127
Bahouddin Naqshbandning otasi Sayyid Muhammad Buxoriy ibn
Sayyid Jaloliddin bo‘lib, kimxob to‘quvchi hunarmand bo‘lgan. Onasi
Bibi Orifa Xojai Xizr avlodidan bo‘lgan. Bahouddin Naqshband 1336-
yilning kuz faslida Buxoroda Xalil ota bilan uchrashib u kishiga murid
bo‘ladi va 12 yil u kishidan ta’lim va tarbiya oladi va xizmatida
bo‘ladi.
Bahouddin Naqshband yigirma to‘qqiz yoshidan Buxoroga
yaqin Revartun qishlog‘ida yashay boshlaydi va butun umrini
darveshlikka bag‘ishlaydi. 1347-yildan 1354-yilgacha Sayyid Mir
Kuloldan ilm oladi. 1354-yildan 1360-yilgacha
Orif Deggaroniy
xizmatida bo‘ladi va Qusam Shayxdan ilm olib, 1361-yildan o‘zi
mustaqil faoliyat yurita boshlaydi. 1370-yil Amir Kulol vafotidan
keyin Bahouddin Naqshband Naqshbandiya tariqatini tashkil etadi
1
.
Buxoroda tashkil topgan bu tariqat keyinchalik boshqa hududlarga
keng tarqaldi. Bahouddin Naqshband ikki bor hajga borgan va
ikkinchi
bor borganda hirotlik shayx, Amir Temurning ma’naviy
ustozlaridan biri Zayniddin Toyibodiy bilan uchrashadi.
Xojagon-Naqshbandiya ta’limoti asosida 11 tamoyil, ya’ni
qoida yotadi. Xojagon tariqatidagi sakkiz tamoyilga yana uch tamoyil
qo‘shib Bahouddin Naqshband insonlarni g‘aflatdan uyg‘otib, Haq
yo‘liga kiritishning yangi uslubini kashf etdi. Bahouddin Naqshband
insoniyat kamoloti uchun zarur deb hisoblagan va o‘zi kiritgan yangi
uch tamoyil quyidagilar: “Vuqufi zamoniy”- zamondan ogoh bo‘lish,
“Vuqufi adadiy” - adad, sondan ogoh bo‘lish, ya’ni zikr payti sanoqqa
rioya qilish (yoki ko‘plik orasida birni - kasrat ichida axadni- ko‘ra
olish), “vukufi qalbiy” - qalbdan ogoh bo‘lish, ya’ni inson qalbiga
tavajjuh qilib, yuzlanib, qalbi esa Allohdan keladigan fayzga intizor
bo‘lib, uni qabul etish va mushohada qilish. Bahouddin Naqshband
vaqt, son, qalb xaqidagi tasavvufiy ta’limotlarni boyitib,
ularning
yangi qirralarini kashf etdi va birinchi bo‘lib inson kamoloti uchun
asosiy amaliyot sifatida kiritdi.
Bahouddin Naqshband asos solgan Naqshbandiya ta’limoti
jahonshumul ahamiyatga ega. Bu ta’limotni Alouddin Attor,
Muhammad
Porso, Alouddin Fijdyvoniy, Ya’qyb Charxiy
takomillashtirdilar, Xoja Ahror Valiy uni jahonshumul ta’limotga
1
Наврўзова Г., Зоиров Э. Бухорои шарифнинг етти пири. –Тошкент: Muharrir nashriyoti,
2018. –Б.71
128
aylantirdi va bu tariqat naqshbandiya- mujaddidiya,
naqshbandiya-
xolidiya nomlari bilan keng tarqaldi
1
.
Xoja Alouddin Attor
– Bahouddin Naqshbandning sodiq muridi,
kuyovi va xalifasi. Buxoroda o‘ziga to‘q oilada tavallud topgan.
Ta’limni Buxoro madrasalaridan birida olgan. Bu shaxs Bahouddin
Naqshband hazratlarining suhbatlarini tashkil etish, so‘zlarini jamlash,
farmonlarini
bajarish,
sayyohatlarini
idora
etib,
muridlarni
boshqarishda yuksak qobiliyat sohibi edi. Bahouddin Naqshband
hayotlik vaqtlaridayoq barcha tolib va muridlarining ta’lim-tarbiyasini
Alouddin Attorga topshirganlar.
Alouddin Attor vafotidan oldin xalifasi (shogirdi) Ya’qub
Charxiyga yaqindagilarni suhbat bilan, uzoqdagilarni esa kitob
vositasida tarbiyalash lozimligini
vasiyat qilib topshiradi
2
.
Alouddin Attor Hasan Attor (o‘g‘li), Nizomiddin Xomush,
Ya’qub Charxiy, Xusomiddin Porso Balxiy, Mavlono Abu Said,
Abdulloh Imomiy Isfahoniy, Shayx Umar Moturudiy,
Mavlono
Ahmad Maska, Sayyid Sharif Jurjoniy kabi shogirdlarni etishtirganlar.
Bahouddin Naqshbandning ma’rifatga oid so‘zlari Muhammad
Porsoning “Risolai qudsiya” va Ya’qub Charxiyning “Risolai unsiya”
asarlarida saqlangan. Bahouddin Naqshbandning ma’rifatga oid
kalomlarining mohiyatini anglash ancha qiyin bo‘lganligi uchun
Muhammad Porso “Risolai kudsiya” asarida ularni sharxlagan.
Bahouddin Naqshbanddan nasriy va nazmiy ko‘rinishdagi o‘gitlar
saqlangan.
Yaqub
Charxiy
-
Naqshbandiya
so‘fiylik tariqatining
vakillaridan. G‘azna (Afgoniston)ning Charx qishlog‘ida tug‘ilgan.
Keyinchalik Badaxshonga, u erdan esa Buxoroga kelib, Baxouddin
Naqshbandning shogirdi Alouddin Attordan tariqat ta’limotini
o‘rganadi va o‘z davrining eng obro‘li shayxlaridan biriga aylanadi.
Xoja Muxammad Porso
Do'stlaringiz bilan baham: