Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


LOGISTIKANING ASOSIY ATAMALARI VA TUSHUNCHALARI



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

2.3.LOGISTIKANING ASOSIY ATAMALARI VA TUSHUNCHALARI 
Logistikani fan va xo‗jalik faoliyatining dastagi sifatida ta‘riflashga bo‗lgan 
yondashuvlarning keng spektriga qaramasdan bitta narsa aniq: logistikada tadqiq 
qilish, boshqarish va optimallashtirishning asosiy ob‘ekti moddiy oqim bo‗lib 
hisoblanadi, axborot, moliya, servis oqimlari va boshqa oqimlarga unga 
bo‗ysundirilgan rejada qaraladi.
Moddiy oqim (MO) – harakat holatida bo‗lgan, ularga nisbatan logistik 
operatsiyalar yoki funksiyalar qo‗llaniladigan va makonda jismoniy ko‗chish 
(yuklash, tushirish, tashish, idishlarga joylash, yiriklashtirish va hokazolar) bilan 
bog‗lanadigan moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor 
mahsulotlardir.
Moddiy oqimning tavsiflari: 
Sifatiy: 
assortiment; 
o‗lchamlar; 
sifat (nav, marka). 
Miqdoriy: 
moddiy resurslarning miqdori va moddiy oqimning shiddati; 
yo‗lning boshlanish nuqtasi – yetkazib beruvchi, oxirgi nuqtasi - iste‘molchi; 
traektoriya; 
yo‗lning uzunligi; 
harakat vaqti. 
Moddiy resurslar (MR) – mehnat predmetlari: xomashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar, yig‗ish birliklari, 
yoqilg‗i, texnologik asbob-uskunalar va boshqa asosiy fondlarni ta‘mirlash va 


47 
ularga xizmat ko‗rsatish uchun mo‗ljallangan ehtiyot qismlar, tayyor mahsulotlar, 
qurilmalar jamlanmasi, ishlab chiqarish chiqindilaridir. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish – berilgan korxona doirasida ishlab chiqarilishi 
tugallanmagan mahsulot.
Tayyor mahsulot (TM) – berilgan korxonada to‗liq ishlab chiqarish sikli va texnik 
nazoratdan o‗tgan, to‗liq o‗ralgan, omborga topshirilgan yoki iste‘molchiga (savdo 
vositachisiga) jo‗natilgan mahsulot. 
Moddiy oqimga yana bitta ta‘rif berish mumkin. Moddiy oqim – bu ularga turli 
logistik operatsiyalarning qo‗yilishi jarayonida bo‗lgan bitta nomdagi resurslar 
jamlanmasidir.
Korxonada shakllanadigan elementar moddiy oqimlar ko‗pligi korxonaning 
faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlaydigan umumiy moddiy oqimni tashkil qiladi. 
Moddiy oqim o‗lchamga ega bo‗ladi (hajm, vaqt, miqdor, og‗irlik). Uning mavjud 
bo‗lish shakli omborning yuk aylanmasi yoki yuk oqimi bo‗lishi mumkin (alohida 
transport turlari bilan ma‘lum bir vaqt davomida jo‗natish punktidan belgilangan 
punktgacha tashilgan yuklar miqdori).
Logistik operatsiyalar – moddiy oqim va (yoki) axborot oqimini qayta 
shakllantirishga yo‗naltirilgan harakatlar jamlanmasidir. Moddiy oqim bilan 
bajariladigan logistik operatsiyalarga yuklash, tashish, tushirish, jamlash, 
omborlarga joylashtirish, o‗rash va boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin. 
Axborot oqimi bilan bajariladigan logistik operatsiyalar – bu moddiy oqimga mos 
keladigan axborotni to‗plash, ishlov berish va uzatishdir. 
Logistik kanal
– yetkazib beruvchi, iste‘molchi, tashuvchilar, vositachilar, 
sug‗urtachilar va boshqalardan tashkil topadigan qisman tartibga solingan ko‗plik.
Logistik zanjir
– tashqi moddiy oqimni bir logistik tizimdan boshqasiga 
etkazish bo‗yicha logistik operatsiyalarni amalga oshiradigan jismoniy yoki 
yuridik shaxslarning chiziqli tartibga solingan ko‗pligi [8, 12-bet]. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish