52-
-53. Bozor tizimi. Bu an’anaviy tizim o‘rniga keluvchi yangi tizimdir. U o'zining bir qator belgilari bilan o‘tmishdoshidan ajralib turadi. Bozor iqtisodiyoti — bu mukamma! ishlab chiqarish omillariga
ega boigan, tovar-pul munosabatlariga asoslangan, aniq ijtimoiy moijali bor, bozor signallariga binoan va pul vositasida boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti mashinalashgan ishlab chiqarishga asoslanadi. Bu yerda ishlab chiqarishning moddiy omillari serunum mashinalar
tizimidan iborat. Ashyoviy resurslar faqat tabiiy bo‘lmasdan, balki yangidan yaratilgan ham bo‘ladi. Texnikaviy darajasi yuqori, mashinalashgan industrial ishlab chiqarishga mos ravishda
savodli, malakasi va ish tajribasi yuksak bo‘lgan xodimlar ish kuchi qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishning omillari rivoj topganidan yuksak, ilgari bolmagan mehnat unumdorligiga erishiladi. Ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan tabiiy resurslar samarali ishlatilishi bilan birga tiklanib, ya’ni qaytadan hosil qilinib ham turiladi.
Bozor tizimi xiima-xil mulkchilikka asoslanadi, ammo xususiy mulkchilik ustuvorlik qiladi. Bundan tashqari jamoa va davlat mulki ham amal qiladi. Ammo hech bir mulk monopoliyasi — yakka
hukmronligi tashkil topmaydi, chunki mulklar o‘rtasida muvozanat saqlanadi, bir mulkning boshqasi tomonidan siqib chiqarilishi yuz bermaydi, chunki hamma mulk shakllarining erkin rivojlanishi kafolatlanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan ≪Bozor numosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi... Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Bozor iqtisodiyotida mahsulotlar tovar shakliga ega bo‘ladi, ularoldi-sotdi qilish orqali ayirboshlanadi. Tovar mahsulot va xizmatlarning umumiy shakliga aylanadi. Bu bilan bozor tizimi an’anaviy li/imdan tubdan farqlanadi. Bozor iqtisodiyoti uch subyektlidir. Bular firmalar, xonadonlar va davlatdir. Ular o‘rtasidagi munosabatlar tovar-pul munosabatidir. Firmalar tovar ishlab chiqarsalar,
xonadonlar uni sotib oladi, xonadon firmalarga resurs yetkazib beradi. Davlat idoralari va mahkamalari firmalar va xonadonlarga xizmat ko‘rsatadi, ulardan esa resurslar va tayyor tovarlarni sotib
oladi. Bozor tizimida ayirboshlash barter shaklida emas, balki pul vositasida oldi-sotdi qilish shaklida bo‘ladi. Pul iqtisodiy aloqalarning yagona, universal vositasiga aylanadi. Hamma narsani pul hal
i|iladi, degani mana shunda. Pul vositasida har qanday oldi-berdi ishlarini, ya’ni to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi.
Kishilarning faoliyati ijtimoiy hayotda kechadi. Jamiyat bir-biriga bog‘liq o‘ziga xos ichki tuzilishga ega.
Tizim – bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, uni tashkil etuvchi, bir-birini taqozo etib, o‘zaro ta’sir o‘tkazuvchi unsurlarning majmui bo‘lib, bunda unsurlar birgalikda amal qiladi, natijada ayrim
unsurlarga xos bo‘lmagan umumiy xususiyatlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |