6.4. Investitsiya risklarini statistik baholash
Investitsiyalash jarayoni har doim kapital qo’yishning qulay variantini tanlash
bilan bog’liqdir. Bunda yo’qotish ehtimolini hisobga olish muhimdir. U yoki bu variantni
tanlash hali investor aniq natijaga erishadi degani emas. Har qanday variantda ham
investor ma’lum darajada riskga boradi. Faraz qilaylik, qarzdor bo’lajak daromadlari
hisobidan ssuda oldi. U yoki bu sabablarga ko’ra bu daromadlar qarzni uzish uchun etarli
bo’lmay qolishi mumkin. Shuning uchun investitsiyalash variantini tanlaganda riskning u
yoki bu darajasini tanlashga to’g’ri keladi.
154
Masalan, bankni oladigan bo’lsak risk omillari ikki guruhga bo’linadi:
1. Tashqi omillar yoki ob’ektiv omillar. Ularga: mamlakat yalpi ichki mahsulotni
o’zgarishi, inflyatsiya, soliq tizimini o’zgarishi, savdo balansi, ishsizlik darajasi, siyosiy
nobarqarorlik va boshqalar kiradi.
2. Ichki omillar yoki ichki risklar, ya’ni bankning o’ziga bog’liq bo’lgan omillar.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) bank aktivlari bilan bog’liq bo’lgan risklar - kreditlash, valyutalash, kassa
operatsiyalari, lizing operatsiyalari, moliyalashtirish va investitsiya qilish bilan bog’liq
bo’lgan risklar;
b) bank passivlar (qo’yilmalari) bilan bog’liq risklar -daromad operatsiyalari, jalb
qilingan mablag’lar va boshqalar bilan bog’liq xavf-xatarlar;
v) bankni boshqarish risklari - foiz stavkalarini belgilash, likvidlik darajasi, bank
kapitalining tarkibi va hajmi, kadrlarni tayyorlash va tanlash, filiallarini ishini tashkil
qilish va boshqa risklar;
g) moliyaviy xizmatlar bilan bog’liq risklar - operatsion, texnologik, innovatsion,
marketing, strategik, buxgalteriya hisobi va audit (ichki), mansabini suiste’mol qilish,
xavfsizlik (ichki va tashqi) va boshqalar.
Shunday qilib, risklarning turi xilma-xil va juda qo’p. Demak, ularni o’rganish va
ayniqsa oldini olish juda muhim. Xozirgi kunda mavjud risklarni o’rganish turli usullari
yaratilgan (shuni esda tutish kerakki ularning hammasi ham ma’lum bir ehtimolga
asoslangan). Risklarni o’rganish metodlarini quyidagi 4 guruhga bo’lish mumkin: 1)
ekspert baholash (reyting usuli deb ham yuritiladi); 2) analitik o’rganish metodlari; 3)
statistik metodlar; 4) ehtimollar nazariyasi va matematik-statistik metodlar.
Birinchi va ikkinchi guruh metodlari qo’llanilishiga biz oldingi mavzularda qisman
bo’lsa ham to’xtaldik. Shu munosabat bilan, bu mavzuda asosan statistika va ehtimollar
nazariyasi metodlari mazmuni yoritiladi.
Mumkin bo’lgan risk hajmini (masalan, banklar uchun quyidagi formula bilan
aniqlash mumkin:
E
K
P
P
P
P
H
n
3
2
1
,
bu erda: N-mumkin bulgan risk hajmi; R-qismiy risk hajmi; K-bankning jami kapitali; E-
tashqi risklarni korrektivlash koeffitsienti.
Bu ko’rsatkich haqiqiy risk miqdori bilan teng bo’lmaydi va banklarda mumkin
bo’lgan risk zarari zaxira fondi va risk uchun ajratmalar hisobidan qoplaniladi.
Risk darajasini kutiladigan zarar summasining bankning shaxsiy moliyaviy
resurslari summasiga nisbati bilan ham aniqlash mumkin. Bu hisoblangan ko’rsatkich
risk koefftsenti deb ataladi va quyidagi formula bilan hisoblaniladi:
Kutilidigin zarar summasi
Kr = –––––––––––––––––––––––––––––––––
Shaxsiy moliyaviy rusurslar
Risklar ehtimoli baholash metodlari bilan ham o’rganiladi. Ularning mazmuni
quyidagicha. Ehtimollar nazariyasi bo’yicha biz loyihalardan shundayini tanlab olishimiz
kerakki, unga matematik kutishning eng ko’p miqdori belgilari to’g’ri kelsin. Ma’lumki,
qandaydir bir voqeaning matematik kutishi shu voqeaning mutloq miqdorining sodir
bo’lishi ehtimoli ko’paytmasiga teng. Masalan, investor uch variantli voqeaga duch keldi.
155
U shulardan bittasini tanlab olish kerak. Faraz qilaylik, birinchi variantda 40 mln. so’m
foyda olishning ehtimoli (R) 0,5 teng. Ikkinchi variantda tegishli ravishda -50; 0,45;
uchinchi variantda-60; 0,35. Bu erdan, birinchi variant uchun kutiladigan foyda summasi
- 20 (40x0,5) mln. so’mga, ikkinchi -22,5; uchinchi -21,0 mln. so’mga teng. Investorning
qaysi variantini tanlashi ma’lum.
Moliyaviy riskni ma’lum bir ehtimoli orqali o’lchash va statistik ma’lumotlar
asosida hisoblab chiqish mumkin. Bunda masala u yoki bu xodisani ro’y berishi
ehtimolini aniqlashga va eng afzalini tanlab olishga qaratilgan bo’ladi. Riskning hajmini
xodisaning o’rtacha kutilayotgan qiymati, o’rtacha kvadratik chetlanishi, variatsiya
koeffitsienti kabi ko’rsatkichlar bilan xarakterlash mumkin.
Xodisaning o’rtacha kutilayotgan qiymati hamma mumkin bo’lgan natijalarning
o’rtacha arifmetigi, bu natijalar soniga tortilgani bilan aniqlanadi, ya’ni:
x
x f
f
Lekin, bu o’rtacha kapitalni qo’yilishining qandaydir variantini tanlashga imkon
bermaydi, chunki u umumlashgan miqdoriy xarakteristikani bildiradi va u belgilar
majmuining variatsiyasi to’g’risida tasavvurni bermaydi.
Uzil-kesil xulosaga kelish uchun, variatsiya ko’rsatkichlarini hisoblash zarur.
Variatsiya ko’rsatkichlarni hisoblash quyidagi formulalar orqali olib boriladi:
dispersiya -
2
2
(
)
x
x
f
f
o’rtacha kvadratik chetlanish -
(
)
x
x
f
f
2
variatsiya koeffitsienti -
V
x
100.
bu erda:
x -
belgining (xodisaning) kutilayotgan qiymati;
õ
-
belgining o’rtacha
kutilayotgan qiymati; f- uchrashish tezligi (kuzatishlar soni).
Faraz qilaylik, kapitalni qo’yishning uchta variantidan bittasini tanlash zarur
bo’lsin (6.9-jadval).
6.9-jadval
Kapital qo’yilmalarning variantlari
1 variant
II variant
III variant
Olingan
Tasodif-
Olingan
Tasodif-
Olingan
Tasodif-
foydaning
lar soni
foydaning
lar soni
foydaning
lar soni
miqdori,
miqdori,
miqdori,
mlrd. so’m
mlrd. so’m
mlrd. so’m
8,0
17
6,8
8
10,0
9
12,0
28
8,5
20
12.0
18
14.0
20
11.0
22
18
8
Har bir variant uchun belgining o’rtacha kutilayotgan qiymatini, o’rtacha kvadratik
chetlanish va variatsiya koeffitsientini hisoblaymiz (6.10-jadval).
6.10-jadval
156
I variant uchun variatsiya ko’rsatkichlarining hisobi
Xodisalar
Foydaning
Tasodiflar
summasi,
soni
x
f
(
)
X
X
f
2
mlrd. so’m
(x)
1
8,0
17
136
220,32
2
12,0
28
336
4,48
3
14,0
20
280
115,20
Jami
65
752
340,00
Do'stlaringiz bilan baham: |