Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

-
 
jahon iqtisodiyotining o‗sishda davom etishi;


56 
-
 
yangi texnologiyalarning ekspansiyasi; 
-
 
makromintaqaviy xo‗jalik tuzilmalarining rivojlanishi va integratsiyalanishi; 
-
 
global logistika zanjirlarini (kanallarini) shakllantirish uchun yangi 
imkoniyatlar; 
-
 
moddiy oqimlarning harakatini tezlashtirish va arzonlashtirish uchun 
ko‗plab mamlakatlar tomonidan o‗tkaziladigan tartibga solish protseduralari 
mavjud.
Bugungi kunda iqtisodiy o‗sish faqatgina sanoati rivojlangan mamlakatlarga 
xos bo‗lib qolmaydi. U ―uchinchi dunyo‖ ning ko‗pgina mamlakatlarida ham 
sezilarli darajada namoyon bo‗lmoqda.
Eng yangi texnologik yutuqlar, samarali ilmiy ishlanmalarning natijalari, 
kashfiyotlar bilan almashinish turli mamlakatlarning iqtisodiy darajalarini 
yaqinlashtirishga, ularning ijtimoiy va xo‗jalik integratsiyasiga ko‗maklashadi. 
Evropa Ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarida 
mintaqaviy makrologistik tuzilmalarini muvaffaqiyatli shakllantirishga misollar 
ma‘lum. Ularning tajribasi mamlakatlarning mintaqaviy integratsiyalanishga 
bo‗lgan intilishini ko‗rgazmali tarzda tasdiqlaydi. Bunga siyosiy tizimlar, aholining 
hayot kechirish ukladlari, an‘analarning o‗xshashligi, tarixiy ildizlarning yaqinligi, 
energiya va xomashyo resurslarining yagona manbalaridan foydalanish amaliyoti
kommunikatsiyalarning 
tutashganligi, 
savdo 
va 
bojxona 
to‗siqlarining 
bo‗lmasligiga ko‗maklashadi. Shu bilan birgalikda o‗sishning yangi rezervlarini 
qidirish va raqobatning kuchayishi ko‗pgina kompaniyalar va firmalarning 
o‗zlarining mamlakatining chegaralaridan tashqarida yangi sotish bozorlari, 
arzonroq xomashyo manbalari va mehnat resurslarini qidirishga bo‗lgan intilishini 
dunyoga keltiradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiya biznesda global logistika 
zanjirlari va kanallaridan foydalanadigan ko‗p sonli transmilliy korporatsiyalarning 
yaratilishiga olib kelgan. Ularning rivojlanish istiqbollari avvalambor qo‗yilgan 
kapitalning foyda keltiruvchanligining ortishi, boshqa mamlakatlardagi logistik 
vositachilarning pastroq tariflari, yaxshiroq moliyaviy shartlari bilan bog‗lanadi. 


57 
Logistik kanallarning yaratilishiga global telekommunikatsiya tarmoqlaridan 
foydalanadigan yirik xalqaro transport-ekspeditorlik firmalari va sug‗urta 
kompaniyalari ko‗maklashadi. 
Va nihoyat, global logistikani amalga oshirish uchun xalqaro savdo-sotiq, 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida savdo
bojxona, transport va moliyaviy to‗siqlarni bartaraf qilish uchun ko‗pgina 
mamlakatlar tomonidan o‗tkaziladigan tartibga solish protsduralari katta 
ahamiyatga ega bo‗ladi. Bu protseduralar kapital, tovarlar va axborotning milliy 
chegaralarni kesib o‗tishini osonlashtiradi. 
Shu bilan birgalikda, global logistikaning rivojlanish yo‗lidagi barcha 
to‗siqlar olingan deb bo‗lmaydi. Turli sabablar bilan, jumladan, siyosiy tizimlar, 
mamlakatlarning turlicha ijtimoiy va iqtisody rivojlanish darajasi bilan 
shartlanadigan to‗siqlar etarlicha ko‗p. Bunday to‗siqlar, masalan, Evropa Ittifoqi 
mamlakatlari bilan Sharqiy Evropa mamlakatlari, Evropa Ittifoqi bilan 
O‗zbekiston, AQSH bilan Evropa Ittifoqi, AQSH bilan Meksika, Evropa Ittifoqi 
mamlakatlari bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari, AQSH bilan Yaponiya o‗rtasida 
mavjud. Bundan tashqari, global logistikada xalqaro raqobat, transmilliy 
korporatsiyalarning taqsimlash markazlariga qo‗yiladigan cheklashlar va 
hokazolarni hisobga olish zarur bo‗ladi. Moliyaviy to‗siqlar davlatlarning soliq, 
bojxona, savdo siyosati, kapitalni olib kirishga cheklashlar bilan bog‗lanadi. 
Boshqa mamlakatlarning raqobatchi firmalarining tovarlarini taqsimlashga 
qo‗yiladigan cheklashlar ham shunga yaqin bo‗lib hisoblanadi. 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish