Mahkamlashning ishonchlilik koeffisientini tanlash .
Siqish qurilmalarining birinchi guruhini hisoblash talab qilinadigan si- quvchi Q kuchdan va operatsiyani bajarilish sharoitidan kelib chiqib olib boriladi.Kuch mexanizmi turi tanlanadi va unga ko’ra yuritma tanlanadi va hisoblanadi.
Siquvchi qurilmalarning ikkinchi guruhi uchun Q siquvchi kuch bo’yi- cha kuch mexanizmi tanlanadi,bunda ishchi to’liq aniq PHkuchini qo’yishini e’tiborga olinadi (150H dan katta bo’lmagan).
Uchinchi guruh uchun siquvchi kuch va q taqsimlangan qo’yiladigan zagatovka yuzasi bo’yicha PH talab qilingan kuch aniqlanadi , unga ko’ra esa kerakli vakuum yoki magnit kuchi oqimi hisoblanadi. Bu punktda kuch tutashuvi sxemasini tuzish lozim , ya’ni mahkamlash kuchini qo’yilish nuqtasini va kuchning yo’nalishi zagatovkaga nisbatan ko’rsatilishi lozim .
2.3 punktda berilgan texnalogik operatsiya uchun kesuvchi kuch yoki burovchi momentni hisoblashni amalga oshirish lozim . Zagatovkalarga ta’sir etuvchi kuchlar va burovchi momentlarni kesish rejimlari me’yorlari (normativlari) dan hisoblab aniqlash mumkin .Tokorlik usulida keskichlar bilan kesib ishlov berishda zagatovkaga ta’ sir qiluvchi uchtatashkil etuvchi- lar tarzida tassavur qilish mimkin :PZ , Py , Px. parmalash va boshqa stanoklarda parma va zenkerlar bilan ishlov berishda zagatovkaga ta’sir qi- luvchi kuchni Po kuchi burovchi M moment bilan almashtirish mumkin . Zagatovkalarni frezalashda frezaning zagatovkaga ta’şirini Pzva Po kuchlari b il an almashtirish mumkin. Lozim bo’lgan siqish kuchining kattaligini statika masalasining yechimi asosida aniqlanib bunda zagatovkaning unga qo’yilgan kuch ta’sirida turg’unligi ko’rib chiqiladi . Buning uchun zaga- tovkani bazalash sxemasida unga ta’sir etuvchi barcha kuchlar tas- virlanadi;kesish kuchlari , kesish momentlar siqish kuchlari , tayanchlar reaksiyalari va kantakt nuqtalaridagi ishqalanish kuchlari . Statika tengla- malarini yechish asosida siqish kuchini hisoblash uchun dastlabki beril- ganlar quyidagilardir : Q siqish kuchi kattaligi, ishlab chiqarish turi, zaga- tovka o’lchamlari va konfiguratsiyasi bajariladigan operatsiya xarakteri , katta Q kuchlarida 1 yoki 2 -guruh siqish qurilmalari tanlanadi bunda 2 - guruhga kiruvchi siqish qurilmalari dastlabki qurilmalar bo’lib , ular donalab va kichik seriyalab ishlab chiqarishda qo’llanilishini xisobga olish lozim . Dastlabki ekssentrikli mexanizmga ega , qurilmalardan moslamalar aylanadigan stanoklar moslamalarda qo’llab bo’lmaydi, chunki zagatovka moslama bilan birga aylanadi (tokorlik -revolver stanoklarda) . inertsiya kuchlari ta’siri ostida ekssentrik mexanizm dastagi qo’yilgan siquvchi qurilma kuchi bo’shab ketishi mumkin .Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun 1- guruh tez ta’sir qiluvchi yuritmali siquvchi qurilmalar nazarda tutiladi. Q kuchlar va yupqa devorli zagatovkalarni mahkamlash uchun 3- guruh qurilmalaridan foydalaniladi . Ularning ishlab chiqarishda istalgan biridan foydalanish mumkin .Bular vakuumli , magnitli , elektro- magnitli yuritmalardir.