E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet1/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
т ере ва таносил


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS

TA'LIM VAZIRLIGI O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR

TA'LIMI MARKAZI

O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMINI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI



E.H.ESHBOYEV, Y.M.FAYZIYEV

TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI
(Amaliy mashgiulotlar)

Tibbiyot kollejlari uchun о 'quv qo 'Uanma

TOSHKENT - «ILM ZIYO» - 2003



0 'zbekiston Respublikasi Oliу va о 'rta maxsus ta'lim vazirligi 0'rta maxsus,

kasb-hunar ta'limi Markazining ilmiy-meiodik kengashi tomonidan

nashrga tavsiya etilgan.
Qo'llanmada keng tarqalgan teri va tanosil kasalliklarining paydo bo'lish sabablari, rivojlanish mexanizmi klinikasi, davosi va profilaktikasi bayon etilgan. Shuningdek, dermatovenerologiya fanining qisqacha tarixi, teri gigiyenasi, gistologiyasi, bcmorlarni klinik tekshirish usullari batafsil yoritilgan.
Taqrizchilar: T.M.USMONOV — O'zbekiston Dermatologiya va venerologiya ilmiy-tekshirisli instituti yetakchi muta-xassisi, tibbiyot fanlari nomzodi; I.M.TURSUNOVA — Sog'liqni saqlash vazirligi O'quv-uslub idorasining oliy toifali metodisti; G.G.TASXO'JAYEV - Y.Oxunboboyev nomidagi tibbiyot kolleji oliy toifali o'qituvchisi.


ISBN 5-8243-5210-11

© «ILM ZIYO» MCHJ, 2003-y.

KIRISH

Terining yuqumli va tanosil kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga o'z vaqtida tashxis qo'yish va uni davolashni takomil-lashtirib borish sog'liqni saqlash tizimi va muassasalari davolash hamda profilaktik faoliyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunday ishlarni amaliyotga tadbiq etishda o'rta ma'lumotli tibbiyot hamshiralarining o'rni benihoya kattadir. Hamshiralar faqatgina shifokorga yordamchi bo'libgina qolmasdan, balki kasallikni. bir-lamchi aniqlash jarayonida hamda davolash muolajalarini bekami ko'st bajarishda ishtirok etishadi.

So'nggi yillarda butun dunyoda teri va tanosil kasalliklari ortib borayotganligi ko'pchilikni tashvishga solmoqda. Masalan, patogen zamburug'lar keltirib chiqaradigan (dermatomikozlar), parazitar (dermodikoz, qo'tir), jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar (zaxm, so'zak, OITS, xlamidioz, mikoplazmoz va boshq.) keskin ko'payib bormoqda. Vaqt esa ushbu kasalliklarning zamonaviy davo uslublarini yaratishni talab etayotir. Qoilanmada yuqorida ta'kidlangaii teri va tanosil kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, kHnikasi, davosi, profilaktikasi va laboratoriya diagnostikasi keng yoritilgan. Shu bilan birgalikda dermatologiya va venerologiya fanining qisqacha tarixini bilish va o'zlashtirish ahamiyatga moiik vazifa sanaladi.

Dermatovenerologiya (yun. derma — teri) — teri va tanosil ka­salliklari haqidagi fandir. Teri va tanosil kasalliklari qadimdan ma'lum. Masalan, yunon shifokori Gippokrat (eramizgacha bo'lgan 460—377-yillar) teri kasalliklarini ma'lum bir tizimga solib, qo'tir, moxov, alopetsiya, uchuq va boshqa dermatozlar haqida ma'lu-motlar bergan. Vatandoshimiz Abu AH ibn Sino o'zining «Tib qonunlari» asarida ekzema (gush), qichima va qo'tir kasalligining belgilari hamda davoiash usullarini yozib qoldirgan.

Dermatologiya fanining rivojlanishi XVI asm ing ikkinchi yarmida kimyo, biologiya fanlarida qilingan kashfiyotlar bilan uzviy bog'liqdir. Shifokorlar orasidan teri va tanosil kasalliklari bo'yicha mutaxassislar ajralib chiqdi. XVIII asrda teri-tanosil kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinikasini o'rganish avj oldi va ingliz, fransuz, nemis dermatologiya maktablari paydo bo'ldi.

Angliya dermatologiya maktabiga asos solgan olimlar Vilan (1757-1812) teri, Bateman (1778-1821) tanosil kasalliklarini o'rganishda morfologik yo'nalishni tanlashadi. Ular taklif etgan dermatozlar tasnifi toshmalar (dog', tugun, pufakcha va boshq.)-morfologiyasiga asoslangan.

Fransuz dermatologiya maktabining asoschisi Alibert (1766— 1837) teridagi toshmalar, dermatozlarning kelib chiqishi va kechishini organizmning umumiy o'zgarishi (ahvoli) bilan bog'liq deb hisob-lagan. U shifokorlar uchun qo'llanma, atlas yozgan va dermatoz, sifilid atamalarini birinchi bo'lib qo'lladi. Olim yaratgan maktab olamga bir qancha mashhur dermatologlar (Biett, Bazin, Devergia, Vidal, Besnier)ni yetkazib berdi.

Nemis dermatologiyasining asoschisi Hebra (1816—1880) teri kasalliklarining patogenezini o'rganishda Virchow (1821 — 1902) tomonidan yaratilgan patologoanatomik konsepsiyani qo'lladi. U kasbga oid dermatozlarda teridagi patologik o'zgarishlarni o'rgandi. Uning o'quvchisi Kaposi (1837—1902) esa pigmentli kseroderma, sarkoma, bolalarning varitselliform ekzemasi kabi dermatozlarni birinchi bo'lib ta'riflab berdi.

Rossiyada teri va tanosil kasalliklariga asos solgan olimlardan A.G.Polotebnev (1838-1907), A.I.Pospelov (1846-1919) o'z ilmiy izlanishlarida teridagi patologik o'zgarishlar ichki a'zo, asab tizimi xastaliklari, atrof-muhitning salbiy ta'siri oqibatida kelib chiqishini tushuntirishgan. A.G.Polotebnev tomonidan yaratilgan «Dermatologik tadqiqotlar» kitobi hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. A.G.Polotebnev rus dermatologiyasining otasi sanalsa, V.M.Tarnovskiy (1837—1906) rus venerologiyasining asos­chisi hisoblanadi. Olimning 1863-yilda «Ayol va bolalarda venerik kasalliklarni aniqlash» kitobi chop etildi. U zaxm bilan og'rigan bolalar va ayollarni davolash uchun Kalinkin kasalxonasida maxsus bo'lim ochdi hamda Peterburgda sifilidologiya va dermatologiya jamiyatini tuzdi.

Olimlardan T.P.Pavlov (1860-1932), S.T.Pavlov (1897-1971), P.V.Kojevnikov (1898-1969), N.S.Vedrov (1891-1949), L.H.Mashkilleyson (1898-1964), A.I.Kartamishev (1897-1973), . N.S.Smelov (1898—1975), Y.K.Skripkinvaboshqalar dermatologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shdilar.

O'zbekistonda ilk bor teri va tanosil kasalliklari kafedrasining ochilishi 1920-yili Turkiston universiteti tashkil etilishi bilan bog'liq. 1932-yilga kelib Toshkentda Teri va tanosil kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti ochildi. So'zak, zaxm, terming zamburug'li kasalliklari, vitiligo kabi kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi patogenezi, tashxisi, davosi, oldini olish masalalari o'rganildi. Teri kasalliklarida ichki a'zolarining zararlanishi, kasbga aloqador teri kasalliklari, dermatomikozlar qo'zg'atuvchilarining turini aniqlash bo'yicha ilmiy ishlar olib borildi. Respublikamizda bu sohada olim­lardan A.X.Abdullayev, X.N.Xidirov, T.T.Tojiboyev, K.S.Sulaymonov, M.M.Obidov, U.M.Mirahmedov, A.Sh.Voisov, X.K.Shodiyev, S.S.Arifov, K.A.Yo'ldoshev va A.B.Rahmatovlar ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar olib borishgan. Ularning teri va tanosil kasalliklarini keskin kamaytirishda xizmatlari kattadir.

O'quv qo'llanmada nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda kichik tibbiyot xodimi bajarishi lozim bo'lgan amaliy ishlar keng yoritilgan. Xususan, kasallikning klinik belgilarini yuzaga keltiradigan har xil yara-chaqa va toshmalarni davolashda ishlatiladigan dorivor moddalar (malhamlar, pasta, bo'yoqlar, kremlar va boshq.) ni qo'llash uslublari, teri va tanosil kasalliklarida hamshira bilishi shart bo'lgan etika va deontologiyaga batafsil to'xtab o'tildi. Qo'llanmada tibbiyot fanlari doktorlari, professorlar A.B.Rahmatov, Z.M.Obidova va K.A.Yo'ldoshevlar taqdim etgan suratlardan foydalanildi.





Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish