2.5. Aktuar hisoblash metodlari
Manfaat va talofat miqdori hamda hissasi har xil bo’lgan sharoitda bitimda
qatnashuvchi tomonlarning manfaati va talofatini hisoblashga aktuar hisoblar deb
aytiladi. Buning o’zi aktuar hisoblarni bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq formulalar
bilan amalga oshirishni talab qiladi va uni boshqa hisoblardan ajratib turadi.
Aktuariylar deganda ko’pchilik sug’urta bilan shug’ullanishni tushunishadi. Ushbu
fikrni ishlatilishiga ma’lum bir darajada asos bor. Masalan, qadimgi Rimda Senat
qarorlarini yozib boruvchi va xujjatlarni saqlovchi, daromadlarni ro’yxatga oluvchi
rasmiy tayinlangan registrator–arxivarusni aktuariy deb atashgan, eski Angliyada esa
biznes sohasida ilk bor 1762 yilda inson hayotini va tirik (yashash) qolishini adolatli
sug’urtalash jamiyati tuzilgan va ushbu jamiyatga bosh mansabli shaxs saylangan. U
shaxs (adjaster)ning vazifasi hamma narsani yozib borish bo’lgan. Xozirgi kundagi kotib
vazifasini bajargan. 1775 yilda ushbu mansabga Vilyam Morgan (asli kasbi matematik)
tayinlanadi. V.Morgan kotiblik (u ushbu mansabda qariyb 50 yil ishlagan va dunyoda
birinchi aktuariy deb tan olingan) vazifasini bajarish bilan bir qatorda sug’urta
badallariga mos va ma’qul stavkalarni aniqlash va jamiyatning moliyaviy operatsiyalarini
ishonchliligini ta’minlash hisob-kitoblari bilan shug’ullanadi. 1819 yilda ilk bor aktuariy
so’zi Angliyada sug’urta bo’yicha qabul qilingan rasmiy xujjatlarda ham ishlatilgan.
Frantsiya amaliyotida aktuariylar deganda statistika va ehtimollar nazariyasining
metodlarini sug’urtada va moliyaviy operatsiyalarda qo’llovchi, kengroq ma’noda
stavkalarni qabul qiluvchi shaxs – mutaxassis tushuniladi.
Rossiyada aktuariylarga berilgan ta’riflar turli-tuman va ayrim xollarda biri
ikkinchisini inkor etadi. Masalan, “Aktuariylar (inglizcha actuary – tez yozuvchi,
hisobchi) deganda statistika, ehtimollar nazariyasi va uzoq muddatli moliyaviy
hisoblashlarda qo’llaniladigan matematik metodlar asosida ilmiy asoslangan sug’urta
tariflarini hisoblash metodlarini ishlab chiqish va tariflarni aniqlash bilan shug’ullanuvchi
mutaxassis tushuniladi”
1
deb yozadi N.P.Saxirova. Ushbu ta’rif, bizning fikrimizcha,
aktuariylarni juda tor ma’noda tushunish va sug’urta bilan shug’ullanish degan eski
tushuncha asosida berilgan.
Aktuariylar
deganda
akademik
V.Simcheraning
fikricha,
moliya
kompaniyalarining majburiyatlari va kelgusidagi aktivlarni baholovchi ekspert,
moliyaviy risklarni hisoblovchi va moliyaviy matematika sohasi bo’yicha mutaxassis
tushuniladi. Aktuariylarni moliyaviy matematika sohasidagi mutaxassis deb atash
1
Н.П.Сахирова. Страхование. М.: “Проспект”, 2006, 382 б.
46
unchalik to’g’ri bo’lmasa kerak?
Ayrimlar aktuariy deganda faqat moliyaviy risklarni baholash bo’yicha mutaxassis
shaxsni tushunadi. Bu fikr bir tomonlama va juda tor ma’noga ega. Isbot sifatida
quyidagi fikrni keltirsak bo’ladi. Har qanday aktuariy faoliyatining maqsadi – bo’lajak
xodisalarni qanday natijalar bilan tugashi noaniqligi bilan bog’liq bo’lgan hamma erda va
joyda paydo bo’ladigan moliyaviy risklardan ko’riladigan zararni minimallashtirishdir.
Sodir bo’lgan hodisalarni tahlil qilish va kelajak istiqbolining ehtimolini baholash
bo’yicha zaruriy bilim va malaka sohibi bo’lgan, joriy moliyaviy konyukturada bashorat
qiladigan, sog’lom fikr va sezgirlikka (ayrim hollarda ayyorlikka) suyangan aktuariylar
kam xarajat bilan ijobiy finalga ega bo’lish imkoniyatini ta’minlovchi qarorlarni qabul
qilishni ta’minlaydilar. Akturiylarda o’rganilayotgan hodisani sezgirlik bilan baholash,
jiddiylk va isbotlash doimo uyg’unlashtiriladi.
Aktuariylar ishi kimga kerak? Aktuariylar ishi boshqarish va risk bilan bog’liq
bo’lgan har qanday tarmoq uchun qimmatlidir. Zamonaviy biznesda tomonlar rolini
tenglashtirish, ya’ni manfaat bilan javobgarlikni moslashuvi aktuariylar ishiga
boshqacha qimmat bag’ishlaydi. Chunki, ularni axloq kodeksi yuqori darajadagi tartibli
halollikni, insoflilikni, o’z ishiga sodiqlikni va nafaqat professional, xatto axloq-odob
normalaridan qisman bo’lsada chekinishga yo’l qo’ymaydi.
Aktuariylik, to’g’risi, boshqa kasblarga nisbatan jamiyatda kam tarqalgan hunar.
Shunga qaramasdan u o’zning qimmatiga va obro’siga ega. Ma’lumki, zamonaviy biznes,
ayniqsa moliyaviy biznes tez o’zgaruvchan va qarama-qarshi iqtsiodiy faoliyatning
ob’ektlaridan biridir. Kundalik hayotdagi tez o’zgaruvchanlik va qarama-qarshilik o’z
navbatida noaniqlik, beqarorlik va ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Doimiy kengayib
boruvchi noaniqlik va beqarorlik vaziyatida aktuar hisob-kitoblarni faol qo’llash
zarurligini tushunib etishni o’zi aktuar xizmatlarga bo’lgan talabni oshishiga olib keldi va
kelgusida, bizning fikrimizcha, ushbu talab va ehtiyoj yanada ortadi.
Aktuariylar ixtisoslik va bandlilik sohasiga, tayyorlash va qayta tayyorlash turiga
attestatsiya qilish, sertifikatlash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash, tartib shakli va
usullariga qarab ham farqlanadi.
Angliyada hukumat, korporativ va mustaqil (ozod) aktuariylar mavjud. Ularning
xuquqlari, javobgarligi, faoliyat sohasi va baholash usullari bir-biridan butunlay farq
qiladi. SNG davlatlarida bugungi kungacha ham davlat va nodavlat aktuariylari
tushunchalari ishlatilmaydi.
Aktuariylik kasbining kelib chiqishi sug’urta bilan bog’liq bo’lsa ham,
aktuariychilar yildan yilga o’z faoliyatlari bilan boshqa sohalarga ham qirib borishga
xarakat qiladilar. Masalan, aktuariylarni pensiya daromadlari bo’yicha qaror qabul
qiluvchilar bilan hamkorligi, o’z faoliyatlarini kengaytirishda ilk qadam bo’ldi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu hamkorlik hozirgi kunda ham juda muhim va davom etmoqda.
Ma’lumki, pensiya faoliyati bilan bir qatorda aktuariylar xizmati maxsus tashkil
etilgan investitsion fondlarga, sanoatning turli tarmoqlariga, moliyaviy kompaniyalarni
turli xizmatlariga, xatto xukumat tashkilotlariga kirib keldi. Aktuar faoliyat kengayishi
bilan bir qatorda aktuar xizmatni mazmuni ham chuqurlashib, ham takomillashib bordi.
Masalan, Angliyada aktuariylarni professional xizmatlari tufayli sotsial hodisalar va
pensiyani sug’urtalashni majburiy shakliga o’tiladi. Hozirgi kunda aktuariylar investitson
va tijorat faoliyatlarida faqat baholovchi emas, partner sifatida ham qatnashadilar yoki
47
ular nomidan va topshirig’iga binoan aktuar hisoblashlarni kompaniyaning tartiblangan,
kafolatlangan va samarali faoliyatini bir qismi deb qaralishini ta’minlaydilar. Ulug’
Britaniya xukumati qoshida, misol uchun, aktuariylar departamenti tuzilgan. Ushbu
departament, ichki daromadlar bo’yicha Qo’mitaga, bosh registratsiya palatasiga va
boshqa palatalarga (Angliya va boshqa davlatlar uchun ham) aktuariya xizmatini
ko’rsatadi.
Ishbilarmon doiralarda aktuariy kasbi egalari katta xurmatga ega va uning vakillari
tartibligi, aniq va sof vijdonli bo’lganlari uchun yuqori baholanishadi. Aktuariylarning
yuridik va jismoniy shaxslarni qonuniy manfaatlari va daromadlariga ko’z olaytirgan
insofsiz kompaniyalardan himoya qila olishlarini tan olinishi bilan, ular kasblarining
obro’yi yillar davomida oshib keldi. Aktuariylar kasbi va xizmatini tan olinishning toji
bo’lib, ular oylik ish xaqi miqdorining, deyarli barcha davlatlarda, o’rtacha ish xaqidan
yuqoriligi hisoblanadi.
Oldingi paytlarda aktuariylar faqat sug’urta faoliyati bilan shug’ullangan bo’lsa,
hozirgi kunda ularga qo’yiladigan talablar juda keng tarmoqli va quyidagilardan iborat:
Aktuariylar risklarni statistik ma’lumotlarini o’rganish asosida asosiy
qonuniyatlarni aniqlashadi va o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning
prognozini (bashoratini) tuzishadi;
Ilmiy asoslangan tarif va normalar ishlab chiqish, biznes turlari bo’yicha
daromadlarni rejalashtirish va ekspert sifatida operatsiya yoki bitimni
samaradorligini baholashadi;
Aktuariylar firma yoki kompaniyalarning investitsion faoliyatini ishlab
chiqishda, korxonani moliyaviy barqarorligi va to’lov qobiliyatini aniqlashda
qatnashadi. Shu munosabat bilan ular korxonani boshqaruvchilar tarkibiga
kiritiladi;
Aktuariylar mustaqil-muxtor sifatida “aktuar baholash” uchun taklif etiladi.
Masalan, ular moliyaviy xolat mustaqil eksperti sifatida sud jarayonlarida
ishtirok etishadi;
Aktuariylarni auditor yoki iqtisodiy tahlilchi bilan adashtirmaslik kerak.
Auditorning asosiy funktsiyasi – buxgalteriya hisobini yuritish to’g’riligi va
moliyaviy hisobotni ishonchliligini tekshirish bo’lsa, iqtisodiy tahlilchiniki –
korxona iqtisodiy vaziyati va holatini baholashdir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda aktuariy kim degan savolga,
bizning fikrimizcha, quyidagicha javob bersa bo’ladi: Aktuariy deganda, moliya va
biznes sohasidagi tasodifiy hodisalar bilan bog’liq risk va ehtimollarni baholay oladigan
kasb egasi tushuniladi.
Aktuar hisob-kitoblarni tarixi ancha uzun. Ilmiy tamoyillar asosida stavkani
hisoblash birinchi bo’lib Britaniya kompaniyasida (kompaniya 1762 yilda tuzilgan)
amalga oshirilgan va bir yildan kam vaqt ichida kompaniyada 3255 f.st. daromad
ko’rgan. Bu summa o’sha payt uchun juda katta mablag’ hisoblangan. Sug’urta
sohasidagi boshlang’ich omadli qadam bunday kompaniyalar sonini ko’payishiga bosh
turtki bo’ldi. XVIII asrning o’zida ushbu soha taniqli olimlarning juda ko’p norasmiy
uchrashuvlari qayd qilingan. Aktuar ishlarning kengayib borishi va aktuar
shug’ullanishlarni mustaqil kasb turi sifatida asta-sekin tashkil topishi yuqoridagi
uchrashuvlar natijasi deb ham qarash mumkin.
48
Tarixiy manbalar tahlilining ko’rsatishicha, matematika, ehtimollar nazariyasi,
statistika metodlarini birgalikda qo’llash ilmiy bilishda yangi tarmoqni – aktuar
hisoblashlar nazariyasining paydo bo’lishiga olib keldi.
Aktuar hisoblashlar nazariyasiga asos solgan olimlar (XVIII asr) ingliz D.Graunt
va niderland Ya de Vitt hisoblanadi. Ular tarif hisoblari uchun insonlarning o’limi
haqidagi statistik ma’lumotlarni tekshirish metodlarini ishlab chiqishgan va sug’urta
to’lovlarining darajasini sug’urtalanuvchi shaxslar yoshiga va pulning o’sish normasiga
iqtisodiy-matematik bog’liqligini aniqlashgan.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasi ingliz olimi E.Galley asarlarida yanada
rivojlantirildi. Yashashning o’rtacha uzunligi, yashash va o’lishning ehtimoli, moliyaviy
renta ko’rsatkichlarini va ularni hisoblash sxemalarini birinchi bo’lib taklif etgan olim
E.Galleydir. U taklif qilgan uslubiyat (metodika) hozirgi kunda ham uzoq muddatli
sug’urta qilish turlari bo’yicha tarif stavkalarini hisoblashda asos bo’lib xizmat qiladi.
XVIII asrda, o’sha davrning yirik matematik olimlari bo’lgan – E.Eyler,
E.Dyuvilyar, N.Fuss, S.Lakrua, V.Kersebum, A.Deparselar aktuar hisoblashlar
nazariyasini rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.
Aktuar hisob-kitoblarni tarkib topishi va rivojlanishida SNG davlatlari olimlaridan
B.Maleshevskiy, N.Lunskiy, V.Simchera, G.Falin, E.Chetirkin o’z hissalarini
qo’shganlar.
Turli sohalardagi sotsial-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar (suv transportidan tortib
to investitsiyagacha) aktuar hisob-kitoblarni o’rganish ob’ektidir, ular bo’yicha amalga
oshirilgan va oshiriladigan hisoblashlar va bitimlar – predmeti yoki umumiy ko’rinishda
natijaning noaniqligi, riski va ehtimolligi sharoitida (biznesda boshqa sharoitning o’zi
yo’q) jami moliyaviy bitim va operatsiyalar aktuar faoliyatning ob’ekti bo’ladi.
Samarali
aktuar hisoblashlar deganda har qanday
xosilaviy-moliyaviy
ko’rsatkichning hisob-kitobiga aytiladi. Hisob-kitoblar ikki va undan ortiq nomli
boshlang’ich ko’rsatkichlarni taqqoslash asosida amalga oshiriladi va koeffitsient,
norma, foiz, xissa, indeks, stavka, tarif va boshqa shakllarda ifodalanadi. Ular bir
ko’satkichni ikkinchisiga nisbatan o’zib boruvchi differentsial (samara)ni
xarakterlaydilar.
Noaniqlik va riskni kirib kelishi hollarida qo’shimcha manfaat ko’rish va zararni
qoplashni ko’zda tutuvchi samarali moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblashning qo’shma
sxemalari qo’llanilgan holatlarida oliy moliyaviy hisob-kitoblarni muhim turi bo’lgan
aktuar hisoblashlar haqida gapiriladi. Aktuar hisoblashlar faoliyatning (litsenziyaga ega
bo’lgan) maxsus turi bo’lib, moliya, kredit, investitsion, payli, aktsioner, sug’urta
kompaniyalarining (asosan qarz mablag’lari bilan ishlovchi kompaniyalar) mavjud
aktivlarini kelgusidagi passivlariga mosligini bozoriy baholashdir. Bundan maqsad –
qarzdorni ogohlantirish, aniqrog’i, ularda passivlarni aktivlardan oshib ketmasligiga yo’l
qo’ymaslik va investor-kreditorlar haqiqiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir.
Qarz mablag’lar bilan ishlovchi tashkilotlar (ularning soni O’zbekistonda mingdan
ortiq)ning kreditorlik qarzlari ularni shaxsiy aktivlaridan yuqori bo’lmasligi (bu holat yuz
bersa millionlab aybsiz insonlar zarar ko’radi) uchun ular majburiy sug’urtalash ob’ekti
deb qaraladi va aktuar baholanishi zarur.
Korxona aktivlari va passivlari balansini tuzish, majburiyatlarning (ularni bozor
qimmati doimo o’zgarib boradi) risklarini hisobga olgan holda qoplashni yoki tahmin
49
qilishning rasmiy muolajasi (protsedura) aktuar ishi deb nomlanadi, uni o’tkazish (aktuar
balanslarni, hisobotlarni tuzish va ular bo’yicha xulosa qilishni o’z ichiga oluvchi)
protsedurasi – aktuar baholash deyiladi, bu ishni tashkil qiluvchi va o’tkazuvchi organ –
aktuar tashkilot deb yuritiladi.
Bundan aktuar hisoblashlarni tashkil etish va bajarish texnikasini birgalikda
o’rganilishi bilan nafaqat aktuariylar, balki moliya bozoridagi har qanday mutaxassis
tanish bo’lishi dolzarbligi kelib chiqadi. Demak, aktuar hisob-kitoblarni amalga
oshirmaslik yoki xohlamaslik, bozor iqtisodiyoti sharoitida bankrotlikka uchrashga
to’g’ri yo’l, ularni bilish va amalga oshirish esa moliyaviy operatsiya va bitimlar
samaradorligini oshirishda nafaqat juda katta foydalanilmagan zaxira, bugungi kunda,
mumkin eng muhimi – har qanday zamonaviy qarz mablag’lari bilan ishlovchi va kredit
tashkilotining himoyalanganligini, ochiqligini, legalligini, moliyaviy barqarorligini va
bardamligini, eng asosiysi, kompaniyaning istiqboli porloq ekanligini ko’rsatuvchi oyna
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |