Hozirgi o'zbek adabiy tilida lison, nutq, meyor munosabati Rеjа



Download 65,65 Kb.
bet6/7
Sana02.07.2022
Hajmi65,65 Kb.
#731145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tilida lison, nutq, meyor munosabati

Lisoniy paradigma. Lisoniy birliklar bir-birini eslatib turish xossasiga ega. Shu boisdan ular jamiyat a’zolari ongida bir tizimga birlashgan holda yashaydi. Masalan, [a] fonemasi [o]fonemasini, [u] fonemaci [o‘] fonemasini, [i] fonemasi [e] fonemasini eslatadi. Lekin [a] fonemasi dabdurustdan [q] yoki [h] fonemasini eslatmaydi. Chunki ular ikki tizim - unli va undoshlar tizimiga kiradi. Unlilar bir-birini unlilar tizimida, undoshlar esa undoshlar tizimida eslata oladi. Hatto [u] fonemasining [a]ni eslatishi o‘z tizimdoshlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Masalan, [a], [o] fonemalari kichik, ichki tizim hosil qilib, ular birgalikda qolgan fonemalar juftliklarini eslatadi. Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [yuz] leksemasi bir tomondan [bet], [chehra], [jamol], [oraz] kabi birliklarni, ikkinchi tomondan [burun], [ko‘z], [quloq], [qosh], [lab] leksemalarini eslatadi va bunda u ikki tizimning a’zosi hisoblanadi.
Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi-xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ana shu o‘xshashlik va umumiylik ularning birlashtiruvchi, bog‘lab, bir tizimda ushlab turuvchi belgilari sanaladi. Masalan, unlilar «sof ovozga egalik» umumiy belgisi ostida birlashadi. Ammo ular farqli belgilarga ham ega bo‘lishi shart. Masalan, [a] «ablanmaganlik», [o] «lablanganlik» farqlovchi belgilarga ega, «kenglik» belgilari esa ularni birlashtiradi.
Umumiy belgilari asosida birlashgan va bir-birini taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgilari bilan boshqasiga qarama-qarshi turuvchi lisoniy birliklar tizimi paradigma deyiladi (paradigma grekcha paradeigma - misol, namuna degan ma’noni bildiradi). Paradigmani tashkil etuvchi birliklar paradigma a’zolari deb yuritiladi. Paradigma kamida ikkita a’zoli va ular bir lisoniy sathga mansub bo‘lishi shart. Bir paradigma a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat paradigmatik munosabat deyiladi.
F.Sossyur lisoniy mikrosistema va umuman lisoniy birliklar orasidagi paradigmatik (assotsiativ, bir-birini eslatib turish, o‘xshashlik) munosabatlarini lisoniy birliklar uchun eng asosiy munosabat sifatida baholagan edi.
Bir paradigma tarkibiga kiradigan birliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
1.Paradigmadagi bitta birlik eslanganda, shu paradigmaga kiruvchi boshqa a’zolar ham xotirlanishi (esga olinishi) zarur.
2.Har bir konkret nutq sharoitida o‘zaro paradigmatik munosabatlarda turgan birliklardan, ya’ni paradigma a’zolaridan bitta tanlanishi lozim.
3.Bir paradigmaning a’zolari o‘zaro o‘xshashlik bilan birga, har bir a’zo ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi lozim.
4.Paradigma a’zolari nutqda bir pozitsiyada (mavqeda) kela olib, bir-birini ma’lum holatlarda almashtira olishi, o‘rnini egallashi mumkin.
Lisoniy paradigma va uning a’zolariga nisbatan F.Sossyur tomonidan qo‘yilgan bu talablar keyingi qariyb yuz yildan beri deyarli o‘zgarishsiz saqlanib kelmoqda.
Paradigmalar, qamroviga ko‘ra, katta va kichik yoki tashqi va ichki paradigmalarga bo‘linadi. Bu paradigmalar bir-biriga nisbatan olinadi. Masalan, undoshlar jarangli va jarangsizlarga bo‘linadi.
Demak, paradigmatik munosabat atamasining muqobillari sifatida o‘xshashlik munosabati, assotsiativ munosabat atamalari ham ishlatiladi. Tizim atamasi ham ko‘p hollarda paradigma atamasi o‘rnida ishlatiladi: unlilar tizimi, kelishik tizimi kabi. Jarangli va jarangsizlar alohida kichik yoki ichki paradigmalar bo‘lib, undoshlar tizimi bir butun holda ularga nisbatan katta yoki tashqi paradigma deyiladi.
Lisoniy birliklar tizimining qaysi lisoniy sathga mansubligiga ko‘ra, fonetik, leksik, morfologik, sintaktik paradigmalar farqlanadi.
Aytilganidek, fonemalar tizimi va ularning ichki bo‘linishlari fonologik paradigmalar deyiladi. Fonologik paradigmalarning xususiyatlari, uni tashkil etuvchi birliklarning paradigmatik munosabatlari xususida «Fonetika-fonologiya» bo‘limida bahs yuritiladi.
Semantik-grammatik umumiylikka ega bo‘lgan leksik birliklar lug‘aviy paradigmani tashkil etadi. Sinonimik, partonimik, giponimik, iyerarxionimik, graduonimik, funktsionimik qatorlarga birlashgan leksemalar tizimi, alohida lug‘aviy guruhlar, lug‘aviy-mavzuviy to‘da, so‘z turkumlari ham yirik (makro) paradigmalarni tashkil etadi. Leksik paradigma va ularda amal qiluvchi paradigmatik munosabatlar haqida «Leksikologiya-semasiologiya» bo‘limida bahs yuritiladi.
Morfologik kategoriyalar (morfologik shakllar tizimi) morfologik paradigmalardir. Morfologik shakllarning paradigmatik munosabatlari haqida tilshunoslikning «Morfologiya-morfemika» bo‘limida batafsil to‘xtalinadi.
Sintaktik qoliplar tizimi sintaktik paradigmani tashkil etadi. Sintaktik paradigma ikkiga - gap paradigmasi va so‘z birikmasi paradigmasiga bo‘linadi. Gap paradigmasining o‘zi ikki - sodda gap qoliplari va qo‘shimcha gap qoliplari kabi ichki (mikro) paradigmalarga bo‘linadi. Bu bilan «Sintaksis» bo‘limida tanishasiz.

Download 65,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish