B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

 
 
 
 
 
11.10-rasm. O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish 
davrida ijtimoiy siyosat ustuvorliklari 
O'zbekistonda mehnat sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari 
sifatida quyidagilar belgilab olindi: 
Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida 
ijtimoiy siyosat ustuvorliklari 
Ijtimoiy siyosat strategiyasi
Kutilayotgan samara 
Iqtisodiy faoliyat
erkinligi 
Aholi mehnat faolligini 
oshirish
Manzili ijtimoiy himoya 
Aholi farovonligini
oshirish 
Oila farovonligini 
ta‘minlash 
Aholining nochor 
toifalarini muhofaza qilish 


147 
• mehnat qonunchiligini takomillashtirish, mehnat va unga haq to'lash sohasida 
davlat kafolatlari, imtiyozlari va kompensa-tsiyalarini kengaytirish; 
• mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligi davlat siyosatini ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 
• yuqori samarali mehnat motivatsiyasi va rag'batini kuchaytirishga qaratilgan 
iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish; 
• xodimlar mehnatiga, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, ish haqi to'lash tizimini 
tartibga solish; 
• mehnat, moddiy, texnikaviy va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida 
mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini 
ishlab chiqish; 
• aholi soni o'sishining prognozlari, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni 
hisobga olgan holda jamiyatning mehnat salohiyatini shakllantirish. 
1992 yilda qabul qilingan ―Aholining bandligi to'g'risida‖gi qonun, 1996 yilda 
kuchga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi mehnat 
sohasidagi quyidagi muhim muammolarni hal etishni ta'minladi: 
• davlatning aholining ish bilan to'la bandligini ta'minlash bo'yicha majburiyatini 
bozor iqtisodiyotining talab va taklif qoidasi asosiga qo'ydi; 
• ish bilan bandlik xizmatlarini tashkil etishning va ular amal etishining huquqiy 
asoslarini yaratdi; 
• ishsizlik bo'yicha nafaqalar to'lashni moliyalashtirish uchun ish bilan bandlik 
jamg'armasi tashkil etildi. 
Ish bilan bandlik muammosi, ayniqsa, respublikaning qishloq joylarida 
nihoyatda keskin edi. Shuning uchun mamlakatda fuqarolar tomorqalarini 
kengaytirish to'g'risida maxsus qaror qabul qilindi. Bu qishloq aholisining natural 
daromad yangi manbalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan birgalikda ijtimoiy 
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning mashaqqatli oqibatlarini birmuncha 
yumshatdi. Shaxsiy tomorqa xo'jaliklari uchun 500,0 ming gektardan ko'proq yer 
ajratildi. Natijada qishloq aholisining tomorqa xo'jaliklaridagi yer maydonlari 2,5 
baravarga kengaydi. Shaxsiy tomorqalarni kengaytirish hisobidan 600 ming 
qishloq aholisi mehnat faoliyatiga jalb qilindi.
O'zbekistonda davlat tomonidan ish bilan bandlikni tartibga solishning 
dastlabki bosqichida (1991-1999 yillar) davlat milliy va mintaqaviy darajada 
mehnat bozorini tartibga solishning ma'muriy shakllarini qo'llashiga to'g'ri keldi. 
Ushbu davrda mehnat xizmatiga talabni uning taklifiga mutanosiblashtirish uchun 
qator ishlab chiqarishlarda to'liqsiz ish haftasi va to'liqsiz ish kuni tartibi joriy 
etildi. Korxonalarda ish bilan bandlik darajasini saqlab turishga intilishlar ko'p 
hollarda katta va tobora ortib borayotgan moliyaviy taqchillikni keltirib chiqardi. 
Hamma uchun yagona bo'lgan qat'i byudjet cheklovlarini joriy etish va to'lovga 


148 
qodir bo'lmagan korxonalarni bankrot deb e'lon qilish xodimlarni ommaviy ishdan 
bo'shatishga olib kelardi. Bu bosqichda xususiy sektor nisbatan tez rivojlanayotgan 
bo'lsa ham, dastavval u ish bilan bandlikni zarur darajada ta'minlash uchun qodir 
emasdi.
Davlat tomonidan ish bilan bandlikni tartibga solishning keyingi bosqichida 
(2000 yildan boshlab) mamlakat makroiqtisodiy vaziyatida ro'y bergan ijobiy 
o'zgarishlar mehnat bozoriga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O'zbekistonda mehnat resurslari 
muttasil ortib borayotganligi hisobga olingan holda yangi ish o'rinlari yaratishning 
izchil tizimi yaratildi. Yangi ish o'rinlari investitsiya dasturlari, mahalliylashtirish 
dasturlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash 
tarmoq dasturlari, vaqtincha ishlamayotgan korxonalarni, shu jumladan tijorat 
banklari balansiga berilgan korxonalarni tiklash, kichik korxonalar va 
mikrofirmalar tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirish, kasanachilikni, 
birinchi navbatda, sanoat korxonalari bilan mehnat shartnomasi bo'yicha 
kooperatsiyalashishga asoslangan kasanachilikni hamda hunarmandchilik va 
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fermer va dehqon xo'jaliklarini, ayniqsa, 
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka, shuningdek, meva-sabzavot va boshqa 
turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan 
tuzilmalarni tashkil etish va rivojlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirishni kengayti-rish 
hisobiga yaratilmoqda. Bu hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga taxminan 1 millionta 
yangi ish joylari yaratish imkonini bermoqda. 
Davlatning aholini ish bilan ta'minlashni tartibga solishda quyidagi 
usullardan foydalanmoqda:
1. Huquqiy-qonunchilik usullari (mehnat shartnomalari tuzish, ish vaqti, ish 
vaqtidan qo'shimcha vaqt ish davomiyligini tartibga solish, ish bilan bandlik davlat 
jamg'armalariga majburiy to'lovlarni joriy etish, aholining nochor qismi uchun 
kafolatli ish joylari sonini kvotalash va hokazolar).
2. Tashkiliy usullar (ish bilan bandlik va aholini ish bilan ta'minlash xizmatlari, 
mehnat bozoriga xizmat ko'rsatuvchi axborot tizimlarini, kasbga yo'naltirish hamda 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish). 
3. Iqtisodiy usullar ( byudjet siyosatida yangi ish o'rinlari yaratishni rag'batlantirish 
uchun ish beruvchilar, ayniqsa, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish, soliq 
yukini kamaytirish, ishga muhtoj aholini mehnat bozorida raqobatbardosh 
kasblarga o'rgatish va hokazolarni ustuvor yo'nalish sifatida belgilash). 
O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida 
aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalda kompensatsiya funktsiyasini 
bajardi. Bunda asosiy e'tibor oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarining 
iste'mol darajasini kamaytirmaslik, ularni kafolatli ravishda xarid qilish 


149 
imkoniyatlarini yaratish, ichki bozor barqarorligini, aholi daromadlari bilan narx-
navolar darajasidagi tafovutni bosqichma-bosqich mutanosiblashtirishga qaratildi. 
Ijtimoiy himoya butun tizimida bozor iqtisodyotiga o'tish sharoitlarida eng 
nochor ahvolga tushib qolgan aholi toifalari – nogironlar, pensionerlar, ko'p bolali 
va kam ta'minlangan oilalarga samarali yordam ko'rsatish ustuvor yo'nalishga 
aylandi. Shu maqsadda aholining ushbu toifalari uchun hayotiy zarur mahsulot va 
tovarlarni xarid qilish, kommunal va transport xizmatlarini to'lashda qo'shimcha 
imtiyozlar berildi. Ayni paytda, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori sezilarli 
darajada oshirildi. Narx-navolar ortishi munosabati bilan ish haqi darajasini 
muntazam qayta ko'rib chiqish ham aholini ijtimoiy himoya qilish choralaridan biri 
bo'ldi. 1991 yildan boshlab ish haqini oshirish bo'yicha yettita hujjat qabul qilindi. 
Ushbu maqsadlar uchun 500,0 mlrd. so'mdan ko'proq mablag' sarflandi. 
1993 yil yanvaridan boshlab mamlakatda barcha xodimlar uchun Yagona tarif 
setkasi joriy etildi. Ushbu tadbir mehnatga haq to'lash butun tizimini tartibga solish 
bilan bir qatorda turli kasb va hunarga ega xodimlar ish haqining ob'ektiv nisbatini 
o'rnatish, ish haqi miqdorini eng kam ish haqi miqdori bilan qat'i bog'lab qo'yish 
maqsadlariga xizmat qildi. Yagona tarif setkasining joriy etilishi aholiga ijtimoiy 
kafolatlarni mustahkamlash, eng avvalo, kafolatli ish haqi darajasini belgilashga 
xizmat qildi. Davlat byudjetidagi kamomadga qaramasdan ijtimoiy sohaning eng 
muhim tarmoqlari – sog'liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya, madaniyat va 
boshqalarning moddiy bazasini mustahkamlash choralari ko'rildi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish