IV BOB. DAVLAT MOLIYaSI STATISTIKASI
4.1. Davlat moliyasi statistikasining tarkibi
Davlat moliyasi statistikasi iqtisodiy statistika, moliya statistikasining muhim va
tarkibiy qismidir. Ma’lumki, u yoki bu mamlakatning moliya tizimining tuzilishida
umumiylik (xalqaro andozalar) va milliy xususiyatlar mavjud bo’ladi. Barcha
78
mamlakatlarning moliya tizimida davlat boshqaruvi sektorining moliyasi etakchi o’rinni
egallaydi. Moliya tizimi – bu milliy iqtisodiyot tarkibiga kiruvchi ichki iqtisodiyot
sektorlari (nomoliyaviy korporatsiyalar, moliya korporatsiyalari, davlat muassasalari, uy
xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar va uy xo’jaligi) va «Qolgan dunyo»
moliyasini o’z ichiga oladi. Bu fikr ushbu kitobning dastlabki bob va paragraflarida
bayon qilingan, ammo «Moliya», «Moliya statistikasi», «Davlat byudjeti» va boshqa
moliya-kredit yo’nalishidagi darslik va o’quv qo’llanmalarida, ma’ruza matnlarida
moliya tizimi va davlat moliyasiga bo’lgan yondoshishlarni jahon andozalariga to’g’ri
keladi, deb bo’lmaydi, ularda hanuzgacha eskicha qarashlardan xolis bo’linmagan.
Masalan, moliya tizimi davlat moliyasi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasidan
iborat deyiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar esa-turli mulk shaklidagi korxonalaridir.
«Umumiqtisodiy nazariya» faniga tegishli bo’lgan ba’zibir darsliklarda esa
mamlakat moliya tizimiga: 1. Korxonalar, tashkilot va muassasalar moliyasi. 2. Davlat
moliyasi. 3. Sug’urta moliyasi va 4. Kreditlash tizimi moliyasi kiritiladi, deb ko’rsatiladi.
Ko’rinib turibdiki, bu BMT, XVF, Jahon banki, OESR, ES statistika bo’limlari
hamkorligida ishlab chiqilgan va 1993 yilda ma’qullangan Milliy hisoblar tizimi
talablariga mos kelmaydi.
Davlat sektorining moliyasi tarkibini belgilash masalasi yuqorida bayon qilingan
holatdan ham birmuncha yomonroqdir. Masalan Kavalyova.A.M. tahriridagi «Finansi»
darsligida
1
umumdavlat moliyasi tarkibiga davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar,
davlat krediti, sug’urta fondlari, fond bozori kiritilgan. Boshqa darsliklarda davlat
moliyasining tarkibi boshqacharoq qilib ko’rsatilgan. Masalan RAEN muxbir a’zosi
L.A. Drobozina tahriridagi «Finansi» darsligida esa davlat moliyasi tarkibiga: davlat
byudjeti tizimi, davlat krediti va mahalliy hokimiyatlarning (federativ davlatlarda-
federatsiya a’zolarining) krediti; byudjetdan tashqari maxsus fondlar va davlat
korporatsiyalarining moliyasi kiritiladi, deb bayon qilingan
2
. Bunday, jahon andozalariga
mos tushmaydigan qarashlar hatto moliya statistikasiga oid darslik va o’quv
qo’llanmalarida
3
ham oydinlashtirilmagan. Ularda, hatto davlat moliyasi statistikasiga
alohida e’tibor berilmagan. Faqat B.T. Ryabushkin tomonidan tayyorlangan «Osnovi
statistiki finansov» (M. Finstatform, 1997) o’quv qo’llamasida Rossiyada qabul qilingan
an’analar bo’yicha davlat moliyasiga davlat boshqaruvining turli bosqichlari byudjeti,
byudjetdan tashqari fondlar, davlat krediti, davlat korxonalarining moliyalari kiritildi, deb
bayon qilingan. (4-bet). Afsuski, B.G.Boldirov tahririda nashr qilingan. «Finansi
kapitalizma» (M. FiS, 1990) darsligi predmeti va vazifalari paragrafida bu fanda
g’arbdagi davlat moliyasi to’g’risidagi zamonaviy nazariyalar o’rganiladi deb
ko’rsatilgan holda monopolistik kapitalizm moliya tizimi 4 bo’g’indan: davlat byudjeti,
mahalliy moliya, davlat korxonalari moliyasi va maxsus hukumat fondlaridan iborat deb
ko’rsatilgan (22-bet).
O’zbekiston Respublikasida tayyorlangan o’quv qo’llanmalarida moliya, moliya
tizimi, davlat moliyasi, moliyaviy ko’rsatkichlar va boshqa moliyaviy masalalarga
yondoshish Rossiyada nashr etilgan o’quv-uslubiy adabiyotlar doirasida amalga
1
«Финансы» под.ред. Проф. А.М.Ковалевой:.Фис, 1999г, 24 бет.
2
«Финансы» под.ред. Проф. Л.А.Дробозиной, М.Юнити, Финансы, 1999г, 55 бет.
3
Статистика финансов под.ред. П.П.Маслова М. Статистика, 1974, «Статистика финансов» под.ред. П.П.Маслова и
В.И.Рябинина М. Статистика, 1979; «Статистика финансов» под.ред. В.Н.Салина. М: Ф и С, 2000; Дашинская Н.П.
Финансово-банковская статистика. Минск: БГЭУ, 2007.
79
oshirilgan.
Davlat moliyasi statistikasining metodologiyasi, ko’rsatkichlari va ularning sifati,
ishonchliligini baholash, tarqatish, tashkil qilish ishlari ham moliya, pul-kredit va hamda
iqtisodiy statistikaga oid xalqaro standartlarga asoslanganligining ahamiyati kattadir. Bu
standartlar:
BMT, XVF, Jahon banki, OESR va Evropa ittifoqining statistika qo’mitasi
tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan va 1993 yilda BMTning statistikasi
komissiyasi tomonidan maqullangan milliy hisoblar tizimi (MHT-93);
XVFning to’lov balansini tuzish bo’yicha qo’llanmasi (5-nashri, 1993) va unga
2000 yilda kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar;
XVFning (1986) davlat moliyasi statistikasi bo’yicha qo’llanmasi. Ma’lumki,
ushbu qo’llanma 1996 yildan boshlab, XVF tomonidan qayta ko’rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari statistikani boshqa jabhalariga tegishli bo’lgan halqaro
standartlar: xalqaro iqtisodiy tavsifnomalar MSOK (ISIC), mahsulot va xizmatlar, baho
va bandlik, tashqi savdo va boshqalar bo’yicha. Bu tavsiyanomalar va tavsifnomalar
BMTning ixtisoslashtirilgan komissiyalari (ILO va boshqalar) va BMTning statistika
kommisiyasi tomonidan tayyorlangandir. Jahon banki va XVF hamkorligida tashqi kredit
(qarzlar) statistikasi bo’yicha qo’llanma, XVF tomonidan xalqaro likvidlik statistikasi
bo’yicha ishchi qo’llanmasi tayyorlanmoqda. XVF birnecha yil oldin tayyorlagan moliya
malumotlarini xalqaro tashkilotlarga taqdim qilish va tarqatishning maxsus xalqaro
standarti ham ishlab chiqilgan edi. Xalqaro kapital bozoridan foydalanish huquqiga ega
bo’lish maqsadida mamlakatlarning iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini e’lon
qilishning ba’zibir printsip (asosiy qonun-qoida)lariga rioya qilish uchun XVF
ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartini ishlab chiqdi. Bu va hamda yangidan
tayyorlanayotgan standart - tarqatilayotgan statistik ma’lumotlarining sifatini baholash,
iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarning ishonchligini baholashda juda muhim
me’yordir.
Statistikaga oid xalqaro standarlarni milliy statistikada qo’llanma sifatida
foydalanish va ularni joriy etish xalqaro tashkilotlarga (ayniqsa iqtisodiy tashkilotlarga)
a’zo bo’lgan davlatlar uchun ahamiyatlidir:
Xalqaro tashkilotlarga a’zo mamlakatlar shu standartlarga asoslangan holda
statistika ma’lumotlarini taqdim etish majburiyatlarini oladilar;
Bu standartlardan foydalanish natijasida resurslar iqtisod qilinadi, statistikani
uslubiy va tashkil qilishning eng zamonaviy usullari joriy etiladi;
Xalqaro miqyosda taqqoslanadigan ma’lumotlarga ega bo’linishi iqtisodiy
hamkorlikni ya’nada rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
imkoniyatlarini yaratadi.
Xalqaro standartlarni joriy qilishdan yuzaga chiqadigan imkoniyatlar va
afzalliklarni e’tiborga olgan holda davlat moliyasi statistikasini xalqaro standartlarning
tushunchalari, ko’rsatkichlari tizimi va ularni hisoblash uslubiyati, tashkil qilishning
qonun-qoidalari asosida ko’rish lozimdir. Bu o’rinda iqtisodiy (makro-, mikro-) statistika,
moliya, pul-kredit statistikasi, to’lov balansi va statistikasining boshqa jabhalari MHT-
93ga muvofiqlashtiriladi. Chunki, MHT-93 muhim makroiqtisodiy o’zgarishlarni
o’rganish bilan birga, u ja’miki iqtisodiy statistikani uyg’unlashtirish va o’zaro
muvofiqlashtirishning samarali vositasidir. Shunga ko’ra, davlat moliyasi statistikasining
80
markaziy bo’limi va hamda metodologiyasining asosiy kaliti, masalalarining echimi –
davlat boshqaruvi sektorining chegarasi va tarkibini belgilashdir. Ma’lumki, 1986 yildagi
davlat moliyasi statistikasi bo’yicha qo’llanmada (XVF) davlat sektorining tarkibi, unda
amalga oshiriladigan moliyaviy, ishlab chiqarish va tijoriy harakatlarni milliy
iqtisodiyotning sektorlariga o’tkazish borasida MHT–68 bilan birmuncha farqlanishlar
mavjud edi. Qo’llanmada davlat boshqaruvi sektoridagi davlat boshqarish idoralari va
davlat muassalarining asosiy funktsiyasi - bu jamoa iste’moli uchun noxarid
xarakteridagi xizmatlarni etkazib berishligini hisobga olib quyidagi davlat birliklari
davlat boshqaruvi sektoriga kiritilgan edi: 1) markaziy hukumat (boshqarishning
markaziy idoralari); 2) shtatlar, viloyatlar yoki regionlar xukumati; 3) boshqarishning
mahalliy idoralari, munitsipal idoralar, maorif bo’limlari va boshqalar ham; 4)
davlatlararo idoralar, agar ular shu mamlakat xududida soliqqa tortish, yoki davlat
sarflarini amalga oshirishsa. Bu qoida asosan Evropa ittifoqiga kiruvchi mamlakatlar
statistikasiga xosdir.
Sotsial sug’urta bilan bog’liq bo’lgan harakatlar davlat boshqaruvi idoralarining
tegishli bo’g’inlariga tegishli deb ko’rsatilgan.
Shu qo’llanmada davlatga tegishli yoxud davlat nazoratida bo’lgan va xamda
muayan ishlab chiqarish, tijorat yoki moliyaviy harakatlar bilan shug’ullanuvchi birliklar
mahkamaviy korxonalar deyilgan va nomoliyaviy korxonalar va moliyaviy muassalarga
ajratilgan, ular davlat boshqaruvi sektoriga kiritilmagan. Shuning uchun ularning
moliyasi milliy iqtisodiyotning tegishli sektorlari: nomoliyaviy korporatsiyalar va
moliyaviy korporatsiyalar sektorlari tarkibiga kiritilgan. Milliy hisoblar tizimi (MHT-93)
va XVFning davlat moliyasi statistikasi bo’yicha tayyorlanayotgan qo’llamalarida
mavjud bo’lgan farqlar tugatilgan, ya’ni statistikaning shu bo’limida MHT-93
tavsiyanomalari e’tiborga olingan. MHT-93 da davlat muassasalari sektori va uning
kichik sektorlarining tarkibi belgilangan. Shunga ko’ra, bu sektorga quyidagi rezidentlik
institutsional birliklarning guruhlari kiritilgan:
Markaziy, regional va mahalliy bo’g’inlardagi barcha davlat birliklari;
Boshqarishning barcha bo’g’inlariga tegishli bo’lgan barcha ijtimoiy ta’minot
fondlari;
Davlat birliklari tomonidan nazorat qilinadigan va asosan moliyalashtiriladigan
noxarid xizmatlar ko’rsatuvchi barcha notijorat tashkilotlar.
MHT-93da bu sektorni kichik sektorlarga guruhlashtirishning muqobil usuli
ham mavjudligi ko’rsatilgan. Bunda, ijtimoiy ta’minoti fondlari boshqarishning tegishli
bo’g’inlari tarkibiga kiritilgan. Bu erda ba’zi bir, masalan, institutsional birlik, rezidentlik
atamalariga izoh bermoq o’rinlidir. MHT-93 da quyidagicha ta’rif berilgan:
Institutsional birlik-mustaqil holda aktivlarga egalik qilish, majburiyatlar qabul
qilish va iqtisodiy xarakatlar va boshqa shahslar bilan qilinadigan harakatlarda
qatnashishga layoqatli iqtisodiy shaxs.
Rezidentlik-mamlakatning iqtisodiy xududida iqtisodiy manfatining markazi
joylashgan bo’lgan instituttsional birlik rezident bo’la oladi. Shu tariflarga ko’ra
davlat rezidentlikka ega bo’lgan instituttsional birlikdir.
Demak, davlat moliyasi statistikasi iqtisodiy statistika va moliya statistikasining
muxim va tarkibiy qismidir. U MHT – 93, pul-kredit, to’lov balansi va statistikaning
boshqa jabhalari bilan o’zaro muvofiqlanishi zarurdir. Xalqaro tashkilotlarning
81
statistikasida bunga erishilgan. Davlat moliyasi statistikasi bo’yicha XVF, Jahon banki va
boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan xalqaro standartlar tayyorlangan, ular yanada
takomillashtirilmoqda. Xalqaro standartlarning milliy statistikaga joriy qilinishining bir
qancha imkoniyatlari mavjudligini etiborga olib O’zbekiston Respublikasida ham milliy
statistikani jaxon standartlari asosida reformatsiya qilish va milliy schetlar tizimini joriy
etish borasida Davlat dasturi (1994 yil) qabul qilindi.
Davlat moliyasi statistikasi tizimi-davlat boshqaruvi muassasalari sektoridagi
operatsiyalar (harakatlar) to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlarni to’plash, ishlov berish,
taxlil va talqin qilish, hamda iste’molchilarga etgazib berish borasidagi faoliyatda
qo’llaniladigan iqtisodiy va statistik tushunchalar, hisoblash qoidalari va klasifikatsiyalar
tuzish to’g’risidagi ko’rsatmalarning majmuasidir. Davlat moliyasi statistikasida davlat
muassasalari sektorini belgilash printsiplari ham ko’riladi, davlat boshqaruvining
faoliyati, uning natijalari, davlat muassasalari sektori chegarasida iqtisodiyotning boshqa
sektorlariga tegishli sektorlarning kvazi-davlat operatsiyalari, masalan, pul-kreditni
tartiblashtirish ham ko’riladi. Davlat moliyasi statistikasini, asosan, byudjet sohasini
taxlil qilish maqsadlari uchun maxsuslashtirilgan tizim desa ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |