Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


predmeti ni  tashkil  qiladi.  O’rganish   ob’ekti



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

predmeti
ni  tashkil  qiladi.  O’rganish
  ob’ekti
  bo’lib –  rasmiy 
pul  birligi,  pul  massasi  va  xarakati,  pul  emissiyasi  tartibi  va  turlari,  pul  muomalasini 
boshqarishning metodlari va tashkiliy shakllari xisoblaniladi. 
 
Pul bozori statistikasining maqsadlari:  
1.
 
O’quvchiga  statistik  metodlar  yordamida  pul  bozorini  tahlil  qilishni  va  hulosalar 
chiqarishni o’rgatish; 
2.
 
Pul-kredit siyosatini yaratish va realizatsiya qilish bilan shug’ullanuvchi organlarni 
pul tizimi holati bo’yicha ishonchli informatsiya bilan ta’minlash. 
 
Pul  bozori  statistikasi  pul  munosabatlarini  o’rganish,  o’zgartirish  quroli,  hamda 
ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisi bo’lib qolmasdan, 
balki  u  pul  muomalasi  jarayonini  tashkil  qilishni  rivojlantirish  va  bu  jarayonni 
boshqarishni  samaradorligini  va  umumiy  sotsial-iqtisodiy  rivojlanish  samaradorligini 
oshirishga  yo’naltirilgan  umumiy  vazifalarni  echishda  bevosita  qatnashadi.  Shu  nuqtai 
nazardan pul bozori statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:  

 
pul muomalasi ko’rsatkichlarni guruhga, tiplarga va maxsus sinflarga ajaratish, pul 
munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va bashoratlash uchun ularni 
zarur va etarli miqdorini aniqlash; 

 
pul muomalasi jarayonidagi o’zgarishlarni to’liq va doimiy ravishda kuzatib borish 
maqsadida  statistik  kuzatishni  tashkil  qilish  va  uning  metodlarini  takomillashtirib 
borish; 

 
pul  muomalasi  bo’yicha  hisoblanadigan  ko’rsatkichlarni  aniqlik  darajasini, 
ma’lumotlarini to’plashga, qayta ishlashga va tahlil qilishga sarflanadigan kuch va 
mablag’larni  kamaytirishni  ta’minlaydigan,  bu  jarayon  qonuniyatlarini 
o’rganadigan statistik metodlarini ishlab chiqish, asoslash va samarali qo’llash; 

 
pul 
muomalasini 
darajasini, 
dinamikasini, 
va 
tarkibini 
xarakterlovchi 
ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va bashoratlash; 

 
pul  muomalasidagi  umumiy  qonuniyatlarni  va  o’ziga  xos  evolyutsion 
xususiyatlarini  aniqlash,  pul  muomalasi  ko’rsatkichlarini  o’zgarishini  mamlakatni 
umumiy 
iqtisodiy 
rivojlanishi 
ko’rsatkichlarini  o’zgarish  sur’atlari  va  
proportsiyalariga ta’sirini o’rganish (odatda bu ishni teskarisi  ham bajariladi, ya’ni 
umumiy  iqtisodiy  ko’rsatkichlarni  o’zgarishini  pul  muomalasi  ko’rsatkichlariga 
ta’siri o’rganiladi).  
Yuqorida keltirilgan umumiy vazifalar bilan bir qatorda pul bozori statistikasi bir 
qancha xususiy vazifalarni ham echadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 


 
63 
- alohida olingan ko’rsatkichlarni va pul muomalasini agregatlari bo’yicha mavjud 
o’zgarish tendentsiyalarini aniqlash va o’rganish. Masalan, pul, kassa va valyuta oboroti 
ko’rsatkichlari bo’yicha; 
-  baho,  valyutalar  kursi,  stavkalar  uchyoti,  qimmatli  qog’ozlar  kotirovkasi  va 
boshqa ko’rsatkichlarni statistik monitoringi; 
- pul massasasiga bo’lgan talab, emissiya, pul birliklari tuzilishi, pulni yaroqsizlik 
darajasi va ularni oborotdan qaytarib olish, alohida olingan pul birliklarini aylanish yoki 
xalq  qo’lida  turib  qolishi,  pul  migratsiyasi  va  boshqalarni  statistik  o’rganish  va  tahlil  
qilish; 
- pul muomalasi bozorni samaradorligini statistik metodlar yordamida tahlil qilish 
va bashoratlash. 
Shuni esda tutish kerakki, sanab o’tilgan vazifalarni pul bozori statistikasi alohida-
aloqida  echmasdan,  balki  ularni  bir  butunlikda,  ya’ni  mamlakat  miqyosida  naqd  pul  va 
naqd  pulsiz  pul  oboroti  bo’yicha  birgalikda,  bir  mamlakat  ko’rsatkichlarini  jahon  pul 
muomalasi  bozori  ko’rsatkichlari  bilan  uzviy  bog’liqlikda,  hamda  alohida  olingan 
mamlakatlar,  regionlar,  muassasalar,  komponentlar  guruh,  pul  muomalasi  tsikl  va 
stadiyalari bo’yicha echadi. 
Bu  vazifalarni  echishda  umumiy  va  taniqli  bo’lgan  ko’rsatkich  va  metodlar  bilan 
bir qatorda maxsus ko’rsatkich va metodlar qo’llaniladi. Masalan, pul monitorgini tuzish 
metodlari,  savol-javob  metodlari,  ekspert  baholash  metodlari.  Bu  metodlar  eksperement 
harakteriga  ega  bo’lib,  ular  zarur  holatlarda,  umumiy  metodlar  yordamida  hal  qilib 
bo’lmaydigan maxsus voqealarni o’rganishda qo’llaniladi. 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish