11.9-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “o'zbek modeli”
―O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi
turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo'yicha erishilgan yutuqlar yetakchi
xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilib,
xolisona baholanmoqda‖ .
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, ya'ni uning siyosatdan ustun bo'lishini
ta'minlash. Bu, aslo, siyosatning ikkinchi darajali ekanligini anglatmaydi.
Iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida amal etmaydi. Ular uzviy bog'liq, bir
yaxlitlikning ikki tomonidir. Ushbu o'zaro bog'liqlikda iqtisodiyotga yagona
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “O‟zbek modeli”
Iqtisodi
yot
ning m
afkur
adan
xoliligi
Davlat
-bos
h isloh
otchi
Qonun
ust
uvor
lig
ini t
a‘
min
lash
Kuchli ijti
moiy si
yosat
Islohotl
arni
bosqic
hma
-bosqich
va izchil oli
b boris
h
143
tizimning birlamchi bo'g'ini sifatida ustunlik beriladi. Davlatning iqtisodiy siyosati
iqtisodiyot barqaror yuqori sur'atlarda o'sishini ta'minlashi, uning rivojlanish
strategiyasini belgilab berishi kerak. Iqtisodiyot va siyosat yaxlitlikda asosiy
ijtimoiy maqsad – aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyalanganligi
darajasini oshirib borishga da'vat etilgan.
2. Davlat – bosh islohotchi. Markazlashgan, ma'muriy-buyruqbozlik
tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tish ziddiyatli va muammoli jarayondir. Bu esa
kuchli davlat boshqaruvini talab etadi. O'tish iqtisodiyoti sharoitlarida islohotlar
tashabbuskori davlat bo'ladi, milliy iqtisodni rivojlantirishning ustuvor yo'nalish-
larini ishlab chiqaradi, mamlakat ijtimoiy hayotida tub o'zgartirishlarni amalga
oshiradi.
3. Qonun ustuvorligini ta'minlash. Keng ko'lamli tub islohotlarga kirishib,
ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyot shakllantirilar ekan, eng avvalo, bu
yangilanishlarning huquqiy asosi yaratilishi kerak. Ayni paytda, barcha sohalarda
qonunga qat'i rioya etilishi, uning ustuvorligi ta'minlanishi lozim. Faqat huquqiy
demokratik davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirishda salmoqli natijalarga
erishilishi mumkin.
4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. O'zbekiston o'ziga xos
demografik xususiyatga ega. Sobiq tuzumdan aholi, ayniqsa, qishloq joylarida
istiqomat qiladigan fuqarolar katta qismining nochorligi, murakkab ijtimoiy
muammolar meros bo'lib qolgan. Shu bilan birga avvalgi ittifoq tasarrufida bo'lgan
yirik korxonalarning bankrotlikka uchrashi, xo'jalik aloqalarining uzilishi
mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlash muammosini nihoyatda
keskinlashtirib
yubordi.
Ayni
paytda,
mamlakatning
jahon
xo'jaligiga
integratsiyalashishi ichki bozorlardagi narx-navoni dunyo bozorlaridagiga
mutanosiblash-tirishni talab etardi. Talab va taklifga asoslangan narx-navo bozor
mexanizmlarining joriy etilishi aholi, ayniqsa, uning kam ta'minlangan qismini
moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun kuchli va ta'sirchan ijtimoiy himoya
mexanizmlari yaratish zaruratini kuchaytiradi. Faqat shunday sharoitlardagina
jamiyatda barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlab turish va tub bozor
islohotlarini amalga oshirish mumkin.
5. Islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish. Ayrim
mamlakatlarda bo'lganidek, O'zbekistonda bozor munosabatlariga ―falaj qilib
davolash‖ orqali o'tishning iloji yo'q edi. Shoshqaloqlik bilan qisqa muddatda
bozor mexanizmlarini joriy etish to'planib qolgan nihoyatda murakkab ijtimoiy
muammolarni keskinlashtirishi, aholini yanada qashshoqlashtirib yuborishi
mumkin edi. O'zbekistonda islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga
oshirish, shuningdek, tegishli huquqiy asoslar, bozor infratuzilmalarini yaratish,
mulkchilik, qishloq xo'jaligida chuqur o'zgartirishlar qilish, keskin raqobat
144
muhitida samarali faoliyat olib borishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash,
kishilarda yangi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning bozor sharoitlariga
moslashishi uchun muayyan vaqt talab etilishi bilan ham izohlanardi.
Markazlashgan-rejali, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot va bozor
iqtisodiyoti – mutlaqo o'zgacha, bir-biriga aslo mos kelmaydigan xo'jalik
tizimlaridir.
Shu
sababli
markazlashgan-rejali
iqtisodiyotdan
bozor
munosabatlariga o'tish mavjud xo'jalik mexanizmlarini modernizatsiya qilish yoki
takomillashtirishni emas, balki hayot sinovida o'zining raqobatbardosh emasligini
ko'rsatgan bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi, sifat jihatdan tubdan yangi tizimga
o'tishni talab etardi.
O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
muammolari sobiq tuzumdan meros bo'lib qolgan quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy
ziddiyatlar bilan izohlanardi:
• murakkab demografik vaziyat, aholining, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining
turmush darajasi pastligi;
• iqtisodiyotning asosan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish
va eksport qilishga yo'naltirilganligi;
• iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish darajasiga,
demak-ki ob-havo omillariga qaramligi;
• iqtisodiyotning respublikaga yonilg'i-energetika resurslari, asosiy oziq-ovqat
mahsulotlari – don, go'sht-sut, kartoshka, shakar va hokazolarning chetdan
keltirishlariga qaramligi;
• ishlab chiqarish umumiy hajmida tayyor pirovard mahsulot salmog'ining pastligi;
• ishlab chiqarishning texnologik darajasi pastligi;
• ishlab chiqarishdagi eskirib qolgan mashina-uskunalardan foydalanilishi
oqibatida ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'la olmaydigan mahsulot ishlab
chiqarilishi;
• bozor infratuzilmalarining shakllanmaganligi, aholining yangi sharoitlarda
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun zarur iqtisodiy-xuquqiy tayyorgalikka ega
emasligi;
• ayrim mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashganligi.
O'zbekistonda
davlat
mustaqilligiga
erishganidan
so'ng
ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tish juda noqulay sharoitlarda boshlandi. Bu
davrda boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalardan farqli ravishda O'zbekiston tub
iqtisodiy islohotlarni aholining turmush darajasi ko'rsatkichlari eng past bo'lgan
holatda o'tkazishga majbur bo'ldi.
Respublika aholi jon boshiga real daromadlar, o'rtacha ish haqi va pensiyalar
miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari, pulli xizmatlar,
145
turarjoy maydoni, ijtimoiy-madaniy muassasalar tarmoqlari bilan ta'minlanish
darajasi bo'yicha Sobiq ittifoqda oxirgi o'rinlarni egallardi.
Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov davlat
mustaqilligiga erishilmasdan ilgariroq shunday deb ta'kidlagan: ―Iqtisodiyotimiz
bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo yetishtiradigan holga tushib qolganini va
kompleks rivojlanish yo'liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o'tkazilmaganini qayd
etishga to'g'ri keladi. Sanoatda tayyor mahsulot ulushi bor-yo'g'i 50 foizni tashkil
etadi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80 foizdan ko'prog'i mutlaqo qayta
ishlanmasdan respublika tashqarisiga chiqarilmoqda.
Respublikadan olib ketilayotgan mahsulotning uchdan ikki qismi xomashyo,
materiallar va chala mahsulotlar ekanligining o'zi ijtimoiy ishlab chiqarish
tuzilishining chuqur nomutanosibliklaridan darak beradi‖ .
Sobiq tuzum O'zbekistonni o'zining xomashyo bazasiga aylantirgan,
xususan, paxta yetishtirishga ixtisoslashtirgan edi. Ammo paxta yetishtirish uchun
mehnat sarfining 86,0 %i respublika hissasiga to'g'ri kelgan holda uni qayta
ishlashdan olinadigan daromadning atigi 16,0 %i O'zbekistonga tegardi.
Buning oqibatida sobiq ittifoqda oyiga 75 rubldan kamroq daromad oladigan
aholining ulushi 12,0 %ni tashkil etgani holda respublikada bu ko'rsatkich qariyb
to'rt baravar ko'p – 45,0 %ga yoki 8,8 million nafarga yetgandi. O'zbekiston aholisi
o'rta hisobda go'sht, sut va ular mahsulotlari, tuxumni Sobiq ittifoqdagi o'rtacha
ko'rsatkichdan ikki baravar kam iste'mol qilar edi. Buning ustiga bu yerdagi 1,0
million nafarga yaqin mehnatga layoqatli aholi ijtimoiy ishlab chiqarishda o'zi
qodir bo'lgan ishni topa olmasdi .
Respublika aholisi ko'pchilik qismining turmush darajasi kambag'allik
darajasidan past edi. Buning ustiga aholining demografik tarkibida boqimandalar
ulushi juda salmoqli edi. Xususan, mamlakat aholisining to'rtdan uch qismi o'z
tirikchiligini mustaqil o'tkazishga qodir bo'lmasdan, davlat tomonidan moddiy
qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj sezardi. Ana shunday sharoitlarda aholiga kuchli
ijtimoiy kafolatlar bermasdan turib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga
oshirishning imkoniyati yo'q edi. Shu bilan birga avvalgi tuzumdan meros bo'lib
qolgan taqsimlash munosabatlariga, odamlardagi boqimandalik kayfiyatiga barham
berish talab etilardi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirayotgan davlat o'tish
davrida o'z ijtimoiy siyosatida quyidagilarga alohida e'tibor berishi talab etiladi:
• iqtisodiy faoliyatning erkinligi, bu – aholi farovonligini oshirishning asosidir;
• mehnatga layoqatli aholining mehnat faolligini oshirish, bu – oila farovonligini
ta'minlashning shartidir;
• aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish, bu – amalda ijtimoiy himoyaga muhtoj
aholi toifalarini davlat tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlashdir (11.10-rasm).
146
Bu hisobga olingan holda ushbu davrda O'zbekistonda davlat ijtimoiy
siyosati asosan quyidagilarga qaratildi:
• aholi daromadlarini tartibga solish;
• aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash;
• ish bilan bandlik muammosini hal etish;
• sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va ijtimoiy soha tarmoqlarini
moliyalashtirishni qayta tashkil etish;
• respublikada demografik vaziyatni yaxshilash.
Davlat ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tishning murakkab
davrida iqtisodiyot, ayniqsa, uning asosini belgilaydigan tarmoqlarni har taraflama
qo'llab-quvvatlash, narx-navolarni tartibga solib turish, ularga soliq solish va qarz
berishda imtiyozlar yaratish, shuningdek, bevosita yordam ko'rsatish choralarini
ko'rdi. Shu bilan birga davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo'ldi, bozor
institutlarini yaratish uchun qulay sharoit yaratdi, ishbilarmonlik tuzilmalari
shakllanishi va rivojlanishini dastakladi.Davlatning ijtimoiy siyosatida mehnat
muammolari alohida o'rin tutadi. Jamiyat a'zolari turmushining moddiy asosini
tashkil etadigan mehnat bu sohadagi muammolarni davlat tomonidan ish
beruvchilar va kasaba uyushmalar bilan birgalikda, ijtimoiy sheriklik asosida hal
etishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |