136
ajralmas huquqi sifatida e'tirof etilgan. Ijtimoiy soha hozirgi davr iqtisodiyotining
salmoqli qismini tashkil etadi. XXI asr ikkinchi o'n yilligi boshiga kelib jahonning
rivojlangan davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 30,0–45,0 %i ijtimoiy soha
ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda.
Ijtimoiy soha tarmoqlarining asosiy xususiyati ularning aksariyati (uy-joy-
kommunal xo'jaligini istisno etgan holda) notijorat muassasalar ekanligidir.
Ma'lumki, tijorat tashkilotlarining faoliyati foyda olishga qaratilgan. Ular o'z
faoliyatlarining yo'nalishini mustaqil belgilaydilar, ishlab chiqarilayotgan tovar va
ko'rsatilayotgan xizmat turlari va shakllarini o'zgartirish huquqiga egalar,
shuningdek, olingan foydani ta'sischilar (mulk egalari) o'rtasida taqsimlaydilar.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida (Avstraliya, Avstriya, AQSh,
Belьgiya,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya,
Irlandiya,
Italiya, Kanada, Norvegiya, Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va
Yaponiya davlatlari bo'yicha) ijtimoiy maqsadlarga o'rtacha davlat xarajatlari
(yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan % hisobida) OECD Social Expenditures
Database 1960-2012. – Paris: OECD, 2018.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining maqsadi foyda olishga mo'ljallangan
bo'lmaydi. Ularning maqomi foyda olingan taqdirda ham buni ta'sischilar o'rtasida
tasimlashni man etadi. Foyda faqat muassasani rivojlantirish maqsadlariga
sarflanishi mumkin.
Butun iqtisodiyot, shu jumladan ijtimoiy soha ham tashkil
etish iqtisodiy shakllariga ko'ra uch sektorga tasniflanadi (11.5-rasm):
1. Birinchi sektor – u davlat (munitsipial) mulkiga ega bo'lgan korxona,
tashkilot va muassasalarni qamrab oladi.
2. Ikkinchi sektor – mazkur toifaga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish
bo'lgan tijorat korxona, tashkilot va muassasalari kiradi. Ular aktsiyadorlik
jamiyatlari, mas'uliyati
cheklangan jamiyatlar, korxona, tashkilot va muassasalar
sifatida tashkil etilgan bo'lishi mumkin. Tabiiyki, ularning mulki ham davlatniki
emas, balki aktsiyadorlarga, paychilarga tegishlidir.
3. Uchinchi sektorga notijorat tashkilot va muassasalar kiradi.
Ular ham
foyda olishni ko'zlamaydi. Bu toifaga nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg'armalar
kiradi.
Ijtimoiy soha tarmoqlari shakllanishi va tadrijiy rivojlanishi o'z tarixiga ega.
Azal-azaldan bilim berish, nogironlar, nochor shaxslar,
yetimlarga yordam
ko'rsatish faqat oilalar, qabilalarnigina emas, shuningdek,
davlat va diniy
tashkilotlarning ham zimmasida bo'lgan. Davlat tomonidan ta'lim muassasalari,
harbiylar va keksa kishilar uchun kasalxonalar ochilgan. Diniy tashkilotlar ham o'z
mablag'lari hisobiga cherkov maktablari va madrasalar, nogironlar, yetimlar uchun
kasalxonalar tashkil etgan.
Аktsiyadorlik tashki-lotlari,
Nodavlat notijorat
Do'stlaringiz bilan baham: