Yangi mavzuni o’rganish. Aziz o’quvchilar! Bugungi 3-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiat muhofazasi” mavzusini, 3-sinf “Tarbiya” darstligidagi “Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusi bilan o’zaro aloqadorlikda olib boramiz. Mazkur mavzuni o’rganishda “Klaster” metodi orqali sinf guruhlarga bo’linib har bir guruhga mavzuni yorituvchi muammoli savollar beriladi.
1- guruhga: Odamlar tabiatdan qanday maqsadlarda foydalanadilar?
2- guruhga: Yer osti va usti boyliklarini qanday tejash mumkin.
3- guruhga: Tabiat qanday yo’llar bilan muhofaza qilinadi?
4- guruhga: Yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan hayvon va o’simliklar qanday qo’riqlanadi?
5- guruhga: Bizning mamlakatimizda hayvon va o’simliklarni qo’riqlash qanday yo’lga qo’yilgan?
6- guruhga: Qo’riqxonalar haqida ma’lumot bering.
O’quvchilarning fikrlari tinglanadi va tahlil qilinadi. O’qituvchi qo’shimcha ma’lumotlar beradi.
Odamlarning tabiatga ta’siri ortib, tabiat boyliklarining, hayvon va o’simliklarning yo’qolib ketish hafi paydo bo’ladi. Shu sababli tabiatni muhofaza qilish chora tadbirlari ko’rilmoqda Masalan; yer usti va yer osti boyliklaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, o’rmon daraxtlarini terab kesish va o’rniga boshqasini ekish, hafini oldini olish maqsadida “Qizil kitobga” kiritish ishlari olib borilmoqda.
Biz mavzuni “Tarbiya” darsligi orqali o’rgangan edik. Hamma “Tarbiya”darsligidagi “Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusiga qaraydi. Mavzuda hayvonlarning ahamiyati ularning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Unda o’simlik va hayvonrlarni asrash uchun mamlakatimizda 9 ta qo’riqxona va 3 ta milliy va tabiiy bog’lar barpo etilgani aks etgan.
Darslikdagi har ikkala mavzular ham “Qizil kitob” haqida ma’lumotlar keltirilgan keling solishtirib ko’ramiz. “Tarbiya” darstligida “Qizil kitob” ning rasmi berilgan bo’lib, unga keltirilgan hayvonlarning nomlari kitob haqida qo’shimcha ma’lumotlar keltirilgan.
“Tabiatshunoslik” darsligida esa bu kitobga kiritilgan o’simlik va hayvonlarning ahamiyati va nima sababdan “Qizil kitob”ga kiritilganligi darslikda aniq bayon etilgan.
Demak, “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiyat muhofazasi” mavzusi “Tarbiya” darsligidagi “Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusiga mantiqan bog’liqligi mavzulararo misollarda tushuntirilib, tabiatdagi barcha narsalarning bir-biri bilan uzviy bog’liqligi, o’zaro aloqadorligi, shuningdek tabiatni asrash, uni muhofaza etish borasidagi ekologik bilimlar rivojlantirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |