6.3. Investitsiya jarayonini moliyalashtirish manbalari
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari O’zbekiston
xududida amal qiluvchi qonunchilikka ko’ra quyidagilar hisoblanadi: o’z ixtiyoridagi
resurslar, qarzga olingan moliyaviy resurslar, jalb etilgan moliyaviy mablag’lar, davlat va
mahalliy byudjetlardan ajratilgan mablag’lar, byudjetdan tashqari fondlar, xorijiy kapital.
6.3-jadvalda kapital mablag’larni uning moliyalashtirish manbalari bo’yicha
taqsimlash to’g’risidagi ma’lumotlar berilgan.
6.3-jadval ma’lumotlari, mantiqiy mulohazalarning to’g’riligini asosan tasdiqlaydi.
Lekin, fikrimizcha, bank kreditlari va boshqa jalb qilingan mablag’lar xissasini juda
pastligi (3 %) ko’pchilikni tashvishga solishi kerak. Nodavlat mulki korxonalari bo’yicha
bank kreditlari xissasi aholi mablag’lari xissasidan 4-5 baravarga past. Aholi o’z
mablag’larini investitsiya qilsayu, bozor iqtisodiyotinn «supermarketlari» bo’lgan
banklar bu ishdan qo’rqsa.
Ularni xissasi 2007 yilda 2001 yilga nisbatan 1,4 punktga ortgan. Korxonalar
mablag’i hisobidan qoplanadigan xissasi 16,0 punktga ortgan, to’g’ri investitsiyalar
xissasi 10 punktga ortgan bo’lsa, xukumat kafolati bilan qilinadigan investitsiyalar
hissasi 3-4 barobarga pasaygan.
6.3 - jadval
O’zbekistonda investitsiyaning moliyalashtirish manbalari
bo’yicha taqsimlanishi, %
2001y.
2003y.
2005y.
2007y.
Jami investitsiya
Davlat byudjeti
Korxona mablag’lari
100,0
21,5
31,1
100,0
16,4
42,8
100,0
12,2
46,1
100,0
11,9
47,1
149
Aholi mablag’lari
Hukumat kafolati bilan
berilgan chet el investi-
tsiya va kreditlar
To’g’ri investitsiya va
kreditlar
Markazlashgan bank
kreditlari
Tijorat banklari kreditlari
Byudjet fondlar
Boshqa manbalar
10,3
23,2
4,8
5,9
2,2
0,1
0,9
13,5
16,5
7,7
-
2,1
0,3
0,7
11,4
6,8
14,9
-
3,5
4,8
0,3
10,9
6,1
15,4
-
3,6
4,7
0,3
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar kapital mablag’lar sifatida
oladigan foydalarining bir qismini ishlatishlari mumkin. Investitsiya uchun ishlatiladigan
mablag’larning boshqa manbai amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Amortizatsiya
fondining bo’sh turgan pul mablag’lari kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga
yo’naltirilishi mumkin.
Moliya bozoriga qimmatli qog’ozlarni (aktsiya, obligatsiya, veksel va boshqalari)
chiqarish korxonaning investitsiya uchun mablag’larini jalb qilish imkoniyatlarini ancha
kengaytiradi.
Ma’lumki, umumiy moliya bozorida investitsiya tashkilotlarini bir butun
shaxobchasi mavjud. Ularning faoliyati qimmatli qog’ozlar bozorida dallollik,
investitsiya kompaniyasi yoki investitsiya fondi investitsiya maslahatchisi rollarini
bajarishda namoyon bo’ladi. Bu bo’g’inlar faoliyatining mohiyati shundan iboratki, ular
qimmatli qog’ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish orqali mablag’larning to’planishiga va
ularni investitsiyaga qo’yishga yordam ko’rsatishdir. Ular moliya bozorida talab va
taklifni boshqarib turuvchi institutlar hisoblanadi.
Investitsiyalashda asosiy mablag’lar manbalaridan birini kredit tashkil qiladi.
Kredit qarzdor bilan kreditor o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Kreditning
boshqarilishi ko’pincha ssuda foizi hajmi (razmeri) orqali amalga oshiriladi. Ko’p
hollarda kredit tez samara oladigan korxonalar uchun foydali hisoblanadi. Kredit bank
tomonidan yangi qurilishni amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
ahamiyatiga molik ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnik qayta
qurollanish uchun, mol-mulkni (xarakatdagi, ko’chmas) sotib olish uchun, qo’shma
korxonalar tashkil qilish uchun, tabiatni muxofaza qilish chora-tadbirlarini amalga
oshirish uchun va boshqalar uchun berilishi mumkin.
Investitsiyani amalga oshirishda foydalanadigan kreditni olish va qaytarib berish
shartlari oldindan kelishib olinadi.
Faraz qilaylik, uzoq muddatli kredit bir martali to’lov bilan qoplanishi kerak
bo’lsin. Bu holda asta-sekin qoplash fondini tashkil qilish maqsadga muvofiq. Boshqacha
aytganda, qarzdor asta-sekin qarzini qoplash uchun mablag’larni bankga o’tkaza
boshlaydi. Ma’lumki, o’tkazilgan summaga bank foiz to’laydi. Natijada kreditni qoplash
uchun mablag’ to’plana boshlaydi. Hosil qilinadigan fondga to’lovlar vaqt bo’yicha
doimiy va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin, ya’ni shartnomaga asosan har oyda, kvartalda
150
bir xil summa yoki foiz o’tkazilishi mumkin. Summa va foiz bir xil bo’lmasligi ham
mumkin.
Qoplash fondini hosil qilish uzluksiz yillik to’lovlar "R" bilan amalga oshirilishi
mumkin, bu to’lovlarga "i" stavka bilan murakkab foizlar qo’shiladi. Bu bilan birga qarz
uchun "g" stavkasi bilan foizlar to’lanadi. Bunda bir martali to’lov quyidagini tashkil
qiladi:
F = Dxg + R
bu erda: D - qarzning miqdori.
Qoplash fondiga to’lovlar doimiy rentani hosil qiladi (postnumerando rentasi).
R=D:S
n;i
, bu erda D - jamg’arilgan summa bo’lib, u qarz miqdoriga tengdir (rentaning
o’sgan summasi).
(1 + i)
n
- 1
S
Do'stlaringiz bilan baham: |