184
3. ―Start‖ tizimi haqida so‗zlang.
4. ―BORIS tizimi‖ haqida tushunchangizni bayon eting.
5.Matn tanlang va ―BORIS tizimi‖ asosida tahlil qiling.
6.Imlo qoidalarini o‗zlashtirish va avtomatik tahrir yo‗nalishi
munosabatini yoriting.
7. Avtomatik tahrir yo‗nalishining ahamiyati haqida fikrlaringizni
bayon eting.
14-§. KOMPYUTER LINVODIDAKTIKASI
Reja:
1.Kompyuter texnologiyalari yordamida dars berishning didaktik
konsepsiyasi.
2.Elektron darslik yaratish tamoyillari.
3.Lug‗atlardan o‗quv materiali sifatida foydalanish.
Asosiy tushunchalar:
lingvodidaktika,
elektron darslik, elektron-
multimedia
darsliklari,
taqdimot
texnologiyasi,
elektron
nusxa,
o„rgatuvchi audiodasturlar, elektron lingafon kurslari,
elektron virtual
kutubxona
,
elektron lug„atlar, kompyuter lug„atlari, tezaurus lug„atlardan
o„quv materiali sifatida foydalanish, tezaurus –elektron manba sifatida,
olamining lisoniy manzarasini o„zlashtirish darajasi,
tilning aktual holati,
lingvomadaniy tajriba.
―Kompyuter‖ lingvodidaktikasi tushunchasini yoritish uchun, avvalo,
―lingvodidaktika‖ terminiga to‗xtalish lozim bo‗ladi.
Lingvodidaktika
(lot.
lingua
– ―til‖+ grek.
didaktikos
– ―ta‘lim‖) til
o‗rgatishning umumiy nazariyasi. Termin akad. N. M. Shanskiy tomonidan
tilni o‗quv maqsadida tavsiflash jarayonida kiritilgan. Tillarning muvofiq
keluvchi va farqli jihatlarini tadqiq qilish, o‗rganilayotgan til strukutrasini
tahlil qilish, lingvistika va pedagogika chegarasida
turgan muammolarni
hal qilish lingvodidaktikaning asosiy vazifasidir.
Uzluksiz ta‘lim tizimida til o‗rgatishga alohida e‘tibor beriladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti
sharoitida chet tilini o‗rganishga ehtiyoj tug‗iladi. Xorijiy tillarni bilish,
madaniyatlararo muloqot vositalarini o‗rganish davr talabiga aylandi.
2012- yil 10-dekabrda O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti qabul
qilgan ―Chet tillarni o‗rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-
185
tadbirlari to‗g‗risida‖
1
gi Qarori bu sohaning istiqbolini
belgilovchi davlat
hujjatidir.
Lingvodidaktika til o‗rgatish, aniqrog‗i xorijiy tillarni o‗rganish
jarayonini ifoda etish uchun qo‗llanmoqda. Lingvodidaktika va metodika
terminlarini sinonim tarzda baholash hollari ham mavjud.
Xorijiy tillarni o‗rganish metodikasi XX asr o‗rtalarida shakllangan
mustaqil fandir. Metodikani didaktikaning pedagogika,
pedagogik
psixologiya oralig‗ida turuvchi bir qismi sifatida baholagan I.L.Bim
metodikaning obyekti sifatida dastur, darslik, o‗quv qo‗llanma, o‗qituvchi
va o‗quvchi faoliyatini hamda ular o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlikning
asosini tashkil etadigan shakllarni o‗z ichiga oluvchi ta‘lim-tarbiya
jarayonini keltiradi.
2
A.A.Mirolyubov xorijiy tillarni o‗qitish metodikasining nafaqat
pedagogika, didaktika,
pedagogik psixologiya, balki lingvistika va yosh
pedagogikasi kesimida rivojlanishini ta‘kidlagan edi. Bu sohani o‗rganish
bilan bog‗liq masalalar va taraqqiyot muammolari metodikaning
predmetini tashkil etadi. Xorijiy tillarni o‗rganish metodikasi
muammolarini A.A. Mirolyubov to‗rtga bo‗ladi:
1) xorijiy tilni o‗quv
predmeti sifatida belgilash, ya‘ni xorijiy tilni
o‗rganish maqsadi va mazmunini aniqlash bilan bog‗liq muammolar;
2) o‗qituvchi faoliyati bilan bog‗liq muammolar: ta‘lim va tarbiyaning
metod va usullarini ishlab chiqish, ta‘lim vositalarini
shakllantirish va
ulardan foydalanish, ta‘lim jarayonini tashkil etish shakllari, ta‘limda
erishilgan yutuqlarni nazorat qilish;
3) o‗quvchi faoliyati bilan bog‗liq muammolar: ta‘lim vositalari va
o‗quvchilarni tarbiyalash va
bilim olishning samaradorligi;
4) metodika fanlarini rivojlantirishga yo‗naltirilgan muammolar: fan
tarixi, uning hamkor fanlar bilan aloqadorligi, tadqiqot metodlari.
3
Yuqoridagilardan ma‘lum bo‗ladiki, xorijiy tillarni o‗qitish
metodikasini xorijiy tilga o‗rgatish usullari qiziqtiradi, ya‘ni N.D.
Galskova ta‘kidlaganidek, ―metodika fan sifatida tilni o‗qitish va o‗rgatish
jarayonini tadqiq qiladi‖.
4
1
PQ-1875-son. 2012- yil 10- dekabr, Toshkent sh.
2
Do'stlaringiz bilan baham: