Fanning ma‟ruza matni


partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo„lim yoki



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/57
Sana30.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#620568
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Диншунслик маърузалар матни


partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo„lim yoki 
filiallarini ochish man etiladi. 
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ„ibot olib borishda
dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg„otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy 
totuvlikni buzishda, bo„hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, 
aholi o„rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi 
qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo„l qo„yilmaydi. Terrorizm
narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko„maklashadigan, shuningdek boshqa 
g„arazli maqsadlarni ko„zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va 
boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi. 
Fuqarolar dinga bo„lgan munosabatlaridan qat‟inazar, ta‟limning xilma-xil 
turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko„rsatilishicha, 
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o„zlariga zarur 
bo„lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o„quv yurtlari tuzishga haqli. 
Diniy o„quv yurtlari O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro„yxat 
o„tkazilib, tegishli lisenziya olganidan keyin faoliyat ko„rsatish huquqiga ega 
bo„ladi. 
Oliy va o„rta diniy o„quv yurtlarida ta‟lim olish uchun fuqarolar O„zbekiston 
Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o„rta 
ta‟lim olganidan keyin qabul qilinadi. 
Diniy ta‟lim beruvchilar maxsus diniy ma‟lumoti bor kishilar bo„lib, bolalarni 
o„qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo„lishi 
kerak. Xususiy diniy ta‟lim berishga yo„l qo„yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni 
buzganlar qonun oldida javobgardirlar. 
Diniy tashkilotlar diniy ta‟lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va 
chet el fuqarolarini ta‟lim olish uchun qabul qilishlari mumkin. 
Diniy tashkilot - bu ma‟lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining 
uyushmasidir masjid, cherkov, sinagoga, diniy o„quv yurtlari va h.k. kabi). Uni 
tashkil etish uchun unga bir xil e‟tiqodga ega bo„lgan kamida 100 kishi a‟zo 
bo„lishi kerak. O„zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga 
to„lganidan keyin ma‟lum diniy jamiyatga a‟zo bo„lishi mumkin. 
Diniy tashkilotlar o„z mulklariga ega bo„ladilar. Binolar, din bilan bog„liq 
buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo„ljallangan inshootlar, pul 
mablag„lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta‟minlash uchun zarur bo„lgan 
boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga 
tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek fuqarolardan tushgan 
mablag„lardan davlat solig„i undirilmaydi. 
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o„tkazish mahalliy hokimiyat 
tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko„rsatilishicha, dinga e‟tiqod 
qilish yoki o„zga e‟tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa 
fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta‟minlash uchun 
zarur bo„lgan darajadagina cheklanish mumkin. 


77 
Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat 
korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to„laydilar, 
ijtimoiy ta‟minlanish va sug„urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy 
asosda pensiya olishga haqlidirlar. 
Qonunning oxirgi 23-moddasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to„g„risida”gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko„rsatilgan. 
Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e‟tiqod erkinligi masalalariga 
katta e‟tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko„proq e‟tibor 
berilishi lozimligi ko„rsatilgan. 
O„zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va 
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojoanadi. Uning hududida 14 ta diniy kofessiya 
vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya 
oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida 
ta‟kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o„rnatilishi 
mumkin emas. Shunga ko„ra, hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb 
qaralishi yoki ularga o„z ta‟sirini o„tkazishi mumkin emas. 
O„tilgan mavzu bo„yicha savollar 
1.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e‟tiqod erkinligiga 
qanday munosabat bildirilgan? 
2.
Diniy e‟tiqod erkinligi haqida Konstitutsiyaning qaysi Qonunida so„z 
yuritiladi? 
3.
“Diniy tashkilotlar” deganda nimalar nazarda tutiladi? 
4.
Diniy tashkilotlarga kimlar a‟zo bo„la oladi? 
5.
Turli konfessiyalar orasida nizo chiqmasligi uchun davlat qanday tadbirlarni 
qo„llaydi? 
Seminar uchun mavzular 
1.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e‟tiqod erkinligining 
kafolatlanishi. 
2.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida”gi Qonunning yangi tahriri. 
3.
O„zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotlar. 
4.
O„zbekiston musulmonlari idorasining faoliyati. 
Adabiyotlar 
1.
O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., 1992. - 48 bet. 
2.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to„g„risida”gi O„zbekiston 
Respublikasining Qonuni yangi tahriri)/ O„zbekistonning yangi qonunlari, ¹ 19. T., 
Adolat, 1998, 224-234-betlar, Xalq so„zi, 1998, 15-may, 2-bet. 
3.
Karimov I.A. O„zbekistonning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li. T., 
O„zbekiston, 1992. 
«Oldimizga 
qo„ygan 
olijanob 
maqsad-
muddaolarimizga yetish, eski 
mafkuraviy 
asoratlardan 
batamom xalos bo„lish, g„oyaviy 
bo„shliq paydo bo„lishiga yo„l 


78 
qo„ymaslik, begona va yot 
g„oyalarning 
xurujidan 
himoyalanish, 
bunday 
tajovuzlarga 
qarshi 
tura 
oladigan 
har 
tomonlama 
barkamol 
insonlarni 
voyaga 
yetkazish zarurati xalqimiz va 
jamiyatimiz manfaatlariga mos 
yangi mafkurani shakllantirishni 
taqozo etmoqda».
I.A.Karimov.
10-Mavzu 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish