Bank faoliyati indd


II darajali kapital tarkibi esa quyidagilardan iborat



Download 282,88 Kb.
bet28/81
Sana23.01.2022
Hajmi282,88 Kb.
#405729
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
bank faoliyati tahlili (2)

II darajali kapital tarkibi esa quyidagilardan iborat:


  1. joriy yildagi sof foyda;

  2. riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob- kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zaxira;

  3. hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miq- dorda aralash turdagi majburiyatlar I darajali kapitalga kiritilmagan aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi mumkin:

  • to‘liq to‘langan bo‘lishi kerak;

  • garov bilan ta’minlanmagan;

    • bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari talablari qondi- rilganidan so‘ng qondirilishi;

    • aksiya egasining tashabbusi bilan va oldindan olingan Markaziy bank ruxsatisiz to‘lanishi mumkin emas;

    • bankning har qanday zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyat- siz deb e’lon qilish huquqini bermasligi;

    • agar bank oxirgi 3 chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, emitent xo- hishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlarni to‘lash muddati kechiktirilishi mumkinligi;

    1. Subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik;

    • bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitor- lar talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;

    • boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.

Bank kapitalining bosh maqsadi – riskni kamaytirish, «himoya devori» sifatida zararlarni qoplab, bank to‘lovga qobilligini saqlash imkonini berish- dir. Shu bilan birga kapital bankni likvidlik muommasidan himoya qiladi va moliyaviy resurslar bozoriga kirish imkonini ta’minlaydi.

Zero, yirik kapital bankka barqaror obro‘, omonatchilar ishonchini beradi. Bank kapitali mijozlarning bankka ishonchini mustahkamlaydi va kreditor- larni uning moliyaviy kuchiga ishontiradi. Bank kapitali bankning har qanday holatda mijozlarning kreditga bo‘lgan talabini qondira olishiga ishontirish uchun yetarlicha katta bo‘lishi kerak.

Tijorat banklari kapital miqdori (Markaziy bank talabidan oshgan qismi) ularning o‘zi tomonidan mustaqil belgilansada, u ko‘p omillarga bog‘liq:

Birinchidan, bank uchun zarur bo‘lgan kapital miqdori uning mijozlari xususiyatlariga bog‘liq. Ya’ni mijozlar ichida yirik kreditga muhtoj korxona- lar ko‘p bo‘lishi bank kapitali miqdorining ko‘p bo‘lishini talab qiladi.

Ikkinchidan, tijorat banki kapitali miqdori uning aktiv operatsiyalariga bog‘liq. Bank operatsiyalari ko‘proq yuqori tavakkalchilik operatsiyalariga bog‘liq bo‘lsa, u holda bankning kapitali ham ko‘p bo‘lishi kerak.

Uchinchidan, bank kapitali miqdori Markaziy bank yuritayotgan pul- kredit siyosati va kredit resurslari bozori rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Bank kapitali bankning uzoq vaqt samarali va barqaror faoliyat ko‘r- satishining asosiy omili hisoblanadi. Chunki:

Birinchidan, bank kapitali «Qora kun» uchun asosiy resurs hisoblanadi, bank joriy yo‘qotishlarni kapital hisobidan qoplash yo‘li bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, bankni bankrotlikdan saqlab qolishi mumkin.

Ikkinchidan, bank kapital bank o‘z faoliyatini keng qamrovli olib borib mablag‘larni jalb qilish, resurs bazasini tashkil qilguncha uning faoliyatini asosiy manbasi hisoblanadi.

Uchinchidan, bank kapitali bank faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, bankning obro‘sini oshirib, mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini mustah- kamlaydi.

To‘rtinchidan, kapital bankning tashkiliy jihatdan o‘sishiga, yangi xiz- matlar ko‘rsatishga imkon beruvchi manba shaklida namoyon bo‘ladi.

Bank kapitali bankning uzoq muddatdagi kelajagini, hayotiyligini va o‘sishini bir maromga keltirib turuvchi regulyator hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, bank kapitali – bu bank tijorat faoliyatining asosi bo‘lib, uning mustaqilligini ta’minlaydi va moliyaviy barqarorligini kafolat- laydi hamda bank risklarining salbiy oqibatlarini yengillashtiradi.

Bank kapitali bank balansining passivida joylashgan bo‘lib, bank bankrot holatiga tushganda da’volarni qoplashning muhim qoplash (zaxira) fondi hamda bank operatsiyalarini rivojlanishi uchun moliyalashtirish manbasi bo‘lib hisoblanadi.

Bank barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarli qo‘yilmalarni sug‘urtalash hamda aktiv va passiv operatsiyalar orasidagi chegaralarni aniqlashda bank kapitali muhim asos hisoblanadi.

Bank kapitali likvidlikning kafolatlangan manbasi bo‘lib, u maksimal jalb qilish mumkin bo‘lgan resurslarni aniqlaydi va kredit operatsiyalarini bajarishda maksimum qo‘yish mumkin bo‘lgan xatarni belgilaydi.





    1. Download 282,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish