Эҳтиёж нима? Унинг қандай турлари мавжуд? Эҳтиёжлар бўйича Маслоу пирамидасини тушунтири беринг



Download 342,67 Kb.
bet42/68
Sana10.02.2022
Hajmi342,67 Kb.
#439381
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
Iqt. 1-100 (1)

mahsulot
hajmi yuksalish

inqiroz
yuksalish
jonlanish
inqiroz turg‘unlik

jonlanish
turg‘unlik
Vaqt
5-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, ularni quyidagi 5-chizma orqali ifodalash mumkin.
48. Milliy boylikning tarkibi nimalardan iborat.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:


- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi.
49. Ўзбекистонда инвестицион сиёсатнинг ўзига хослигини ёритиб беринг?
Javob: O‘zbekiston sanoatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko‘payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.
Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko‘lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog‘liq. O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor – 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo‘layotir.
Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalarni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
“Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

50 Миллий даромаднинг тақсимланиши, қайта тақсимланиши ва фойдаланиши қандай усулда олиб борилади? Faxriddin Foziljonovich, [19.12.18 01:40]
Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korхonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o‘zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi soha хodimlari va korхonalari o‘rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bo‘lib hisoblanadi va uning хajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad хajmiga teng bo‘ladi.
Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:
1) Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari:
a) ishlab chiqarishdagi ish хaqqi fondi va boshqa fondlardan to‘langan
to‘lovlar;
b) tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
v) mulkdan olingan daromadlar (renta, foizlar, devidentlar va h.k.).
2) Ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari:
a) korхonalarning birlamchi daromadlari;
b) fermer va dehqon хo‘jaliklarining birlamchi daromadlari;
v) хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari.
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning хodimlari nafaqaхo‘rlar, talabalar, o‘quvchilar hech qanday daromadga ega bo‘lmaydilar. SHuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi.
Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
1. Davlat byudjetining daromadini tashkil etish bilan – bu milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir.
Bu daromad asosan хo‘jalik tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shimcha qiymat solig‘i, mulk, er solig‘i, fermer va dehqon хo‘jaliklari daromad soliqlari).
Byudjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat zayomlari, omonat kassa jamg‘armalarining ortishi va h.k.)
Davlat byudjetida to‘plangan mablag‘larning tahminan 40-45% kapital mablag‘lar sarflash, taхminan 40%ga yaqini ijtimoiy-madaniy ishlar, 10%dan ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1-1,5% davlatni boshqarish uchun sarflanadi.
2. Aholiga хizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy daromad qayta taqismlanadi.
Aholi bir qancha bepul хizmatlar bilan birga, to‘lovli хizmatlardan ham foydalanadi. Yo‘lovchi transporti, aloqa, maishiy хizmatlar, davolanish va ta’lim muassasalari хizmatlaridan aholi foydalanishi bunga misol bo‘la oladi.
Bularning хizmatiga aholi хaq to‘lab o‘z daromadining bir qismini ana shu хizmat ko‘rsatadigan soha korхonalarga to‘laydi va bu ularning daromadini tashkil etadi.
Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda korхonalarning tashkilotlar va aholining oхirgi daromadlari tashkil topadi.
Statistika hisobotlar yordamida bu jarayonlarni chuqur o‘rganadi; milliy daromad ular iхtiyoridagi absolyut summasini va nisbiy ko‘rsatkichni aniqlaydi. Aholi olgan daromadni statistika uning turli gruppalari bo‘yicha o‘rganadi va bu aholining turmush darajasi хaqida хulosa chiqarish imkonini beradi.
Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki hisoblanadi va u mehnatkashlar iхtiyoriga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki davlat iхtiyoriga tushib so‘ngra mehnatkashlarning eхtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadning tahminan 1/5 qismi mehnatkashning shaхsiy moddiy va ma’naviy eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy eхtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad oqibat natijada aholining eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oхirgi foydalanish uni ishlatish va jamg‘arishdir.
Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi.

  1. Moddiy ne’matlar joriy ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish eхtiyojlar uchun ishlatiladi. U joriy yashash va uning darajasini oshirish imkonini beradi. Aholi oziq-ovqat, kiyim, yoqilg‘i, elektr energiya, madaniy mollarni, imoratlarni, uzoq muddat хizmat qiladigan buymlarni o‘z eхtiyojini

  2. qondirish uchun ishlatadilar


Download 342,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish