Psoriazning klinik ko'rinishlari. Seboreyali psoriaz seboreyali subyektlarda uchrab, klinik jihatdan seboreyali ekzemani eslatadi. Psoriatik toshmalar seboreyali teri sathida — yuz, boshning sochli qismi, ko'krak va teri burmalarida joylashgan bo'ladi. Toshmalar chegarasi sog'lom teridan aniq ajralib turadi, ular quruq va oq-kumushsimon tangachalar bilan emas, balki sarg'ish tangachalar bilan qoplangan bo'ladi.
Intertriginozli psoriaz asosan revmatizm, diabet bilan og'rigan, semiz va o'ta sezuvchan kishilarda, ba'zan ko'krak yoshidagi bo-lalarda uchraydi. Bunda toshmalar oyoq, qo'l bo'g'imlarning bukiluvchi yuzalarida, qo'ltiq osti, chov qismida joylashadi. Toshmalar numulyar ekssudativ pilakchalar ko'rinishida bo'ladi, kasallik qichishish va achishish bilan kechadi.
Psoriaz eritrodermiyasi. Kasallikning bunday klinik ko'rinishi psoriaz bilan og'rigan bemorlarning 1—3 % da uchraydi. Psoriazning bu turini oddiy vulgar psoriazning murakkablanishi desa ham bo'ladi. Chunki u asosan psoriatik teriga noxush omillar ta'sir qilishi yoki psoriazni noto'g'ri davolash natijasida vujudga keladi. Masalan, yuqori konsentratsiyali malhamlarni qo'llash, shuningdek, turli o'simlik ekstraktlaridan vanna qabul qilish shular jumlasi-dandir. Kuchli ruhiy zo'riqishdan so'ng ham eritrodermiya holati kuzatiladi, bunda teri ravshan qizil rangda, shishgan, infiltratsiyaga uchragan bo'ladi. Yallig'langan teri ustida mayda va yirik plastin-kali tangachalarni, soch to'kilishini uchratish mumkin. Limfatik tugunlar kattalashadi, tirnoqlar destruksiyaga uchraydi. Yiringli paronixiyalar vujudga keladi. Bemorlar qichishish va teri tortili-shiga shikoyat qilishadi. Psoriatik eritmodermiyani boshqa eritmo-dermiyalardan ajratish juda qiyin.
Artropatik psoriaz. Psoriazning bu turi kam uchrashi va og'ir kechishi bilan ifodalanadi. Bunda asosan yirik hamda mayda bo'g'imlar zararlanadi, patologik jarayon ko'proq panja va tovonning mayda bo'g'imlarida, tizzada, umurtqalarda uchraydi. Bemorlarni bo'g'imlardagi kuchli og'riq bezovta qiladi, og'riq, ayniqsa, harakat qilganda kuchayadi.
Davosi. Psoriazning etiologiyasi to'liq aniqlanmaganligiga qara-may, uni keltirib chiqaruvchi omillar (modda almashinuvining
buzilishi, ruhiy iztirob, infeksiya o'choqlari, endokrinopatiya va boshqalar)ni bartaraf etish zarar. Kasallik zo'raygan davrida teriga kuchli ta'sir etuvchi malhamlar (5 % li salitsil malhami, psoria-zin, xrizaborin va boshqalar) surtish yaramaydi. Psoriazni davo-lashda bir necha usullardan foydalaniladi.
l.Umumiy davo, bunda antigistamin (dimedrol, pipolfen, ta-vegil, diazolin) va desensibilizatsiyalovchi (kalsiy preparatlari, natriy tiosulfat) dorilar buyuriladi; A, C, E, B,, B2, B6, Bp, B15 vitaminlarini qo'llash maqsadga muvofiq. Kasallikning statsionar va regressiv davrlarida yuqoridagi davo vositalaridan tashqari gamma-globulin, pirogenal va turli xil biostimulatorlar tavsiya etiladi.
Glukokortikoidlar asosan psoriaz og'irroq kechganida (psoriaz eritrodermiyasi. artropatiyasi, pustulyozli psoriaz) ishlatiladi.
Gormonlarning kundalik miqdori kasallikning klinik ko'rinishiga bog'liq bo'lib, bemorning har kilogramm vazniga 1 mg. dan to 2 mg. gacha buyuriladi. Psoriatik artritni davolash da butadion, brufen, rumolon, pirabutol, reopirin va boshqa revmatizmga qarshi dorilarni steroidli gormonlar bilan birga qo'llash davolash samarasini oshiradi.
PUVA-terapiya psoriazni davolashda muhim vosita, u asosan psoriazni tarqalgan xilida qo'llaniladi.
Immunodepressantlar. Metotreksat psoriazni davolashda keng qo'llaniladi. U tabletka (2,5 mg) yoki eritma holida (5 mg muskul
orasiga) ishlatiladi. Metotreksatning ma'lum bir davo sikli bor,
ya'ni bemor bu dorini 5 kun davomida har kuni 5 mg. dan qabul
qiladi va 3 kun dori ichmay dam oladi.
Retinoidlar (A vitaminining sintetik preparatlari) teridagi
proliferatsiya va keratinizatsiya jarayonlarini barqarorlashtiradi.
Tigazon, neotigazon shular jumlasidandir.
Retinoidlarni PUVA-terapiya bilan birgalikda qo'llash (REPUVA-terapiya) davo samarasini oshiradi.
Mahalliy davo «Lorinden», «Vipsogal», «Selestoderm», «Flyusinar» va boshqa steroidli malhamlardan iborat. Kasallikning statsionar va regress bosqichlarida teridagi infiltratlarni tez so'rilti-rish maqsadida naftalan (5—10—20 %), ixtiol (5—10 %) va boshqa malhamlarni ishlatish mumkin. Sanatoriy-kurortlarda dam
102
olish tavsiya etiladi («Chimyon», «Chortoq», «Kislovodsk» va boshq.)-
QIZIL YASSI TEM1RATKI (LICHEN RUBER PLANUS)
Qizil yassi temiratkini Vilson (1869) aniqlab, unda uchraydi-gan birlamchi elementni batafsil yoritib bergan. Qizil yassi temi-ratki teri kasalliklarining 0,5 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |