Ekspluatatsiyasi instituti irisbekova mavluda narinbayevna xalqaro logistik


 XALQARO LOGISTIKADAGI TENDENSIYALAR



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/117
Sana27.05.2022
Hajmi3,24 Mb.
#611544
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
Bog'liq
Irisbekova

3.2. XALQARO LOGISTIKADAGI TENDENSIYALAR 
Keyingi yillarda butun dunyoda logistika tadbirkorlik strategiyasining 
ajralmas bo‗lagiga aylanmoqda. Turli korxonalarda logistikadan turlicha 
foydalaniladi va bu innovatsion imkoniyatlar va ustivorliklarga bog‗liq bo‗ladi. 
Qiymat yaratish zanjiriga yuklarni tashish, yuklash-tushirish va omborlarga 
joylashtirish jarayonlari bilan bir qatorda, ayniqsa agar korxona xalqaro bozorga 
yo‗naltirilgan bo‗lsa – ularga etarlicha baho bermaslik mumkin bo‗lmagan boshqa 
faoliyat turlari ham kiradi. Xalqaro logistika rivojlanishining asosiy tendensiyalari 
qaysilar ekanligini ko‗rib chiqamiz. 
Iqtisodiyotning globallashuvi korxonalar o‗rtasida bozorda joy egallash 
uchun kuchli raqobatni yuzaga keltirgan, xalqaro savdo esa yangi va tezkor 
o‗zgarishlarni boshdan kechirishda davom etmoqda. Korxonalarning birlashishi va 
axborot-kommunikatsiya tizimlarining shiddat bilan rivojlanishi bu jarayonlarni 
faqatgina kuchaytiradi. Rivojlanish tendensiyasini hisoblash imkoniyati kamayadi. 
Bularning barchasi rejalashtirish muddatlarining qisqarishiga olib keladi va tezda 
qaror qabul qilish va javob reaksiyasi ko‗rsatishni talab qiladi. Iqtisodiyotda turli 
distribyusiya tizimlarini hisobga olish bilan mehnatni taqsimlash baribir yana o‗sha 
kommunikatsiyalarga (masalan, mintaqaviy tarmoqlar, kooperatsiya munosabatlari 
va hokazolar) va logistikaga olib keladi. Shu sababli logistika qaerga olib borishini 
tushunib olish juda muhim bo‗ladi.
Hech kimga sir emaski, yaxshi faoliyat ko‗rsatuvchi logistikasiz 
iqtisodiyotni globallashtirib bo‗lmaydi. Mijoz bir nechta transport va logistika 
korxonalari bilan ishlashni hohlamaydi va shu sababli u faoliyatning har xil 
turlarida bitta korxonada, yoki ―yagona‖ darcha‖ orqali ishini bitkazish yo‗llarini 
qidiradi. Avtomobil sanoatida bu quyidagicha amalga oshiriladi: ishlab 
chiqaruvchi konstruksiyani ishlab chiqish, yig‗ish va sotishga konsentratsiyalanadi. 
Bu sohada oxirgi mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etishning ulushi 20% 
gacha tushib ketgan. Detallar va butlovchilar butun dunyodan sotib olinadi, logistik 


70 
korxona ular bilan turli ishlab chiqarishlarni ta‘minlaydi va savdo tarmog‗ida 
tovarni taqsimlaydi (yetkazib berishlar zanjirini boshqarish).
Xalqaro ekspeditorlik korxonalari endilikda logistik xizmatlarni taqdim qiladi 
va xalqaro tarmoqlarga ega bo‗ladi, biroq mos keluvchi nou-xauning yo‗qligi 
sababli yetkazib berishlar zanjiri bo‗yicha qarorlarni taklif qila olmaydi. Asosiy 
logistik tendensiyalarni quyidagicha tavsiflash mumkin.
1.
Ishlab chiqarish tizimining o‗zgarishi: ombor uchun ishlab chiqarishdan
buyurtma bo‗yicha ishlab chiqarishga o‗tish. Butun dunyo bo‗yicha 
ishlaydigan ishlab chiqarish korxonalarining menejerlari uchun asosiy vazifa 
mahsulotni mijozlarning individual talablariga muvofiq ishlab chiqarishni 
yo‗lga qo‗yish bo‗lib hisoblanadi.
2.
Tovarlar distribyusiyasining o‗zgarishi. Bu darajada sotuvchilarning 
an‘anaviy tuzilmalarini logistik korxona orqali to‗g‗ridan-to‗g‗ri sotish bilan 
muvofiqlashtirish sodir bo‗ladi. Ishlab chiqaruvchida logistik menejmentning 
bo‗lishi talab qilinadi. Bunda yetkazib berish muddatlariga rioya qilish bu 
muddatlarni qisqartirishga qaraganda yuqoriroq baholanadi.
3.
Savdo va yetkazib beruvchilarning qo‗shilishi va birlashishi. Logistika xarid 
qilishlar, ta‘minot, tovarlarning kirib kelishi, distribyusiya yoki elektron 
logistika sohasida potensial sinergetik effektning amalga oshishida muhim rol 
o‗ynaydi.
4.
Miqdoriy tendensiyalar, aynan esa: ta‘minotda yetkazib beruvchilar sonining 
kamayishi bilan tavsiflanadi.. Xalqaro korxonalarning to‗rtdan uch qismi 
yaqin besh yil ichida o‗zining yetkazib beruvchilarining sonini qisqartirishni 
mo‗ljallamoqda, sotishda esa, xuddi oldingiday, yetkazib berish muddatlarini 
qisqartirish dolzarbligicha qolaveradi.
5.
Elektron biznesning logistikaga ta‘siri. V2S konsepsiyasi doirasidagi biznes-
jarayonlar ko‗proq shiddatli yetkazib berishlarni avtomatlashtirishni ko‗zda 
tutadi, chunki mijozlarning yetkazib berish muddatlarini qisqartirish bo‗yicha 
kutilmalari buyurtmalarni amalga oshirishning odatdagi uslublariga qaraganda 
yuqoriroq. Ko‗proq xarajatli berish logistikasining paydo bo‗lishi va sotishdan 


71 
keyingi xizmatlarni amalga oshiradi. Korxonaning ichida jarayonlarni elektron 
savdo maydonchalarini kengaytirish hisobiga modifikatsiyalash. Yangi 
ishtirokchilarni yetkazib berishlar zanjiriga integratsiyalash ―shaffof quvur 
tarmog‗i‖ ning yaratilishiga olib keladi.
6.
Xalqaro bozorda logistikaning rolining o‗zgarishi. Uchinchi darajadagi 
Evropalik provayderlar (3PL) bozorda ishtirok etish va jarayonlarni amalga 
oshirish imkoniyatlari nuqtai-nazaridan etakchi bo‗lib hisoblanadi. Rus 
logistlari esa, xuddi qoidada ko‗rsatilganday, o‗zining mamlakatida ishlaydi, 
Amerikalik logistlar esa o‗zlarining harakatlarini Shimoliy Amerika qit‘asida 
konsentratsiyalaydi. O‗tgan yillar davomida Amerika va Evropa bozorida 
Evropalik logistik provayderlarning o‗sish sur‘atlari yiliga 10% ni tashkil 
qilgan. Kelajakda V2S ning rivojlanishini hisobga olish bilan bu ko‗rsatkich 
yanada oshadi.
7.
Logistika bozorining to‗rtinchi darajadagi provayderlar (4PL) tomonidan 
egallanishi. Bu yetkazib berishlar zanjirining menejeri bo‗lib, o‗zining 
texnologiyalari, resurslari va quvvatlarini, shuningdek o‗zining mijoziga 
yetkazib berishlar zanjiri bo‗yicha echimlarning to‗liq jamlanmasini taklif 
qilish uchun ular bilan kooperatsiya munosabatlarini o‗rnatgan boshqa logistik 
korxonalarni ham boshqaradi. Shunday qilib, to‗rtinchi darajadagi logistik 
provayder tarmoq integratori sifatida yetkazib berishlar zanjiridagi barcha 
tashkiliy va axborot jarayonlarini boshqaradi yoki butun tarmoqning 
unumdorligini oshirish maqsadida alohida jarayonlar uchun BestPractice 
uslubini qo‗llash asosida autsorsingdan foydalanishi mumkin bo‗ladi. 
To‗rtinchi darajaning provayderlari o‗zining qiymatini yaratishda yetkazib 
berishlar zanjirining ba‘zi zvenolarini o‗ziga oladi va boshqa logistik 
korxonalarni jalb qilish bilan butun biznesni boshqarishni amalga oshiradi. 
Ular majmuaviy tarmoqlar yoki tarmoqning ichidagi alohida jarayonlarni 
boshqarish uchun yagona echimlarni ishlab chiqadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish