5.6. Bank statistikasining informatsion ta’minoti
Banklar va bank faoliyati haqidagi statitik informatsiya birinchi navbatda bevosita
banklarnng buxgalteriya va statistik hisobotlaridan olinadi.
Respublikadagi barcha banklar o’zlarining ish faoliyati to’g’risida quyidagi hisobot
shakllari orqali davlat organlari oldida hisobot beradilar.
Bankning yillik hisoboti Markaziy bankka taqdim etiladi. Unda bankning yillik
balansi, bank faoliyatining moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobot, daromadlar va
xarajatlar tarkibi, foydani taqsimlash tartibi, likvidlilikning asosiy ko’rsatkichlari,
bankning shaxsiy natijalar razmeri, bankning kredit, resurs siyosati va tashqi faoliyati,
qimmatli qog’ozlar operatsiyasi, investitsiyalar haqida ma’lumotlar beriladi.
Umumiy moliyaviy hisobot ham Markaziy bankka taqdim etiladi. Unda bankning
hisobot yilida olgan daromadlari va ko’rgan zararlari, kredit portfelini tahlili, zahiralar,
oshgan foizlar, asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar, bank hodimlari haqida ma’lumot
va tahlillar keltiriladi.
Banklar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi statistik hisobotlardan ham olish mumkin:
1-KB shakli – tijorat banki faoliyati to’g’risidagi hisobot (kvartallik). Tijorat
banklari jamlanma hisobotni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar statistika boshqarmasiga hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan
kechiktirmay taqdim etadilar.
1-Kredit (MB) shakli – Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlar
to’g’risidagi hisobot. Ushbu shakl hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan
kechiktirmay taqdim etiladi.
1-KB (choraklik, yillik shakliga ilova) – tijorat banki tomonidan berilgan kreditlar
to’g’risidagi hisobot. Ushbu shakl hisobot davridan keyingi oyning 8-sanasidan
kechiktirmay viloyat va shahar statistika boshqarmasiga taqdim etiladi.
1-KB (yillik) 25-yanvarda topshiriladi. Bu hisobot uch bo’limdan iborat: 1) Aktivlar,
passivlar va boshqa ma’lumotlar; 2) Bank daromadlari va xarajatlari; 3) Asosiy vositalar
va yig’ilgan eskirish;
1-Aholi omonatlari shakli – aholi omonatlari to’g’risidagi hisobot (yillik). Ushbu
shakl hisobot davridan keyingi oyning 8-sanasidan kechiktirmay viloyat va shahar
statistika boshqarmasiga taqdim etiladi.Aholining omonatlari bo’yicha hisob raqamlariga
naqsiz pul o’tkazishni hisobga olgan holda aholi omonatlari bo’yicha yil boshiga jalb
142
etilgan (olingan) mablag’lar, omonatlar qoldig’i, omonatlar bo’yicha foizlar
ko’rsatkichlari alohida hisoblanladi. Har bitta ko’rsatkich bo’yicha chet el valyutasidagi
omonat alohida beriladi.
Aholi mablag’larini omonatlarga jalb qilinishi to’grisidagi hisobotni to’ldirishda
quyidagilarni hisobga olish lozim:
1.
Viloyatlar bo’yicha ma’lumotlarni bosh bank faqat rezidentlar bo’yicha ko’rsatadi.
2.
Barcha ko’rsatkichlar, shu jumladan, milliy valyutada va chet el valyutasida
o’tkazilgan naqdsiz pullar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot
sanasiga bo’lgan tegishli kursi bo’yicha so’mlarda hisoblanib, yil boshidan ortib
boruvchi yakunda to’ldiriladi.
3.
“Omonatlarga jalb etilgan mablag’lar” ustunida yil boshidan aholining qo’yilgan va
olingan mablag’lari o’rtasidagi tafovut aks ettiriladi.
4.
“Omonatlarning qoldiqlari” ustunida ma’lumotlar hisoblangan foizlarni qo’shgan
holda hisobot sanasiga bo’lgan holatga ko’rsatiladi.
5.
“Aholining omonatlari bo’yicha foizlar” ustunida barcha turdagi omonatlar bo’yicha
oylik o’rtacha foiz stavkasi bir o’nlik belgi bilan ko’rsatiladi.
Naqdsiz pul tushumlar va hisob-kitoblarga aholi pul mablag’larining naqdsiz pul
aylanmalari kiradi. Naqdsiz pul tushumlari korxona va tashkilotlarning hisob
raqamlaridan (ish haqi, pensiya va h.k.) fuqarolarning omonat hisob raqamlariga
o’tkaziladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar aholining xarajatlari (kommunal xizmatlar,
kvartira to’lovlari va h.k.)ni omonatchilarning hisob raqamlaridan o’tkazish yo’li bilan
to’lash demakdir.
1-Aholi omonatlari shakli – aholi omonatlari to’g’risidagi hisobot (yillik). Ushbu
shakl 25-yanvardan kechiktirmay viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmasiga
taqdim etiladi va uch bo’limdan tashkil topadi:
1.
Aholi omonatlari bo’yicha hisob raqamlariga naqdsiz pul o’tkazishni hisobga olgan
holda aholi omonatlari.
2.
Aholi omonatlari miqdori, bank muassasalari soni.
3.
Aholi omonatlari turlari (valyuta omonatlarini qo’shgan holda).
Banklar va bank faoliyati haqida ma’lumotlarni yana O’zbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo’mitasi chop qiladigan statistik byulleten va to’plamlardan (masalan,
”O’zbekiston raqamlarda”, ”O’zbekiston moliyasi”, ”Tijorat banklarining aholi pul
mablag’larini jalb qilishi”, ”Aholi omonatlariga mablag’larni jalb qilishi bo’yicha asosiy
ko’rsatkichlar”, ”Tijorat banklarining kichik tadbirkorlik sub’ektlariga bergan kreditlari”,
”Tijorat banklari faoliyatlarining asosiy ko’rsatkichlari”) hamda
www.stat.uz
saytidan
olish mumkin.
Banklarning ma’lum bir sanalarga bag’ishlab chop qilingan kitob, albom,
kataloglar, to’plamlari juda yaxshi ma’lumot manbai hisoblanadi. Masalan, “O’zbekiston
bank tizimi mustaqillik yillarida” kitobidan juda ko’p ma’lumot olish mumkin.
Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi ayrim ma’lumotlarni ommaviy axborot
vositalaridan ham olish mumkin. Masalan, O’zbekistonda va boshqa mamlakatlarda chop
qilinadigan gazeta va jurnallardan. Ularga: “Iqtisodiy axborotnoma”, ”PKB”, “Moliya”,
“Mulkdorlar sinfi va iqtisodiyot”, “Dengi i kredit”, “Dengi”, “Bankovskie uslugi”,
“Bankovskoe delo”, “Ekspert”, “Ekonomist”, “Economist”, “Financial times”,
“International Financial Statistics” va boshqa jurnallarni kiritish mumkin.
143
Do'stlaringiz bilan baham: |