E. H. Eshboyev, Y. M. Fayziyev teri va tanosil kasalliklari



Download 421 Kb.
bet53/56
Sana22.03.2021
Hajmi421 Kb.
#61875
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
т ере ва таносил

96

7-53


97

8-amaliy mashg'ulot

ETIOLOGIYASI YETARLI ANIQLANMAGAN KASALLIKLAR

Etiologiyasi yetarli aniqlanmagan kasalliklarning klinik kechishi va toshmalarning xarakteri. Ularni boshqa dermatozlardan asosiy farqi

Psoriaz yoki tangachali temiratki — ko'p tarqalgan teri kasal-liklaridan biri. U multifaktorial tabiatga ega bo'lib, epidermisda hujayralarning giperproliferatsiyasi, keratinizatsiyasining buzili-shi, dermada esa yallig'lanish reaksiyasi va turli a'zo hamda tizimlarda patologik jarayonlar bilan kechadi. Psoriaz teri kasalliklari orasida 5—10 foizni tashkil qiladi. U, ayniqsa, keyingi yillarda bolalarda ko'p uchramoqda.

Etiologiyasi va patogenezi. Psoriazning vujudga kelishi va ri-vojlanishini tushuntiruvchi bir necha nazariyalar (virusologik, infeksion, allergik, nevrogen, irsiy, endokrin, moddalar alnia-shinuvining buzilishi va boshq.) mavjud.

Virusologik nazariya tarafdorlari psoriaz bilan og'rigan bemor-larning a'zo to'qimalarida elementar zarrachalar, o'ziga xos anti-telolar borligi; laboratoriya hayvonlariga (dengiz cho'chqachasi, oq sichqon va quyonlar) psoriatik o'choqdan olingan to'qima ekstrakti yuborilganda ular terisida granulematoz to'qimalar hosil bo'lishi, tovuq embrionining xorion allantoisida «kasallik qo'zg'a-tuvchisining» kultivatsiya qilinishini asosiy dalil qilib keltiradilar. Psoriazning kelib chiqishida ma'lum bir qo'zg'atuvchilar borligini isbotlovchi quyidagi dalillar mavjud: psoriatik jarayon faqat ma-halliy bo'lmay, lining umumiy xususiyatlarga ega bo'lishi, shu-ningdek, o'choqli infeksiyalar va kasallikning klinik kechishi (o'choqlarning markazidan periferiya tomon kengayishi, suyak va bo'g'imlarning revmatoidli poliartrit kabi shikastlanishi, kasallik­ning bexosdan harorat ko'tarilishi bilan boshlanishi) shular jum-lasidandir.

Irsiy nazariya tarafdorlari psoriaz avloddan-avlodga irsiy yo'l

98

bilan (masalan, ona tomonidan buvasi, tog'asi yoki ota tomonidan buvisi yoki ammasi) o'tadigan kasallik degan fikrdalar. Bunda pso-rjaz 20—37 % ota tomondagi avlodlarda uchraydi. Infeksion-aller-giknazariyaga muvofiq psoriaz pnevmoniya, tonzillit, gripp yoki boshqa surunkali infeksion kasalliklardan so'ng vujudga keladi.



Modda almashinuvining (asosan, uglevod, oqsil, yog') buzilishi tufayli epidermis muguz qavatining hosil bo'lish jarayoni va epi-dermopoezning normal ritm bilan ishlashida funksional o'zgarishlar sodir bo'ladi. Psoriaz bilan og'rigan bemorlar organizmida pro-stoglandin va poliaminlarning miqdori yuqoriligi, D3 vitaminining kamayganligi aniqlangan.

Endokrin о 'zgarishlar nazariyasi. Psoriaz endokrin bezlari fa-oliyatining o'zgarishi tufayli kelib chiqishi ko'p yillardan beri ma'lum, homilador ayollarda psoriazning klinik kechishi bunga misoldir. Homiladorlikning birinchi yarmi, abort, tug'ish va laktatsiyaning tugash davri psoriazni qo'zg'atib, og'ir kechishiga olib keladi. Psoriazning klinik kechishi homiladorlikning ikkinchi davrida birmuncha yengillashadi, hatto kasallik tuzalib ketishi ham mumkin. Boshqa endokrin bezlarda ham qator o'zgarishlar kuzatiladi. Psoriazning artropatik yoki eritrodermiyali turlarida buyrak usti bezi po'stloq qavati ishlab chiqaradigan glukokortikoidli gormonlar miqdori kamayadi.

Psoriaz kasalligining vujudga kelishida immun tizimining ham ahamiyati katta. Bemorlar epidermisining muguz qavatiga qarsht antitelolar topilishi, bazal hujayralar yadrosiga qarshi antitelolar ishlab chiqarilishi, IgA, IgG sinfiga mansub bo'lgan immuno-globuliniar miqdorining o'zgarishi, T — limfotsitlar umumiy miqdorining kamayishi, yangi toshmalarda T — xelperlar sonining ko'payishi bu dermatoz patogenezida immunologik o'zgarishlar muhim o'rin tutishidan dalolat beradi.



Klinikasi. Psoriazning klinik manzarasi ko'pincha aniq ifoda-langan bo'ladi: dumaloq shaklli, pushti rang dog'lar bo'lib, ular-ning usti kumush rang tangachalar bilan qoplanadi. M.S.Pilnov psoriatik toshmalarning pushti rangda bo'lishiga e'tibor bergan («Pilnov simptomi»). Asta-sekin toshmalar hajmi kattalashib, infiltratsiya kuchayadi, ular ustidagi tangachalar esa ko'payadi.

99

Toshmalarning bunday o'zgarishi natijasida tugunchalar va pilakchalar hosil bo'ladi. Psoriaz diagnostikasida o'ziga xos uch simptom (psoriatik triada) va Kyobner fenomeni yoki izomorf reaksiyasi xarakterli. Psoriatik triada papulani tirnash yo'li bilan yuzaga keladi, u uch fenomendan iborat: 1) oq-kumush tangachali kepaklanish (stearin yoki sham yog'i fenomeni), 2) tangachalar olib tashlangandan so'ng nam yaltiragan yuza hosil bo'lishi (terminal yoki psoriatik parda fenomeni), 3) tirnash davom ettirilsa qonli nuqtalar yuzaga kelishi (Auspitz yoki qonli shudring fenomeni) kuzatiladi, bu fenomenlar patogistologik o'zgarishlar (parakeratoz, akantoz, papillomatoz) natijasida kelib chiqadi.



Psoriaz bilan og'rigan bemor terisida mexanik, kimyoviy (tir­nash, pichoq yoki o'tkir buyumlar bilan terini kesib olish, nurla-nish, ishqalanish, kuyish) omillar tufayli toshmalar toshishi — izomorf reaksiya yoki Kyobner fenomeni deb ataladi. Birorta'sir dan so'ng 7—10 kun o'tgach, izomorf reaksiya hosil bo'ladi, lekin bu muddat qisqarishi (3 kun) yoki uzayishi ham (21 kun) mumkin. Bemorlarning ko'pchiligi teri qichishiga, ba'zilari esa terining qurib tortishishiga shikoyat qiladilar. Xastalikning klinik kechishida 3 davr tafovut qilinadi: zo'rayib boradigan (progressiv), statsionar, regressiv davrlar. Uning zo'rayib boradigan davrida yangi tugunchalar paydo bo'lib, badanning qichishib turishi, eski ele-mentlarining kengayishi va papulalar atrofida qizil gardish, ya'ni yallig'lanish gultojisi, Kyobner fenomeni va psoriatik triada paydo bo'lishi bilan belgilanadi. Statsionar davrda yangi toshmalar to­shishi, gultojli yallig'lanishning periferiyaga qarab o'sishi to'xtaydi. Regressiv davrda toshmalar yassilanib, rangi o'chadi, tangachalar hosil bo'lishi kamayadi yoki to'xtaydi, papulalar atrofida de-pigmentli gultoji paydo bo'ladi (Voronovning psevdoatrofiya gultojisi). Papulalar markazidan yoki periferik qismidan so'rila boshlaydi. Elementlar so'rilgandan so'ng ko'pincha depigmentli, ba'zan giperpigmentli dog'lar qoladi.Psoriaz turli omillar (iqlim, asabiy, endokrin buzilishlar va boshqalar) ta'sirida kuchayishi mumkin. Psoriazning meteorologik va iqlimga nisbatan yozgi (retsediv — yozda uchraydi), qishki (retsediv — qishda uchraydi) .,. va aralash xillari bor. Psoriazning qishki turi ko'proq uchraydi.

100



Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish