Ma’lumotlar bazasini yaratish
Sqlite3 bilan bogʻlangandan so‘ng MB fayli agar u mavjud boʻlmasa, toʻgʻridan-toʻgʻri yaratiladi. Zarur boʻlsa, MB ni operativ hotorada ham yaratish mumkin. Buning uchun “:memory:” parametrini connect() metodiga uzatish lozim. Bunday bazalarni inmemori deb ham ataladi.
Quyidagi namunada yangi MB yaratish masalasi istisnoli vaziyatlarni tutib qolishga qaratilgan try except hamda finally bloklaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan.
import sqlite3
from sqlite3 import Error
def sql_connection():
try:
con = sqlite3.connect('talaba.db')
print("ma'lumotlar bazasi bilan bogʻlandi")
except Error:
print(Error)
finally:
con.close()
sql_connection()
Namunada dastlab sqlite3 moduli import qilindi, so‘ngra sql_connection funksiyasi yaratildi. Bu funksiya ichida try blogida connect() metodi MB bilan uchun bogʻlanish obyektini qaytaradi. Shundan soʻng istisnoli vaziyatlar blogi tashkil qilingan. Unda qandaydir hatolik sodir boʻlsa, bu haqidagi tegishli axborotni ekranga uzatish nazarda tutilgan. Agar hatolik bo‘lmasa, ekranga "ma'lumotlar bazasi yaratildi va u bilan bogʻlanildi" matni chiqariladi.
Kod oxirida finally blogida MB bilan bogʻlanish yopilgan. Bu amal majburiy bo‘lmasada, dasturchilik madaniyatidan dalolat beradi.
Jadval yaratish
Sqlite3 moduli yordamida yangi jadval yaratish uchun execute() metodidagi CREATE TABLE soʻrovnomasidan foydalanish mumkin. Buning uchun quyidagi amallari bajarish talab qilinadi:
1. bogʻlanish obyektini yaratish;
2. Cursor obyekti bogʻlanish obyektidan foydalangan holda yaratilmoqda:
3. Cursor obyektidan foydalangan holda execute metodiga parametr sifatidagi CREATE TABLE soʻrovnomasi bilan murojaat qilinadi.
Faraz qilaylik, xodim nomli jadvalni quyidagi maydonlar uchun tashkil qilish talab qilingan bo’lsin:
hodim (id, Fish, maosh, bu’lim, vazifasi, staj).
Bunga mos kodni quyidagicha yozish mumkin:
import sqlite3
from sqlite3 import Error
def sql_connection():
try:
con = sqlite3.connect('xodimlar_bulimi.db')
return con
except Error:
print(Error)
def sql_table(con):
cursorXod = con.cursor()
cursorXod.execute("CREATE TABLE hodim (id INTEGER PRIMARY KEY, fish TEXT, maosh REAL, bulim TEXT, vazifasi TEXT, staj INTEGER)")
con.commit()
con = sql_connection()
sql_table(con)
Yuqorida keltirilgan kodda ikkita amal aniqlangan: birinchisi bogʻlanishni o’rnatadi, ikkinchisi esa kursor obyektidan foydalanib create table soʻrovnomasini bajaradi.
Commit() metodi barcha oʻzgarishlarni saqlab qoʻyadi. Oxirida har ikki funksiyaga murojaat qilinmoqda.
Jadvalning mavjudligini tekshirish uchun sqlite3 ning MB brouzeridan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |