Monti Xoll paradoksi.
Ushbu paradoks “Let’s Make a Deal” teleshousi boshlovchisi Monti Xoll sharafiga nomlangan. Ushbu shouda qatnashuvchilar o’yin o’ynashib yutuq yutishlari mumkin bo’lgan. O’yin so’ngida quyidagicha shartli tanlov amalga oshirilgan: ishtirokchiga uchta eshikdan birini tanlash imkoni berilgan. Bunda ulardan birida yangi avtomobil, qolgan ikkitasida esa sharmandali sovrinlar (masalan, birida oshqovoq ikkinchisida bolalar so’rg’ichi) bo’lgan. Ishtirokchi qaysi eshik ortida qanday sovrin borligini bilmaydi va tasodifiy ravishda bitta eshikni tanlaydi. Boshlovchi oddiygina qilib ishtirokchi tanlagan eshikning ortidagi sovrinni ko’rsatib olib bersa bo’ladi. Lekin, Monti Xoll quyidagicha yo’l tutadi: u ishtirokchi tanlamagan eshiklardan birini (sovrinsizini) ochib ko’rsatadi.Chunki boshlovchi har bir eshik ortida qanday sovrin borligini bilgan. Shundan so’ng ishtirokchiga o’zi avval tanlagan eshikning o’rniga boshqa ochilmagan eshikni tanlashi mumkinligini aytadi. Mana shu joyida qiyin savol tug’iladi: ishtirokchi tanlovini o’zgartirsa avtomobil yutish ehtimoli ortadimi, kamayadimi yoki o’zgarmaydimi?
Ushbu masala yechimidan iqtisodda foydalanish mumkinmi? Ha. Tahlilchilar tez-tez duch keladigan iqtisodiy noaniqlik sharoitida muammoni hal qilishdan kelib chiqadigan quyidagi xulosani yodda tutish kerak: yagona to'g'ri yechimni aniq bilish shart emas. Agar nima sodir bo'lmasligini aniq bilsangiz, muvaffaqiyatli bashorat qilish ehtimoli har doim yuqori bo'ladi. Masalan, dunyo moliyaviy inqiroz yoqasida bo'lganida, siyosatchilar inqiroz oqibatlarini minimallashtirish uchun doimo to'g'ri harakat yo'nalishini taxmin qilishga harakat qilishadi. Monti Xoll paradoksini iqtisod sohasidagi vazifasini quyidagicha ta’riflash mumkin: davlat rahbarlari uchun uchta eshik bor. Ulardan biri giperinflyatsiyaga, ikkinchisi deflyatsiyaga, uchinchisi esa orzu qilingan mo’’tadil iqtisodiy o'sishga olib keladi. Lekin to'g'ri javobni qanday topasiz? Siyosatchilarning ta'kidlashicha, ularning ba'zi harakatlari ko'proq ish o'rinlari va iqtisodiy o'sishga olib keladi. Ammo yetakchi iqtisodchilar, tajribali odamlar, jumladan, Nobel mukofoti laureatlari ham ularga bu variantlardan biri albatta kerakli natijaga olib kelmasligini aniq ko‘rsatib berishadi. Bundan keyin siyosatchilar o'z tanlovini o'zgartiradimi? O’zgartirgani ma’qul.
Yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar amaliy kasbiy-masalalarni yechish jarayonining barcha bosqichlarida: masala mohiyatini tushunish va zaruriy amaliy harakatlarni olib borish, rejalashtirish, masalani yechish va tekshirishda qoʼllanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |