Jadvaldagi ma’lumotlarni yangilash
Faraz qilaylik, id raqami 2 ga teng boʻlgan xodimning fish maydonini oʻzgartirish talab qilingan boʻlsin. Bu muammoni hal qilish uchun UPDATE koʻrsatmasidan foydalaniladi. Shuningdek kerakli xodimni tanlab olish sharti uchun WHERE xizmatchi soʻzi yordam beradi. Quyidagi kodga e’tibor bering:
import sqlite3
con = sqlite3.connect('Xodimlar_bulimi.db')
def sql_update(con):
cursorXod = con.cursor()
cursorXod.execute('UPDATE xodim SET fish = "Eshmayov Toshmat" where id = 2')
con.commit()
sql_update(con)
Bu kod MB hodim jadvalidagi ID maydoni 2 ga teng boʻlgan satrdagi fish maydonini “Eshmatov Toshmat” ga almashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |