32
tatbiq etilishi yaqin yillardan boshlab amalga oshirildi. Bu borada turk,
qozoq, qirg‗iz tilshunosligi ma‘lum yutuqlarga erishdi.
Matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi Qozog‗istonda
izchil rivojlandi. Amalga oshirilgan dastlabki tadqiqotlar, asosan, statistik
yo‗nalishga oid bo‗lib, keyinchalik qozoq tilshunoslari mashina tarjimasi,
avtomatik tahrir, tillarni o‗qitish kabi sohalarda izlanishlar olib bordilar.
Qozoq kompyuter lingvistikasining shakllanishida prof. Q.B.Bektayevning
xizmati katta. Olim ilmiy faoliyati davomida matematik va injener
lingvistikasiga oid asarlar yaratgan. Bu tadqiqotlarda til va nutq birliklarini
EHM yordamida tadqiq etishning har tomonlama muhimligi ta‘kidlangan,
amaliy ishlar – dastur va lug‗atlar ustida tadqiqot olib borilgan
1
.
Q.B.Bektayev rahbarligidagi «Lingvostatistika va avtomatlashtirish»
guruhi a‘zolari M.Avezovning «Abay yo‗li» romani (4 kitob) tilining
chastotali lug‗ati so‗zligini kompyuter yordamida tuzib chiqishgan.
Mazkur chastotali lug‗atda 20000 dan ortiq leksema va 60000 so‗z shakli
(«glossema») mavjud bo‗lib, ular 466000 marta qo‗llangan. Ushbu lug‗at
qozoq tilshunosligida kompyuter lingvistikasining rivojlanishiga asos
bo‗ldi.
O‗zbek tilining Davlat tili maqomiga ega bo‗lishi, jahon miqyosidagi
mavqeyining ko‗tarilishi, o‗zbek tilini o‗rganishga intilishning kuchayishi
mazkur tilni o‗rgatishga mo‗ljallangan kompyuter dasturlariga bo‗lgan
ehtiyojni yanada orttirmoqda. Negaki, bunday dasturlar o‗zbek tili
leksikasini oson o‗zlashtirishga, u yoki bu tushunchalarni ifodalovchi
so‗zning ma‘nosi, sinonimik variantlarini topishga imkoniyat yaratadi.
Ma‘lumki, har qanday kompyuter dasturi uchun lingvistik ta‘min zarur
bo‗ladi. Lingvistik ta‘min, ya‘ni ma‘lumotlar bazasi muayyan tilning
grammatik qonuniyatlari, semantik imkoniyatlari asosida yaratiladi.
O‗zbek tilidagi barcha so‗z turkumlari asosida ma‘lumotlar bazasini
yaratish va uni jahon axborotlar bankiga kiritish tilning funksional
doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Til o‗rgatish dasturlarining
yaratilishi nazariy va amaliy tilshunoslik mutanosibligiga mos ravishda,
nazariy tadqiqotlar natijalarini inson manfaatlari yo‗lida tatbiq qilishga
imkoniyat yaratadi. Bugungi o‗zbek tilshunosligida hal qilinishi lozim
bo‗lgan masalalar tadqiqotlarning xalq manfaati va mamlakat taraqqiyoti
uchun yo‗naltirilishini taqozo etadi.
Hozirgi kunda o‗zbek tili AQSh, Angliya, Germaniya, Janubiy
Koreya, Yaponiya, Xitoy kabi rivojlangan davlatlarda o‗qitilayotgani,
1
Bu haqida qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: