Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

Tuzilmalanganlik
. Logistik tizimning o‗zaro bog‗langan boshqarish 
ob‘ektlari va sub‘ektlaridan tashkil topadigan ma‘lum bir tashkil qilingan 


44 
tuzilishining borligini va bu tuzilishni dekompozitsiyalash mumkin bo‗lishini 
ko‗zda tutadi. 
Logistik tizim sifatida sanoat korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, 
savdo korxonasi va hokazolarni ko‗rib chiqish mumkin. 
Logistik tizimning maqsadi
– tovarlar va mahsulotlarni berilgan joyga, 
kerakli miqdor va assortimentda, ishlab chiqarish iste‘moli yoki shaxsiy iste‘molga 
maksimal darajada tayyorlangan holda, berilgan xarajatlar darajasi bilan yetkazib 
berishdan iborat (logistik miksni amalga oshirish).
Xorijdagi logistika sohasi bo‗yicha olimlar va mutaxassislar ko‗pincha 
―logistik zanjir/yetkazib berishlar zanjiri‖ tushunchasidan foydalanadilar, logistik 
tizimni esa ―umumiy xarajatlarni minimallashtirish va talab etilgan servis 
darajasini ta‘minlash uchun materiallar, takibiy qismlar va tayyor mahsulotning 
jismoniy harakatining barcha jihatlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish‖ 
jarayoni sifatida talqin qiladilar.
Logistik tizimning chegaralari ishlab chiqarish vositalarining aylanish sikli 
bilan belgilanadi. Dastlab ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy 
oqim ko‗rinishida logistik tizimga kirib keladi, omborlarga joylashtiriladi, ishlov 
beriladi, yana saqlanadi va so‗ngra logistik tizimga kirib keladigan moliyaviy 
resurslarga almashinish bilan logistik tizimdan iste‘molga chiqib ketadi.
Logistik tizimlar makrologistik va mikrologistik tizimlarga bo‗linadi.
Makrologistik tizim
- bu moddiy oqimlarni boshqarishning mamlakatning 
turli mintaqalarida yoki turli mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va 
tashkilotlari, turli idoralarning vositachilik, savdo va transport tashkilotlarini 
qamrab oluvchi yirik tizimidir. Makrologistik tizim o‗zida mintaqa, mamlakat yoki 
mamlakatlar guruhi iqtisodiyotining ma‘lum bir tuzilmasini taqdim qiladi.
Turli mamlakatlarni qamrab oladigan makrologistik tizimni shakllantirishda 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning huquqiy va iqtisodiy o‗ziga xos xususiyatlari, 
tovarlarning 
yetkazib 
berishning 
bir 
xil 
bo‗lmagan shart-sharoitlari, 
mamlakatlarning 
transport 
qonunchiligidagi 
farqlar 
bilan 
bog‗lanadigan 
qiyinchiliklarni, shuningdek boshqa bir qator to‗siqlarni engib o‗tish zarur bo‗ladi.


45 
Makrologistik tizimning funksiyalari: 
mintaqa, mamlakat, mamlakatlar o‗rtasida taqsimlashning umumiy 
konsepsiyasini ishlab chiqish; 
ta‘minot shakllarining o‗zaro nisbatini optimallashtirish; 
tovarlarning harakatlanish kanallarini ratsionallashtirish; 
transport-ombor tarmog‗ini yaratish va hokazolar. 
Mikrologistik tizimlar tagtizimlar – makrologistik tizimlarning tuzilmaviy tarkib 
toptiruvchilari bo‗lib hisoblanadi. Ularga turli ishlab chiqarish va savdo 
korxonalari, hududiy ishlab chiqarish majmualari kiradi. Mikrologistik tizimlar 
o‗zida ishlab chiqarishning ichidagi logistik tizimlar klassini taqdim qiladi, 
ularning tarkibiga texnologik bog‗langan, yagona infratuzilma bilan birlashtirilgan 
ishlab chiqarishlar kiradi. 
Mikrologistik tizimlarning funksiyalari 
ishlab chiqarishning ehtiyojlariga muvofiq xarid qilishlar va yetkazib berishlar 
rejasini amalga oshirish; 
sotish rejasini amalga oshirish va nazorat qilish; 
tashqi muhitdagi ba‘zi bir logistik jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatish va boshqalar.
Makrologistika doirasida alohida mikrologistik tizimlar o‗rtasidagi bog‗lanishlar 
tovar-pul munosabatlari bazasida o‗rnatiladi. Mikrologistik tizimning ichida 
shuningdek tagtizimlar ham faoliyat ko‗rsatadi. Biroq ularning o‗zaro 
harakatlarining asosi tovarsiz bo‗ladi.
Makrologistika darajasida logistik tizimlarning uchta turi ajratiladi: 
To‗g‗ri bog‗lanishlarga ega bo‗lgan logistik tizim – bu unda moddiy oqim ishlab 
chiqaruvchidan iste‘molchiga vositachilarning ishtirokisiz, to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xo‗jalik aloqalari asosida yetkazib beriladigan tizimdir. 
Eshelonlangan (ko‗p kaskadli) logistik tizim – bu unda moddiy oqim ishlab 
chiqaruvchidan iste‘molchigacha bo‗lgan yo‗lda hech bo‗lmaganda bitta vositachi 
orqali o‗tadigan ko‗p darajali tizimdir. 
Qayishqoq logistik tizim – bu unda moddiy oqimni iste‘molchiga yetkazib 
berish to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗lanishlar bo‗yicha ham, vositachining ishtiroki bilan 


46 
ham yetkazib beriladigan tizimdir. Bunday tizimga ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash 
misol bo‗lib xizmat qila oladi. Bunday holda talab kam bo‗lgan detallarni bevosita 
qabul qilib oluvchiga jo‗natish markaziy ombordan, standart va talab yuqori 
bo‗lgan detallarni jo‗natish – vositachining omboridan amalga oshiriladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish