Ijtimoiy-iqtisodiy tizim – bu iqtisodiyot taraqqiyotining umumiy shart-sharoitidir.
Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi – ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlarning barcha shakl va turlari birligi bo‘lib, ularning asosiysi mulkchilik tizimidir. Shu bois ham mulk masalasini hal qilishga Prezident Islom Karimov tomonidan mustaqillikka qadar (1989–1991) va mustaqillikning dastlabki yillari muhim ahamiyat berildi. Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ko‘pukladli
iqtisodiyot amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, ayni vaqtda bozorni
zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbaiga, aholi bandligi o‘sishining eng muhim omiliga aylandi. O‘zbekiston erishgan yutuq va marralarni xolis va munosib baholash uchun avvalambor barchamiz mustaqillikning dastlabki yillarida qanday
murakkab vaziyat bo‘lganini esga olishimiz o‘ta zarur. Bu holat Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobida batafsil yoritilib, unda: «Markazlashtirilgan rejalashtirish va taqsimlash mexanizmi asosida faoliyat ko‘rsatgan butun sovet tizimiga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda, respublikamiz iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanib, faqat xom ashyo yetkazib berishga yo‘naltirilgani, iqtisodiyot, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir ko‘rsatgan to‘la va mutlaq paxta yakkaxokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi.
Buning oqibatida, ulkan tabiiy, mineral xom ashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. SSSR parchalanib ketganidan keyin vujudga kelgan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi, inflatsiyaning o‘ta keskin o‘sishini jilovlash, ilgari qaror topganxo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqib
ketishi oqibatlariga barham berish, ishsizlikning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etganligi haqida ma’lumotlar olish mumkin», – deya ta’kidlangan.
O‘zbekiston Islom Karimov rahnamoligida mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o‘rganish, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash asosida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga qaror qildi.
Inson taraqqiyoti to‘xtovsiz bo‘lganidan tizimlar ham rivojlanadi. Ular kelib-ketib turadi. Tizimlar taraqqiyoti tabiiy tarixiy jarayondir. Tizimlar rivojlanishida ularning o‘rin almashuvi yuz beradi. Bir tizimning rivojlanish imkoniyatlari tugallangach, boshqa tizimga o‘tiladi. Tizimlarning o‘rin almashuvi iqtisodiy zarurat bo‘lganda yuz beradi. Bir tizim salohiyati tugallangach, boshqa salohiyatli iqtisodiy tizimga o‘tiladi.
Tizimlar baholanganda, moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g‘oyaviy sharoit birgalikda qaraladi. Bunda nimaning qanday usullar bilan ishlab chiqarilishi aniq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |