Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


-jadval  Hisob-kitob schyotlari bo`yicha xarajatlar



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana28.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#188285
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

4-jadval 

Hisob-kitob schyotlari bo`yicha xarajatlar

16



Hisob kitob schyoti 

Xarajatlar  

- 2610 - 

Chegirmalar 

- 2620 - 

Ma’muriy boshqaruv xarajatlari 

- 2630 - 

Boshqa xarajatlar 

- 2640 - 

Pulli xizmatlar xarajatlari 

- 2650 - 

Oshxona ishchilari ish haqi xarajatlari 

- 2660 - 

Ish xaqi va ajratmalar xarajatlari  

- 2900 - 

Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar 

- 2920 - 

Сhakana savdodagi tovarlar 

Savdo  korxonalarida  sotish  xarajatlarining  hisobi  9410  "Realizatsiya 

bo’yicha  xarajatlar"  schyotida  yuritiladi.  Bu  schyotda  do’kon,  kichik 

                                                           

16

 Muallif ishlanmasi. 




43 

shaxobchalarning,  shuningdek  tovarlarning  mayda  ulgurji  realizatsiya  qiluvchi 

bazalarning  barcha  xarajatlari  aks  ettiriladi.  Ulgurji  bazalarning  ixtisoslashgan 

omborxonalarida  va  mayda  ulgurji  savdo  tarzida  tovarlar  realizatsiyasi  bilan 

shug’ullanuvchi  sabzavotxonalar,  aholidan  mahsulotni  xarid  qilib  olish  punktlari 

va vositachi do’konlarning xarajatlari alohida moddalar bo’yicha hisobga olinadi.  

Savdo  faoliyati  xarajatlarining  analitik  hisobi  nomenklaturalar  bo’yicha 

yuritiladi.  Sotish  xarajatlarini  hisobga  olishda  xarajatlarni  bevosita  va  umumiy 

xarajatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bevosita xarajatlar deganda do’konning 

o’z ehtiyojlari yoki savda tashkiloti tomonidan muayyan bir do’kon uchun qilgan 

aniq  xarajatlari  tushuniladi.  Bu  chiqimlar  boshlang’ich  va  yig’ma  hujjatlar  orqali 

aniq  do’konning  analitik  hisob  registriga  o’tkaziladi.  Birlashma,  savdo  tashkiloti 

yoki  do’kon  tomonidan  bir  necha  do’kon  (filial,  bo’lim)larga  qilingan  xarajatlar 

umumiy xarajatlar hisoblanadi. Bu xarajatlar har oyda tanlangan bazaga mutanosib 

mahsus tuzilgan hisob-kitoblar asosida do’konlar o’rtasida taqsimlanadi. 

Umumiy  xarajatlar  do’konlar  bo’yicha  quyidagi  tartibda  taqsimlanadi  va 

hisobga olib boriladi. 

Temir yo’l, suv va havo orqali tashish xarajatlari har bir do’kon tomonidan 

olingan tovarlar brutto og’irligiga mutanosib taqsimlanishi kerak. 

Avtomobil  bilan  tashish  xarajatlari:  transport  ishiga  ishbay  to’lashda  - 

do’kon  tomonidan  olingan  tovarlar  brutto  og’irligiga  va  masofaga  mutanosib: 

soatbay  haq  to’lashda  -  har  bir  do’kon  uchun  sarflangan  xarajatlarga  mutanosib 

yoki  har  bir  do’konga  keltirilgan  tovarlarning  chakana  narxi  bo’yicha  qiymatiga 

asosan  taqsimlash  maqsadga  muvofiq  bo’lar  edi.  Bir  necha  do’konlarga  xizmat 

ko’rsatuvchi ishchilar va xizmatchilar (chilangarlar, texnik xodimlarning xarajati) 

xizmat  ko’rsatadigan  korxonalarga  sarflangan  xarajatlarga  mutanosib  ravishda 

taqsimlash kerak. 

Bino,  inshoat,  xona  va  inventarni  ijaraga  olish,  asosiy  vositalarni 

avtomatlashtirish  xarajatlari  agarda  bir  binoda  bir  qavatda  joylashgan  bir  necha 

do’kon  (bo’lim,  sho’’ba)  bo’lsa,  o’rtada  taqsimlanadi.  Taqsimlashda  asosiy 




44 

xizmatni ularning har biri egallagan maydon yoki ular foydalanadigan omborxona 

binosi hajmi rol o’ynaydi. 

Bir  binoda  bir  necha  do’kon  bo’lgan  hollarda  bino,  inshoat,  xona, 

inventarlarni saqlash xarajatlari hisob-kitob uchun qabul qilingan ko’rsatkichlarga 

ko’ra, do’koni isitish uchun egallangan maydonga mutanosib, suv va kanalizatsiya 

do’kon xodimlari soniga mutanosib ravishda taqsimlanishi kerak. 

Sanitariya  kiyimlarini  yuvish  va  tuzatish  qiymati,  kiyimlar  soni  (turlar 

bo’yicha)  va  korxona  hamda  tuzatish  ustaxonalari  schyotlarida  ko’rsatilgan 

baholarga mutanosib taqsimlanadi. 

Boshqa  tashkilotlarda  mollarni  saqlash  xarajatlari  do’konlar  o’rtasida 

saqlanayotgan  mollar  massasiga  mutanosib  ravishda  taqsimlanadi.  Oziq-ovqat 

tovarlarini  saqlash  xarajatlarini  taqsimlashda  saqlanayotgan  tovarning  chakana 

narxi  bo’yicha  qiymati  (agarda  bir  turdagi  tovar  saqlansa),  fizik  birliklari  soni 

(agarda  tovarlarning  bir  necha  guruhi  saqlansa)  ombordan  foydalanilayotgan 

sig’imga asosan taqsimlanadi. 

Qadoqlash  korxonalari  xizmati  uchun  to’lovlar  do’konlar  o’rtasida  olingan 

qadoqlangan  tovarlar  (yoki  ular  og’irligi)  birliklarining  soniga  va  schyotlarda 

ko’rsatilgan qadoqlash baholariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 

Sovuqxonalarni  saqlash  va  muzni  tashish  xarajatlari  har  bir  do’kon  olgan 

muz hajmi yoki og’irligiga mutanosib taqsimlanadi. Dezinfektsiya va deratizatsiya 

xarajatlari  ishlov  berilgan  savdo,  yordamchi  va  ombor  binolari  maydoniga 

mutanosib taqsimlanadi. Savdo reklamasi xarajatlari: reklama nashrlari miqdoriga 

mutanosib  taqsimlanadi.  Reklamaga  oid  boshqa  xarajatlar  esa  xaqiqiy  tovar 

aylanishiga qarab mutanosib ravishda taqsimlash maqsadga muvofiqdir. 

Bank kreditidan  foydalanganlik  foizlari  tovarlar va idishning o’rtacha oylik 

zaxiralariga  (non  sotuvchi  do’konlaridan  tashqari)  mutanosib  taqsimlanadi.  Non 

sotuvchi do’konlarda - tovar aylanishiga mutanosib taqsimlanadi. 

Idish  xarajatlari  asosan  bevosita  tegishli  tovarlar  guruhiga  olib  boriladi. 

Umumiy  xarajatlarni  savdo  korxonalari  o’rtasida  quyidagicha  taqsimlash 

maqsadga  muvofiqdir:  mahsulot  yetkazib  beruvchilarning  ko’p  oborotli  garovga 



45 

beriladigan idishning amortizatsiyasini olingan inventar idish miqdoriga mutanosib 

taqsimlanadi.  Bo’sh  idish  qaytarilgan  yoki  topshirilganda  tashish,  ortish  va 

tushurish  xarajatlari  -  qaytarilgan  idish  miqdoriga  mutanosib,  idishni  tuzatish 

xarajatlari olingan, tuzatilgan idish soniga mutanosib ravishda taqsimlash kerak. 

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xarajatlari (agarda, ular bir necha 

savdo  korxonalari  uchun  qilingan  bo’lsa)  do’konlar  o’rtasida  bir  oydagi  xodimlar 

o’rtacha ro’yxati soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 

Boshqa 

xarajatlarni 

taqsimlashda 

quyidagi 

taqsimlash 

bazasidan 

foydalaniladi: 

-  ijtimoiy  sug’urta  ajratmalari  do’konlar  o’rtasida  ish  haqi  summasiga 

mutanosib taqsimlanadi; 

-  kassa  xo’jaligini  yuritish  chiqimlari,  ekspertiza  tovarlarni  laboratoriyada 

tekshirish  xarajatlari,  savdodan  tushgan  pulni  inkassa  qilish  chiqimlari,  axborot-

hisoblash  xizmati  xarajatlari  xaqiqiy  tovar  aylanishiga  mutanosib  ravishda 

taqsimlanadi; 

-  gazeta  va  jurnallarga  obuna  bo’lish,  ma’lumotnoma  adabiyotlarini, 

narxnomalar,  kataloglar,  qo’llanmalar  va  boshqa  materiallarni  olish  xarajatlari, 

tegishli nashrlarning haqiqiy olingan miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 

Xarajatlarning  har  bir  turini  taqsimlash  uchun:  hisob-kitob  tuzilib,  uning 

grafiklaridan  birida  bazis  ko’rsatkichlar  keltirilib,  chiqimlarning  tegishli  turi 

shunga mutanosib taqsimlanadi. 


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish