta tash- kilotlari m ablag'larini o ‘z ichiga oladi.
М 2 — tarkibiga M l ni va aholining tijorat banklaridagi depozitlarini kiritadi.
0 ‘zbekiston pul massasi hajmi va tarkibi
2004-yil 2005-yil
Ko‘rsatkichlar 1-yanvarga 1-yanvarga mlrd. jamiga nis- mlrd. jamiga nis so'm batan %% so'm batan %%
Pul massasi (М2) Pullar (M l)
Shu jumladan:
Banklardan tashqaridagi mavjud pullar (MO) Mavjudsiz vositalar
Shu jumladan:
Talab qilinguncha saqlanadigan mablag'lar
Xalqaro am aliyotda pul massasini to 'rttad an yettitagacha bo'lgan ko'rsatkichlari hisoblanadi. 1996-yildan boshlab O 'zbekiston M arkaziy banki m a’lum otlarida pul va bank sta- tistikasining xalqaro andozalarga mos ko‘rsatkichlaridan foy- dalaniladigan b o ‘ldi. M asalan, «Pullar» agregati M l agrega- tiga o'xshaydi va m am lakatning barcha pul m ablag‘larini ifodalaydi: ularni to ‘xtovsiz to ‘lanadigan vosita sifatida ish- lashi m um kin va ular banklardan tashqaridagi mavjud pullar va so ‘rab olguncha turuvchi bank tizim idagi depozitlardan
iborat. «Kvazipullar» agregati pul tizim idagi kam likvidli de-
pozitlar bo‘lib, ular bevosita to'Iov vositasi sifatida ishlatil- maydi va ular aylanishi «pullar»ga nisbatan ancha sekin ke- chadi. Bu agregat muddatli va milliy valutadagi jam g 'a rm a depozitlar va xorij valutadagi jam g 'a rm a depozitlar bo‘lib, ular 0 ‘zbekiston Markaziy banki balansida va tijorat banklari balansida hisobga olinadi. «Keng pullar» agregati «pullar» va
«kvazipullar» agregatlarining yig‘indisiga teng.
Pul massasi М2 agregatining «keng pullar» agregatidan asosiy farqi shundaki, М 2 tarkibida xorij valutasidagi d e pozitlar hisobga olinmaydi, lekin unga vaqtincha kirish chegaralangan depozitlarning bir qismi kiritiladi. U lar pul balansi tuzilganda alohida mustaqil agregatga o ‘tkaziladi va pul massasi agregatlari hisoblanganda hisobga kiritilmaydi.
«Pul bazasi» ko'rsatkichi pul massasining mustaqil kom - ponenti hisoblanadi. Pul bazasi' MO agregati — 0 ‘zbekiston M arkaziy banki chiqargan mavjud pullarni (CTzbekiston Markaziy banki omborida saqlanayotgan pullarni hisobga olm agan holda) va tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlarini o‘z ichiga oladi (X alqaro valuta fondi tavsiyasiga asosan «pul bazasi» ko'rsatkichini MO agregatiga o'xshash sifatida qaraladi),
Pul massasining dinamikasini kuzatib turish va tijorat banklarining iqtisodiyotga kredit im koniyatlarini kengaytirish maqsadida «pul multiplikatori» ko'rsatkichidan foydalaniladi. Pul multiplikatori — koeffitsiyent, ya’ni m uom aladagi pul massasini ko‘paytirish o ‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. U ni hisoblash uchun М 2 pul massasini pul bazasi:
Dm= M 2 /M 0 ga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |