7 -amaliy mashg`ulot. Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo
vertikal bog’lanish (2 soat)
Mashg'ulotdan maqsad: Boshlang’ich sinf darslarida fanlararo vertikal bog’lanish orqali darslar tashkil qilish. Shuningdek, o'quvchilarda fanlararo vertikal aloqadorlikga doir tasavvur va tushunchalar hosil qilish orqali ularda qiziqish uygotishdan iborat.
Kerakli jihozlar: fanlararo aloqadorlikga oid tarqatma va didaktik materiallar.
Bilishi kerak bo’lgan manbalar:
- fanlararo aloqadorlikga oid bilimlarni;
fanlararo aloqadorlikga oid darslar tashkii qilishni.
Bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar:
fanlararo vertikal aloqadorlikga oid dars ishlanmalari tayyorlashi.
Ishni bajarish tartibi:
fanlararo vertikal aloqadorlikga oid adabiyotlardan ma'lumotlar yig'ish;
fanlararo vertikal aloqadorlik mazmunida darslar tashkil qilish haqida bilimlar berish;
fanlararo vertikal aloqadorlikga oid darslar tashkil qilish;
fanlararo vertikal aloqadorlikga oid dars ishlanmalari tayyorlashi;
bilimlarni nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Fanlararo aloqa turlari maxsus bilimlar yoki faktik, metodologik, mafkuraviy bo’lib, maxsus bilim sohasi hisoblangan integratsion o’qitishni asos qilib, unda fanlararo o’qitishda vertikal bog’lanishlar ko’zda tutiladi.
Vertikal bog‘lanish deganda, o‘quv fanlari mavzulari dastur va o‘quv rejasi asosida avvalgi sinflarda o‘zlashtirilgan bilimlardan foydalanish orqali sinflararo bog‘lanish tushuniladi. Jumladan, 3-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Ob-havo”, “Ob-havoning mahalliy belgilari”, “Tabiiy o‘simliklar”, “Madaniy o‘simliklar”, “Mevali daraxtlar”, “Hashorotlar”, “Qushlarning tabiatdagi ahamiyati”, “Uy hayvonlari”, “Tabiat va inson”, “Ekologik xavfsizlik” mavzularini, 2-sinf “Ona tili” darsligidagi “Gap va so‘z” mavzusining: 9-mashq, 15-mashq topshiriqlari bilan, yoki “Bosh harf bilan yoziladigan so‘zlar” mavzulariga oid: 17-mashq,18-mashq, 19-mashq topshiriqlarini, “Tovushlar va hariflar”ga oid: 37-mashq, 43-mashq, 44-mashqlari bilan, shuningdek ,”Shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlar” mavzularining: 151-mashq, 154-mashq, 158-mashq, 169-mashq, 175-mashq, 183-mashq, 184-mashq topshiriqlari bilan o‘zaro fanlararo bog‘lab o‘qitish, shuningdek, 4-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Kun va tun”, “Yil fasllari”, “Yer osti boyliklari”, “Suv havzalari”, “Tabiat zonalari”, “O‘zbekiston adirlari”, “O‘lkamiz tog‘lari tabiati”, “O‘rmonlari”, “O‘zbekistondagi tabiat boyliklari”, “O‘zbekiston qo‘riqxonalari”, “Vatanimiz xaritasi yonida” mavzularini, 3-sinf “Ona tili” darsligidagi “Gap” mavzusining: 105-mashq, 110-mashq, 113-mashq, 116-mashq, 117-mashq, 119-mashq topshiriqlari bilan, yoki “So‘z tarkibi” mavzusining: 142-mashq, 152-mashq, 176-mashq, 178-mashq, 183-mashq topshiriqlari bilan, shuningdek, “So‘z turkumlari” mavzusining: 210-mashq, 212-mashq, 227-mashq, 228-mashq, 234-mashq, 241-mashq, 244-mashq topshiriqlarini fanlararo vertikal bog‘lash asosida tushuntirish misol bo‘ladi. Bu kabi bog‘lanish turlari asosan, sinfdan tashqari (har xil to‘garaklarda, olimpiada, konferentsiya va boshqalar bo‘yicha ) o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ham o‘tkazish mumkin.
Quyida boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo vertikal bog‘lanishni yo‘lga qo‘yishga oid darslar ishlanmasi keltirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |