2.3. Chakana savdoda tovar muomalalari hisobini takomillashtirish
Chakana savdo bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarda sotish bilan bog’liq
xarajatlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular odatda moliyaviy natijalar hisobidan
qoplanadi. Savdo faoliyatida ushbu xarajatlarning tarkibi uchun maxsus "Ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibi va mahsulot (ish xizmat)ni sotish va moliyaviy
natijalarni shakllantirish tarkibi to’g’risidagi Nizom" asosida belgilanadi.
Mazkur nizomda sotish xarajatlari quyidagi tarkibda ifodalangan:
- Temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo va ot aravada tovarlarni tashish
xarajatlari. Bu moddaga tashish, hamda transport vositalarining bo’sh turganligi
uchun to’langan jarimalar ham kiradi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarning sotish xarajatlari shu
jumladan:
mehnat haqi xarajatlari;
ijtimoiy sug’urta xarajatlari;
savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan bino, inshoat va xonalarni
ijarasi, saqlash va ta’mirlash xarajatlari;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
sanitar kiyim, oshxona jixozlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar,
oshxona idish va anjomlarning eskirishi;
gaz, yoqilg’i, elektroenergiya xarajatlari;
tovarlarga ishlov berish, navlarga ajratish va saqlash xarajatlari;
savdo reklamasi xarajatlari;
tovarlar, oziq-ovqatlarni tashish, saqlash va sotishdan norma bo’yicha va
normadan ortiqcha yo’qotishlar va boshqa savdo bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlardan.
42
Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga binoan, savdo korxonalarining
xarajatlari 9410 "Realizatsiya bo’yicha xarajatlari" schyotida hisobga olinadi.
Ushbu schyot quyidagi subschyotlarga ega:
9411 - "Saqlash va tashish xarajatlari";
9412 - "Reklama va sotishni rivojlantirish";
9413 - "O’rash, qayta saralash va idish xarajatlari";
9414 - "Mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlar";
9415 - "Mehnat haqi fondidan ajratmalar";
9419 - "Boshqa sotish xarajatlari".
Unda chakana baza va omborlar, sovuqxonalar, taqsimlash omborlari va shu
kabilarda tovarlarni keltirish, saqlash, qayta ishlash, navlarga ajratish, yuklab
jo’natish va chakana realizatsiya qilishga aloqador xarajatlar aks ettiriladi. Sotish
xarajatlarining analitik hisobi ulgurji va chakana savdo korxonalari uchun umumiy
bo’lgan moddalar nomenklaturasi bo’yicha yuritiladi. Savdo korxonalarning
xarajatlari ma’lum moddalari bo’yicha hisobga olib boriladi. Ularning tarkibi
xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. OATPO
«Toshkent-Univermagi» ning xarajatlari quyidagi asosiy moddalardan iborat. (4-
jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |