106
joylashtiriladi; tezaurusda, raqamlash uchun tavsiya qilinadigan kalit
so‗zlar (deskriptorlar) ajratib olinadi, hujjat mazmunini ochib beruvchi
muhim (kalit) so‗z olinadi,
shuningdek, ular orasidagi semantik
bog‗lanishlar ifoda etiladi.
Tezaurus, keng ma‘noda, alohida tashuvchi yoki tashuvchilar guruhi
ega bo‗lgan voqelik haqidagi bilimlar tizimini tasvirlash vositasi sifatida
namoyon bo‗ladi. Bu tashuvchi qo‗shimcha ma‘lumot qabul qiluvchi
vazifasini
ham bajarishi mumkin, natijada uning tezaurusi ham o‗zgarib
ketadi. Bunda boshlang‗ich tezaurus qabul qiluvchining u tomonidan
semantik axborotni qabul qilish imkoniyatlarini belgilaydi. Psixologiyada
sun‘iy intellektga ega tizimlarni o‗rganishda, individumlarning axborotni
qabul qilishi va tushunishi jarayonida namoyon bo‗luvchi tezaurus
xususiyatlari o‗rganiladi. Sotsiologiya va
muloqot nazariyalarida esa
tezaurusning umumiyligi asosida o‗zaro hamfikrlilik imkoniyatlarini
ta‘minlovchi individum va jamoalar tezauruslarining xususiyatlari talqin
etiladi. Bunday vaziyatlarda tezaurusga murakkab tizim tarkibidagi
ma‘lumotlar zaxirasini belgilovchi murakkab mazmunlar va ularning
semantik bog‗lanishlarini kiritishga to‗g‗ri keladi.
Tezaurusda bilimlar qaysi sohada yaratilgan bo‗lsa,
shu sohaga
tegishli bo‗lgan so‗zlar mavzusiga ko‗ra joylashtirilgan va leksik birliklar
o‗rtasidagi semantik munosabatlar ko‗rsatilgan bo‗ladi. Axborot-qidiruv
tezauruslarida matnning leksik birliklari deskriptorlar bilan almashtiriladi.
Tezaurus kompyuter lingvistikasi algoritmlarida saqlanayotgan
ma‘lumotdan foydalanish, jumladan, tarjima jarayonini maksimal darajada
osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tezaurusdagi bog‗lanishlar quyidagicha bo‗ladi:
1.So‗zlar bilan ifodalangan predmet va jarayonlar vazifalarining
umumiyligi va o‗xshashligi natijasida so‗zlarning bir guruhga jamlaydigan
predmetli (ko‗gazmali) yoki tematik bog‗lanishlari: uy-ro‗zg‗or
predmetlari, tana a‘zolari, kiyim turlari, qurilishlar va b.
Ideografik
tezaurus – bu ko‗rgazmali (tematik) guruh tarkibidagi leksik birliklarni
ifodalovchi va ularni dunyo haqidagi konseptuallashtirilgan bilimlarni
reprezentlash (qayta tasvirlash) uchun mo‗ljallangan iyerarxik tuzilmaga
tashkillashtiruvchi leksikografik hosiladir.
2.
Leksik-semantik bog‗lanishlar; bunday turdagi bog‗lanishli
guruhlarga umumlashtirish so‗zlar uchun asosiy bo‗lgan alomat – leksik
qiymatga ko‗ra amalga oshiriladi. Bunda shaklida so‗zlarning
alohida
qiymatlari namoyon bo‗ladigan leksik-grammatik bog‗lanishlar ham
inobatga olinadi. Analogik tezaurus – bu makrotuzilmaning asosiy birligi
107
leksik-semantik guruh bo‗lgan leksikografik ma‘lumotnomadir; guruhlarda
ma‘noviy dominantlar alfavit ketma-ketligi tartibida sistemalashtirilgan.
Semantik bog‗lanishlar giperonimlar va giponimlar (
Do'stlaringiz bilan baham: