Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


 Chakana savdoda tovar muomalalari auditini natijalarini umumlashtirish



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/34
Sana28.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#188285
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

 

3.2. Chakana savdoda tovar muomalalari auditini natijalarini umumlashtirish 

tartibi 

Chakana  savdo  bilan  shug’ullanuvchi  sub’ektlarning  faoliyati,  ularning 

moliyaviy  natijalari  bir  qancha  omillarga  bog’liq.  Shu  jumladan  sotish  bilan 

bog’liq xarajatlarga. Sotish xarajatlari qabul qilingan me’yoriy xujjatlarga asosan 

davr  xarajatlarini  tashkil  qiladi.  Sotish  xarajatlari  auditning  muhim  ob’ekti  bo’lib 

yakuniy moliyaviy natijalarga katta ta’sir qiladi.  

Chakana  savdo  korxonalaridagi  sub’ektlar  faoliyati  bir  qancha  xarajat 

moddalaridan iborat. Ushbu xarajatlar bozor munosabatlariga mos keladigan audit 

usullari orqali tekshirilishi mumkin. 

Iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish  sharoitida  mulkchilikning  turli  xil 

shakllari mavjud bo’lib, ular doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Mablag’lardan 

samarali  foydalanish  bir  qancha  omillarga  bog’liq  bo’lib  mulk  egalarini  doimiy 

ravishda  qiziqtirib  kelgan.  Yangi  sharoitlardagi  o’zgarishlar,  hisob  va  auditga 

qo’yilayotgan  talablarni  professor  H.N  Musaev  quyidagicha  ifodalaydi: 

"Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy islohotlar natijasida, 

audit  muammolarining  yangi  iqtisodiy  tizimi  vujudga  kelmoqda.  Ushbu  tizim 

boshqaruv,  hisob-kitob  va  nazoratga  ham  yangicha  talab  qo’ymoqda.  Ikkinchi 

toifalar  shaxs  hisoblangan  korxona  bosh  hisobchilarining  endilikda  huquqlari 

kengaygan. Turlari, faoliyat yo’nalishlari tubdan o’zgargan korxonalarda hisob va 



54 

nazoratning yangi ob’ektlari vujudga keldi.  

Bugungi  kunda  korxona  rahbarlari  va  auditorlar  oldida  shunday  savollar 

tug’ilmoqda: 

1.  Qanday  korxona  (shu  jumladan,  xorijiy  korxona)  bilan  shartnoma  tuzish 

kerak? 


2.  Sarmoyani qaysi faoliyatga va kimga sarflash kerak? 

3.  Qaysi faoliyatdan ko’p daromad olinadi? va x.k. 

Buning  uchun  korxona  rahbari,  bosh  hisobchi  auditor  o’z  mijozlari 

xususiyatlarini, hisob-kitob yuritish va nazorat qilish tartibini chuqur bilish lozim. 

Ushba  masalalar  savdo  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  korxonalarga  ham 

taalluqlidir.  Savdo  faoliyatining  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  xarajatlar 

auditi  ma’lum  tartibda  tashkil  etilishi  kerak.  Bugungi  kunda,  21-sonli  BHMSga 

ko’ra sotish xarajatlari quyidagi tarkibda hisobga olishni ko’zda tutilgan. 

9410 - «Realizatsiya bo’yicha xarajatlar»  

9420 – «Ma’muriy va boshqaruv xarajatlari» 

9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» 

9440  –  «Keyinchalik  soliq  solish  bazasidan  chiqariladigan  hisobot  davri 

xarajatlarining hisobvaraqlari (xarajatlarning turlari bo’yicha)» 

Xarajatlar  auditini  o’tkazishda  ushbu  schyotlarda  yuritilayotgan  xarajatlar 

tarkibiga alohida e’tibor beriladi, ularning "Mahsulot (ish, xizmat) sotish va ishlab 

chiqarish xarajatlari tarkibi to’g’risida va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi 

to’g’risidagi  Nizom"  ga  mos  kelishligi  tekshiriladi.  Ushbu  Nizomga  ko’ra  sotish 

bilan bog’liq xarajatlar quyidagicha guruhlangan: 

1.  Temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo va ot arava tovarlarni tashish 

xarajatlari.  Ushbu  moddaga  tovarlarni  tashish  jarayonida  transport  vositalarining 

bo’sh turib qolishi uchun to’langan summa, jarimalar ham kiritiladi.  

2.  Savdo tashkilotlarida sotish bilan bog’liq xarajatlar.  

3.  Bozorni o’rganish bo’yicha (marketing, reklama) xarajatlari. 

4.  Sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar belgilangan me’yor chegarasida va 

me’yordan ortiqchaligi tekshirilib ko’riladi. 



55 

Chakana  savdo  faoliyatining  sotish  xarajatlarini  audit  qilishda  bizningcha 

quyidagilarga e’tibor berilishi kerak: 

- xarajatlarning me’yoriy hujjatlarga mos ravishda shakllanganligiga; 

- sotish xarajatlari smetasining mavjudligiga; 

- transport xarajatlari va bank krediti foizlarining to’g’ri taqsimlanishiga; 

-  xarajatlarning  sodir  bo’lish  vaqtiga  qarab,  bo’linmalar  va  savdo 

shahobchalari bo’yicha hisobga olinishiga; 

- reklama, marketing xarajatlari, vakillik xarajatlariga alohida e’tibor berish; 

-  asosiy  vositalar  va nomoddiy  aktivlar  eskirishining  to’g’ri hisoblanishi  va 

hisobga olinishiga. 

Xarajatlar  nazorati  masalalari  mahsus  adabiyotlarda  keng  e’tirof  etilgan. 

Jumladan, A. Rizaqulovning fikricha xarajatlar nazoratini yaxshilash ularni: "Ichki 

xo’jalik bo’limlarida ishlab chiqarish xarajatlari zveno, bo’limlar bo’yicha hisobga 

olishni tekshiriladi".  

Sotish  xarajatlarini  bevosita  va  bilvosita  sotilgan  tovarlar  tannarxiga 

qo’shish va buxgalteriya hisobini yuritish qabul qilingan tartib qoidalarga muvofiq 

amalga oshirish kerak. 

Chakana savdo xarajati auditi jarayonida quyidagilar aniqlanadi:  

- tovarlarni sotish bilan bog’liq xarajatlarning "Biznes reja" ko’rsatkichlariga 

mos kelishini tekshirish; 

- transport va kredit foizlari xarajatlarini taqsimlashdan oldin joriy va o’tgan 

davr xarajatlari bunga to’g’riligini tekshirish; 

-  xarajatlarni  sotish  bo’linmalar  bo’yicha  alohida  hisobga  olinishini 

tekshirish; 

-  tovarlarni  saqlash, saralash,  tayyorlash  va  sotish  bilan bog’liq  xarajatlarni 

tekshirish; 

-  savdo  faoliyatidagi  davr  xarajatlarining  xaqiqiy  summasini  smeta 

qiymatiga mos kelishini tekshirish; 

-  xarajatlarning  joriy  hisob  va  moliyaviy  hisobotda  to’g’ri  aks  ettirilishini 

tekshirish. 



56 

Auditor  chakana  savdo  xarajatlarini  tekshirishda  quyidagi  xujjatlarga 

asoslanadi: 

- xarajatlar smetasi; 

- joriy hisob ma’lumotlari; 

- bank hujjatlari, hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha tuzilgan hujjatlar, avans 

hisobotlari, naryadlar, vedomostlar, talabnomalar, yuk xatlari, ishonchnomalar; 

-  tovarlar,  pul  mablag’lari  va  boshqa  turdagi  moddiy  boyliklarni  saqlashga 

mo’ljallangan xarajatlar bo’yicha tuzilgan hujjatlar; 

- tovarlar pul mablag’larini inventarizatsiya qilish bo’yicha hujjatlar; 

- boshqa hujjat turlari. 

Auditor  tekshirish  jarayonida  qonunbuzarlik,  mablag’larni  maqsadsiz 

sarflash,  suiste’mol  hollarga  olib  keluvchi  sabablarni  aniqlaydi.  Shu  bilan 

birgalikda, auditor mansabdor shaxslarning aybi bilan yetkazilgan zarar miqdorini 

aniqlaydi. 

Chakana  savdo  korxonalari  faoliyatida  mablag’lar  noto’g’ri  sarf  etilishi  va 

hujjatlashtirilishi mumkin. Ushbu kamchiliklarning kelib chiqish sabablari chuqur 

o’rganilib chiqiladi va ma’lum tavsiyalar beriladi.  

Audit  jarayonida  qilingan  xarajatlarning  samaradorligiga  alohida  e’tibor 

berilishi kerak. 

Audit  paytida  qonunchilikning  buzilish  hollari  aniqlangan  bo’lsa,  uning 

sabablari o’rganiladi, aybdorlarni moddiy, intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka 

tavsiya etiladi.  

Korxonalardagi  xarajatlarning  moliyaviy  hujjatlarning  to’g’riligiga,  uning 

rahbari va bosh hisobchisi javob beradi. Auditorning vazifasi o’tkazilgan tekshiruv 

asosida ushbu hujjatlarning xaqiqiyligiga xolisona xulosa berishdan iborat. 

Sotish  xarajatlarining  auditi  qabul  qilingan  auditorlik  qoidalariga  muvofiq 

o’tkaziladi. Ushbu qoidalarga asosan auditor moliyaviy xo’jalik ko’rsatkichlarining 

hujjatlarida  asosli  aks  ettirilganligi  yoki  noto’g’ri  ma’lumotlar  berilganligini 

aniqlashdan va bunga o’zining munosabatini bildirishdan iborat. 

Sotish  xarajatlari  auditida  moliyaviy  hisobot  ko’rsatkichlari  joriy 



57 

ma’lumotlar bilan solishtiriladi, korxonaning moliyaviy ahvoli barqarorligiga baho 

beriladi.  Audit  davridagi  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlari  moliyaviy  hisobot 

ko’rsatkichlariga  taqqoslab  tekshiriladi.  Moliyaviy  hisobotdagi  har  bir  xarajat 

turlari  (mahsulot  -  tovarlarning  tannarxi,  ma’muriy  va  boshqaruv  xarajatlari) 

maxsus audit usuli orqali tekshiriladi.  

Xarajatlardagi  o’zgarishlar  turli  sabablar  ta’sirida  sodir  bo’lgan  bo’lishi 

mumkin.  Auditor  ushbu  sabablarning  kelib  chiqishini  aniqlaydi.  Xarajatlarning 

auditini tashkil etish audit standartlari asosida o’tkazilishi kerak. 

Iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish  sharoitida  rivojlangan  mamlakatlarda 

auditorlarning kasb - etkasiga quyidagi shartlar belgilangan:  

1.  halollik, mutaxassisligini puxta bilish; 

2.  sifatli xizmat qilish va ishonchga sazovar bo’lish; 

3.  vijdoniylik, xolislik, ishga jiddiy munosabatda bo’lish; 

4.  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  shani  va  shuxratini  pasaytirmaslik, 

auditorlik firmasi manfaatini hurmat qilish. 

O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ham ushbu 

qoidalar  e’tiborga  olingan.  Auditor  savdo  korxonalari  xarajatlarini  tekshirishda 

ushbu tamoyillarga to’liq amal qilishi kerak.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  joyizki,  savdo  korxonalari  amaliyotida  sotish 

xarajatlari  auditga  yetarlicha  ahamiyat  berilmagan.  Buning  sababi  ushbu 

ko’rsatkich auditi uslubining ilmiy jihatdan yetarlicha  asoslanmaganligidir. Lekin 

savdo bilan shug’ullanuvchi xo’jalik sub’ektlarining sotish bilan bog’liq xarajatlari 

sanoqli o’rin egallaydi va yildan yilga oshib bormoqda.  

Chakana  savdo  bilan  shug’ullanuvchi  korxona  va  firmalarning  sotish 

xarajatlari  auditining  muhim  ob’ekti  sifatida  ma’lum  tartibda  va  ketma  -  ketlikda 

tekshirish kerak.  

Bunday  auditda  asosiy  manba  buxgalteriya  hisobi  hujjatlari  va  yozuvlari 

hisoblanadi.  

Auditor  sotish  xarajatlarini  tekshirishda  asosan  quyidagi  schyotlarning 

ma’lumotlaridan keng foydalanishi kerak; 



58 

Sotilishni ko’zda tutilgan. 

9410 - «Realizatsiya bo’yicha xarajatlar»  

9420 – «Ma’muriy va boshqaruv xarajatlari» 

9430 – «Boshqa operatsion xarajatlar» 

9440 – «Keyinchalik soliq solish bazasidan chiqariladigan hisobot» 

9120 - "Sotilgan tovarlar tannarxi" 

5110 - "Hisob-kitob schyoti"  

5010 - "Kassadagi pul mablag’larining hisobvaraqlari" 

5210 – «Chet el valyutasidagi pul mablag’larining hisobvaraqlari» schyotlari 

6810 – «Qiska muddatli kreditlar va qarzlarning hisob varaqlari» schyotlari 

9910  -  "Yakuniy  moliyaviy  natijani  hisobga  oluvchi  hisobvaraqlar"  va 

boshqa schyotlar 

Sotish  xarajatlari  har  oyning  oxirida  yakuniy  moliyaviy  natijalar  schyotiga 

o’tkazilib boriladi (ushbu schyotda qoldiq qolmaydi). Auditor sotish xarajatlarining 

ko’payishi  ma’lum  operatsiyalar  bo’yicha  tovar  va  bank  hujjatlari  bo’yicha, 

maxsus hisob-kitoblar bo’yicha tekshiradi. 

Xarajatlarning yakuniy moliyaviy natijalar schyotiga o’tkazilganligi maxsus 

hisob-kitob va buxgalteriya yozuvi orqali tekshiriladi. 

Auditor savdo korxonalarida tijorat bilan bog’liq xarajatlarga alohida e’tibor 

berishi  kerak.  Ushbu  xarajatlar  korxonaga  foyda  keltirishi  kerak.  Shu  sababli 

muhim  masalalardan  biri  savdo  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  xo’jalik 

sub’ektlarining moliyaviy natijalarini auditini tashkil etishdir. 

Shunday  qilib,  sotish  xarajatlari  auditni  tashkil  etish  sotish  bilan  bog’liq 

ayrim xarajatlarni taqsimlash tartibini ishlab chiqish va uning auditini tashkil etish, 

xarajatlarni asoslangan holda nazorat qilish imkonini beradi. 

O’zbekiston  Respublikasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  chet  el 

sarmoyalarini keng jalb etish, qo’shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlarini barpo 

etish,  xom  ashyo  va  fond  birjalari,  moliya  va  sarmoya  bozorlarini  rivojlantirish, 

xususiylashtirish jarayonini jadallashtirishga keng imkoniyatlar berilmoqda. Tashqi 

iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirish  import-eksport  hajmini  ko’payishiga  olib 



59 

kelmoqda.  Bunday  o’zgarishlar  savdo  bilan  shug’ullanuvchi  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlarga  ham  hos  bo’lib,  ushbu  sub’ektlarni  daromadlari  va  foydalari  tobora 

oshib bormoqda. Bu o’z navbatida moliyaviy natijalar uni auditini yanada dolzarb 

qilib  qo’ymoqda.  Moliyaviy  natijalarning  auditi  auditorlardan  katta  ma’suliyat 

talab  qiladi.  Shu  maqsadda  iqtisodchi  olim  E.Mo’ydinov  shunday  deb  fikr 

bildiradi:  "Hozirgi  sharoitda  korxonalar  auditorlik  firmalarini  asosan  o’zlarini 

himoyalash va bilib-bilmay qilgan xatoliklari mas’uliyatining bir qismini ularning 

zimmasiga yuklash uchun yollamoqdalar"

17

 



 

Ushbu  fikrga  ko’ra,  korxonalar  faoliyatidagi  xatoliklarning  bir  qismi 

auditorlar  zimmasiga  tushmoqda.  Bu  o’z  navbatida  auditorlik  riskini  to’g’ri 

belgilashni o’ta muhim qilib qo’yadi. Ushbu masala bo’yicha A.Azlarov quyidagi 

fikrni  bildiradi:  "Auditorlar  o’z  vazifalarini  amalga  oshirishni,  tekshirilayotgan 

firmalarning 

moliyaviy 

ahvoli 


to’g’risida  xulosa  chiqarish  maqsadida 

tekshirishlarni  xohlagan  vaqtlarida  olib  borishlari  mumkin.  Bu  holda  ular  ishni 

muvaffaqiyatli  yakunlash  uchun  zarur  deb  hisoblagan  barcha  hujjatlarni, 

shartnomalar,  bitimlar,  qaydnomalar,  hisobotlar,  mutanosiblik,  ya’ni  buxgalterlik 

hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishga haqlidir. Shuningdek, ularga 

balanslar hamda boshqa moliyaviy hisobotlarning ishonchli ekanligini o’z imzolari 

bilan tasdiqlash huquqi berilgan"

18



Iqtisodiyotda  mulkchilik  shakllarining  o’zgarishi,  mulkiy  huquq  va 

majburiyatlarning  kengayishi,  moliya  bozorining  rivojlanishi,  xalqaro  iqtisodiy 

aloqalarning  kengayishi,  investitsiyalash  siyosatining  kuchayishi  bugungi  kunda 

moliyaviy  nazoratning  muhim  shakli  bo’lgan  auditorlik  xizmatini  to’g’ri  yo’lga 

qo’yish  va  uning  huquqiy  asoslarini  yaratishni  muhim  vazifa  qilib  qo’yadi. 

Haqiqatdan  ham  korxonalar  faoliyatida  hisob  va  hisobot  yuritishning  huquqiy 

asosini ta’minlash, uning hisob qonunchiligiga qay darajada mos ekanligini tadqiq 

etish  va  yakun  berish,  mulk  egalarining  manfaatlarini  himoya  etish,  davlat 

qonunchiligi  ustuvorligini  ta’minlash  kabi  qator  masalalar  bugungi  kunda  sekin 

asta o’z yechimini topmoqda. 

                                                           

17

 «Moliyachi Jurnali» T., «TMI», 2017 yil, 25-b. 



18

 «Moliyachi Jurnali» T., «TMI», 2017 yil, 18-b. 




60 

Iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish  bosqichida  nazoratning  mazmuni, 

maqsadi  tubdan  o’zgardi.  Uning  turlari  va  o’tkazish  shakli  takomillashib 

bormoqda. 

Bugungi  kunda  nazoratning  muqobil  xizmat  shakli  ya’ni,  yuqoridan 

belgilanadigan nazorat shakli emas, balki manfaatli bo’lgan, huquqiy xizmat shakli 

bo’lgan  nazorat  kerak.  Bunday  vazifalarni  auditorlik  faoliyati  bilan 

shug’ullanuvchi yuridik shaxslar hisoblangan auditorlik tashkilotlari bajaradi. 

Hozirgi kunda auditorlik firmalari (tashkilotlari) bilan Davlat soliq idoralari 

o’rtasida  ma’lum  raqobatchilik  muhiti  vujudga  kelgan.  Soliq  idoralarining  qonun 

va me’yoriy hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalari auditorlik firmalari bilan 

manfaatlar  to’qnashuvi  sodir  bo’lmoqda.  Soliq  idoralari  davlat  nomidan  ish 

yurituvchi sifatida o’zlariga berilgan huquqlardan belgilangan holda korxonalardan 

soliqlarni  undirish  orqali  davlat  byudjetini  to’ldirdilar.  Shuningdek,  soliq 

noyiblarining  moddiy  manfaatdorligi  ham  ular  tomonidan  undirilgan  soliq 

to’lovlari ko’lami bilan boqlig’. Buning mazmuni shulardan iboratki qancha ko’p 

soliq  kamomadi  yoki  yashirib  qolishlar  topiladigan  bo’lsa  soliq  idoralari 

hodimlarining  manfaatdorlik  darajasi  ham  shuncha  oshib  boradi.  Natijada  ular 

hisob  ob’ektidagi  har  qanday  o’zgarishga  ham  shubha  bilan  qaraydilar.  Shu 

jihatdan  soliq  idoralari  hech  qachon  korxonaga  soliqlar  hisobi  yoki  to’lovi 

bo’yicha, xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi bo’yicha yoki bo’lmasa amaldagi 

imtiyozlar  bo’yicha  ularga  amaliy  yordam  ko’rsatishdan,  tegishli  me’yoriy 

hujjatlar  bilan  ta’minlashdan  manfaatdor  emaslar.  Shuningdek,  ularning  vaqt 

o’lchovi  yoki  biriktirilgan  xo’jalik  sub’ektlarning  ko’pligi  ham  bu  masalani  ular 

hohlagan holda ham yechish imkoni bermaydi. 

Auditorlik  firmalari  esa  ushbu  bo’shliqni  to’ldirish  vazifalarini  bajaruvchi 

sifatida  faoliyat  yuritadi.  Auditorlar  nafaqat  auditorlik  tekshiruvini  o’tkazibgina 

qolmasdan,  balki  soliqlar  yuzasidan  maslahatlar  berish,  soliq  hisob-kitoblarini 

tuzish, imtiyozlardan foydalanish bo’yicha maslahatlar beradilar. Bu esa auditorlik 

faoliyatining  rivojlanishiga  va  soliqlar  to’lovlarining  soliq  jazosidan  qutilishiga 

imkon beradi. 



61 

Moliyaviy  natijalarni  aniqlashda  to’lovlar,  daromadlar,  xarajatlarning  kelib 

chiqish  va  sodir  bo’lish  davri  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  masalalar  ayniqsa 

O’zbekiston  Respublikasining  "Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida"gi  Qonunning  13-

moddasida alohida belgilanib daromadlar va xarajatlarning to’langan vaqti va puli 

kelib  tushishidan  qat’iy  nazar,  qaysi  davrga  taaluqli  bo’lsa,  o’sha  davr  hisob 

qatoriga kiritilishi alohida qayd etilgan. 

Foyda  va  zararlarning  aniq  ifodasi  birinchi  navbatda  sotishdan  tushgan 

tushum  va  xarajatlarning  to’g’ri  hisoblanishiga  bevosita  bog’liq.  Shu  jihatdan 

moliyaviy natija auditi ko’p jihatdan kompleks o’rganuvchanlik va yondashuvlikni 

talab etadi. 

Yakuniy  natijaviylikka  chiqish  xarajatlarning  mahsulotlar  (tovarlar) 

tannarxiga to’g’ri olib borilganlikni hamda ularning yuzaga chiqish qatori bo’yicha 

to’g’ri  turkumlanmaganligini  taqozo  etadi.  Bu  o’z  navbatida  korxonaning 

moliyaviy  natijaviyligini  va  soliqlarni  vaqtida  to’lanishini  ta’minlaydi.  Bu  esa 

soliqlarni kamchiliklardan himoyalanishiga imkoniyat beradi.  

Korxona  faoliyatidagi  har  qanday  o’zgarishlar  ichki  nazoratga  olinadi,  yo’l 

qo’yilgan kamchilik vaqtida bartaraf etadi. Jumladan moliya bozorida aktivlarning 

foydalanishi,  investitsiyalash  siyosatining  to’g’riligi,  bo’sh  pul  mablag’larining 

to’g’ri joylashtirilishi korxona buxgalteriyasida ichki nazorat qilib boriladi. 

Asosiy faoliyatning natijaviyligi korxona faoliyatining asosini tashkil qiladi. 

Shuning  uchun  sotishdan  olingan  daromadlar,  foyda  doimiy  ravishda  nazoratga 

olinishi kerak, uzluksiz audit qilib turish kerak.   

Chakana savdo korxonalarining sotishdan olingan moliyaviy natijalar auditi 

quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: 

- xarajatlarning me’yorini, uning asosligini tekshirish; 

- xarajatlarni moddalari bo’yicha tekshirish; 

- daromad turlari va kelib chiqishini audit qilish; 

- foyda va zararlarning to’g’ri aniqlanganligini tekshirish; 

-  xarajatlar  va  daromadlar  hisobining  to’g’ri  yuritilganligi  korxona  hisob-

siyosatiga mosligini aniqlash; 



62 

-  korxonaning  yil  yakuni  bo’yicha  foydaning  (zararning)  to’g’ri 

aniqlanganligi va ishlatilishini tekshirish; 

- moliyaviy hisobning to’g’riligi va oshkoraligini aniqlash. 

Sotishdan  olingan  moliyaviy  natijalarni  aniqlashda  kelib  tushgan  tushum 

muhim  ahamiyatga  ega.  Ushbu  masala  iqtisodchi  olimlar  tomonidan  ham  e’tirof 

etilgan.  "Hisob  siyosatida  tushumni  aniqlashning  tanlangan  varianti  boshqa  hil 

sotishlarga  nisbatan  ham  qo’llaniladi.  Nazorat  qilishning  mazkur  ob’ektini 

tekshirish  jarayonida  auditor  mahsulotni  sotishdan  tushadigan  tushumni  aniqlash 

va  foydani  shakllantirishning  tanlangan  variantining  to’g’ri  ekanligini  tahlil  qilib 

chiqish kerak"

19

  



Bundan  tashqari  audit  o’tkazishda  savdo  faoliyatining  xususiyatidan  kelib 

chiqqan  holda,  tovarlarni  sarflanishini  aniqlashning  uzluksiz  usuli  va  uning 

qo’llanishi  zarur.  Savdo  korxonalarida  sotish  va  undan  olinadigan  moliyaviy 

natijalar ma’lum tartibda audit qilinadi. Bunda quyidagi schyotlardagi yozuvlardan 

foydalaniladi: 

Tovarlarni hisobga olishda № 2900-guruhdagi schyotlar, 

2910 - "Ombordagi tovarlar"; 

2920 - "Chakana savdodagi tovarlar"; 

2930 - "Ko’rgazmadagi tovarlar"; 

2940 - "Ijara buyumlari"; 

2950 - "Tovar osti idishlar va bo’sh idishlar"; 

2960 – « Komissiyaga topshirilgan tovarlar» 

2970 – «Yo’ldagi tovarlar» 

2980 – «Savdo ustamasi»  

2990 - "Boshqa tovarlar"; 

9020 - "Tovarlarni sotishdan olingan daromad"; 

9120 - "Sotilgan tovarlar tannarxi"; 

9400 - "Davr xarajatlari hisobvaraqlari schyotlari" 

                                                           

19

 Рогуленко Т. М.  Аудит: Учебник /. изд. с изм -М.:Экономист, 2006. - 388 с.



 

 



63 

9410 - "Realizatsiya bo’yicha xarajatlari" 

9910 - "Yakuniy moliyaviy natija" va boshqa schyotlardagi yozuvlar ushbu 

schyotlar  bo’yicha  analitik  hisob  ma’lumotlaridan  keng  foydalaniladi  9120  - 

"Sotilgan  tovarlar  tannarxi"  schyotida  aks  ettirilishi  kabi  masalalar  bo’yicha 

auditorlik  nazoratining  amalga  oshirilishi  o’z  ifodasini  topishi  kerak.  Tovarlarni 

sotishdan olingan daromadlarni nazorat qilishda soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, 

aktsiz  solig’i  va  boshqalar)  hisobining  yuritilishi,  savdo  faoliyati  bo’yicha  yalpi 

daromad solig’i masalasiga alohida e’tibor beriladi.  

Moliyaviy  natijalar  auditida  auditorning  bajaradigan  vazifalarini  belgilash 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Ushbu  masalada  professor  To’laxodjaeva  M. 

tomonidan batafsil ifodalangan. 

Auditor  korxonaning  foydasi  (daromadi)  va  moliyaviy  faoliyatini 

tekshirganda  tayyor  mahsulot,  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  ni  sotish  natijasida 

olingan  foyda  va  ko’rilgan  zararlarni,  davr  xarajatlarini,  ularning  asosligini 

tasdiqlangan  smetalarga  mosligini  va  moliviy  natijalarga  ta’sirini  tadqiq  etmoqi 

lozim. 

Shunday qilib, savdo faoliyati bo’yicha moliyaviy natijalar auditini yuqorida 

aytilgan tartibda tashkil etish, uning auditida tovarlarni sotish, debitor qarzlarni va 

moliyaviy  natijalarni  belgilangan  dastur,  ishchi  dasturlar  asosida  tashkil  etish 

buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish imkonini beradi. 

  


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish