Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

oltin  qoida
",  ya’ni  hamma 
hisob-kitoblar bir xil metod yoki texnologiya bilan amalga oshirilishi tavsiya etiladi. 
 
2.6. Taqribiy moliyaviy hisoblash metodlari 
 
Moliyaviy  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillaridan  biri  bo’lib, 
oldin  ta’kidlanganidek,  ma’lumot  bazasining  mavjudligi  hisoblanadi.  Moliyaviy 
operatsiya va bitimlar bo’yicha statistik hisobotlar va maxsus tashkil qilingan kuzatishlar 
asosida  to’plangan  ma’lumotlar  ushbu  bazada  saqlanadi.  Statistik  kuzatishlar  asosida 
to’plangan ma’lumotlar asosida hisob-kitoblarni olib borish juda aniq, to’g’ri va ob’ektiv 
natijalarni  beradi.  Lekin,  makonda  va  zamonda  shunday  xodisalar  uchraydiki,  ular 
bo’yicha  boshlang’ich  ma’lumotlar  hech  qanday  xujjatda  qayd  qilinmaydi.  Masalan, 
aholining  madaniyat  darajasi,  studentning  bilim  va  qobiliyat  darajasi  va  h.k.  Bunday 
hodisalarni  o’rganishda  hisolaviy  (yasama)  miqdorlardan  foydalanamiz.  Shunday 
xodisalar borki, ularni o’rganishda yoki baholashda faqat hisob-kitob yo’li bilan keltirib 
chiqarilgan  ma’lumotlardan  foydalaniladi.  Masalan,  100ta  qo’ydan  olinadigan  qo’zilar 
soni  nechta  bo’lishi  mumkin.  Ayrimlar  xech  o’ylamasdan  100ta  deb  javob  beradi.  Bu 


 
58 
javob noto’g’ri, chunki ayrim qo’ylar ikkitdan qo’zi tug’ishi mumkin (echkilar bo’yicha 
bu  ko’rsatkich  80%  oshiq)  va  qo’ylarni  bir  qismi  qisir  qolish  ehtimolidan  holi  emas. 
Yana bir misol. Tijorat bozorida tovar oborotining alohida tovarlar bo’yicha hisob-kitob 
yo’q. Lekin savdoning asosiy ko’rsatkichi tovar oboroti xajmi hisoblanadi. Tovar oboroti 
xajmini  aniqlash  uchun  tovarlar  bahosi  va  sotilgan  miqdor  o’zaro  ko’paytiriladi:  pq=pq 
bu erdan 
q
pq
p

 yoki 
p
pq
p


Moliya  bozorida  sifat  ko’rsatkichlarni  (risklar,  inflyatsiya,  valyuta  kursi  va  h.k.) 
ifodalashda ham shu muammo mavjud. 
Yuqorida  sanab  o’tilgan  hodisalarni  statistik  baholashda  bavosita  ko’rsatkichlarni 
tuzish  metodi  qo’llaniladi.  Bu  metodga  vaqt  va  mablag’ni  tejash,  murakkab  hisob-
kitoblarni  bajara  olmaganda,  aniqrog’i  ulardan  qochish  uchun,  aniq  o’lchashni  xuddi 
o’zini  aks  ettira  olmagan  taqdirda  va  murakkab  metodlar  soddalashtirish  va  ularni 
hammaga tushunarli holga keltirish maqsadida murojaat qilinadi. 
Mohiyati bo’yicha, har qanday moliyaviy baholash, amaliy bajarishgacha etkazish 
bavosita  hisoblash  oqibatidir,  har  qanday  o’lchashning  natijasi  –  haqiqiy  miqdorga 
nisbatan  taqribiy  baholashdir.  Har  qanday  empirik  (haqiqiy)  qonuniyat,  ehtimolli  va 
tanlanma statistik baholash ham oxir-oqibatda bilvosita hisob-kitoblar natijasidir. Bundan 
tashqari,  moliya  statistikasining  asosini  tashkil  qiluvchi  ko’rsatkichlar  –  bank  va 
samaradorlik stavkalari, qimmatli qog’ozlar kursi, barcha indekslar, shu jumladan, Dou-
Djons  indeksi  va  shunga  o’xshagan  statistikaning  minglab  ko’rsatkichlari  bilvosita 
hisoblashlar va taqribiy baholashning yorqin namunalari bo’lib hisoblanadi. 
Fanda va hayotda taqribiy hisoblash metodlarini qo’llashdan ko’p tarqalgan hodisa 
bo’lmasa kerak deb tasdiqlash mumkin. Ularni taniqli frantsuz olim-statistigi J.Bertilon 
(1851-1922)  o’zining  “Ma’muriyat  statistikasi  kursi”  asarida  “statistikani  jonu-dili”  deb 
atagan.  Buni  tushuntirish  juda  oson.  Hamma  vaqt  juda  katta  hisob-kitoblarni  va 
baholashlar  bilan  shug’ullanishni  iloji  va  keragi  ham  yo’q.  Barcha  ko’rsatkichni  real 
aniqlikda hisoblashga urinish tadqiqotchini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Muddatida, 
ayniqsa,  kerakli  paytda  olingan  taqribiy  baho,  muddatida  va  aniq  bahodan  ko’ra  ishni 
bitishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Esdan  chiqarmaslik  kerak,  taqribiy  baholash  yoki 
olingan natija, bu xato, noto’g’ri, falsifikatsiya qilingan, faktlarni buzib ko’rsatish emas. 
Shunday qilib, taqribiy hisoblash deb, bilvosita hisob-kitob metodlariga asoslangan 
hodisani  (yoki  uning  tendentsiyasini)  to’g’ri  xarakterlovchi  har  qanday  natija  (agarda  u 
aniq bo’lmasa ham)ga aytiladi. Taqribiy hisob-kitoblarni uydirma yoki puch hayollardan 
farq  qilish  zarur.  Taqribiy  hisoblashlar  faqat  faktlarga  tayanadi,  asoslanadi,  uydirmalar 
esa faktlar to’g’risidagi fikrlarga suyanadi xolos. 
Taqribiy  hisoblash  metodi  moliya  bozorida  ham  juda  keng  qo’llaniladi.  Masalan, 
davlat  byudjeti  daromadlarining  asosiy  qismi  soliqlardan  tashkil  topadi.  Soliqlar  esa 
bevosita  va  bilvosita  soliqlarga  bo’linadi.  Bilvosita  soliqlarga  qo’shiladi:  qo’shimcha 
qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona to’lovlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona 
boj  to’lovi,  jismoniy  shaxslarning  yoqilg’i  solig’i.  Soliqning  ushbu  bilvosita  turlari 
bo’yicha maxsus hisob-kitoblar amalga oshiriladi.  
Taqribiy  hisoblash  usulida  statistikaning  barcha  metodlaridan  foydalanish 
mumkin. Agar, tadqiqotchi Yangi-yo’l tumanida qancha televizor borligini aniqlamoqchi 
bo’lsa,  uyma-uy  yurib  televizorlarni  sanab  chiqqandan  ko’ra,  oilalar  sonini  aniqlasa 
etarli. Hozirgi kunda televizori bo’lmagan oila bo’lmasa kerak. 


 
59 
Taqribiy  hisoblashlarda  ekstropolyatsiya  va  interpolyatsiya  metodlaridan  keng 
foydalaniladi.  Masalan,  siz  tahlil  qilayotgan  moliyaviy  institutning  kapital  xajmi  yillar 
bo’yicha  quyidagicha:  2003y.  –  21,4;  2004y.  –  37,7;  2005y.  –  32,1;  2007y.  –  43,1; 
2008y.  –  39,4  mlrd.so’m.  Ko’rinib  turibdiki,  2006  yil  uchun  ma’lumot  yo’q.  2006  yil 
kapitalini interpolyatsiya qilish orqali hisoblash mumkin. Buning uchun mutloq o’zgarish 
yoki  o’zgarish  sur’ati  ko’rsatkichlari  hisoblanadi.  Agarda,  mutloq  o’zgarish  ma’lum 
bo’lsa, natija quyidagicha bo’ladi: 2007 va 2005 yillar uchun mutlaq o’zgarish 11 (43,1 – 
32,1)  mlrd.so’m.  Bu  natijani  2ga  bo’lib  (11:2=5,5)  va  2005  yilga  qo’shsak,  2006  yil 
uchun  ma’lumot  kelib  chiqadi:32,1  +  5,5  =  37,6  mlrd.so’m.  Demak,  2006  yilda 
kompaniyaning  kapitali  37,6  mlrd.so’mga  teng  bo’lgan  ekan.  Bu  ko’rsatkichni 
quyidagicha  ham  olish  mumkin:  (32,1  +  43,1):2=37,6.  Agarda  bizni  2012  yildagi 
(kelgusidagi) ma’lumot qiziqtirsa, unda ekstropolyatsiya metodini qo’llaymiz. 
U
n+1 
= U
n
(
K
)
n
 
bu  erda 
K
–  o’rtacha  yillik  o’zgarish  sur’ati.  Bizning  misolimizda,  faraz  qilaylik 
K
(2004-2008 yillarda) 1,062 ga teng. 2012 yilga borib kapital summasi teng bo’ladi: 
 
39,4·(1,062)
4
=39,4·1,2720=50,1 mlrd.so’m 
Taqribiy  hisoblash usulini valyuta,  fond, sug’urta,  investitsiya  bozorlarida va h.k. 
keng qo’llash mumkin. Masalan, valyuta kurlarini aniqlashni olsak. Bir Amerika dollari 
1400  so’mga  teng  va  bir  Amerika  dollariga  900  rupiy  sotib  olish  mumkin.  Bir  so’mga 
qancha rupiy sotib olsa bo’ladi? Buning uchun kross kursni aniqlaymiz: 
UZS / INR =  (USD / INR) : (USD / UZS) = 900 : 1400 = 0,643 rupiy 
Demak, almashtiruv punktida bir so’mga 0,643 rupiy sotib olish mumkin. 
Taqribiy  hisob-kitoblarni  boshqa  turlari  darslikning  boshqa  boblarida  to’liq 
keltirilganlini hisobga olgan holda 2.6. paragrafni davom ettirmadik.  

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish