o‘rta asrlarda
lug‘atning borligi,
o‘tgan asr oxirlarida
lug‘at turlari ko‘paygani ‒ izohli, imlo, terminologik lug‘atlar,
ensiklopediyalarning yaratilgani bilan o‘lchangan bo‘lsa,
bugungi kunda
elektron qurilmalarda
ishlashga mo‘ljallangan tezauruslar, assotsiativ lug‘atlar, interaktiv lug‘atlar, korpus lug‘atlar, Wikipedia,
Lingvo
,
Мультитран
kabi onlayn-lug‘atlar, imlo, talaffuz meyorlari, tarjima lug‘atlar, tilning turli leksik
sistemalar (sinonimlar, antonimlar, paronimlar, omonimlar, graduonimlar, uyadosh so‘zlar kabi)ini
o‘rgatishga xizmat qiluvchi mukammal mobil ilovalarning yartailgani, internet saxifalarida turli yoshdagi
foydalanuvchilar uchun tezkor xizmat qilishga mo‘ljallangan elektron o‘quv lug‘atlarining maxsus
saytlari ishlab turgani bilan o‘lchanmoqda.
Biz O‘zbekistonning uchinchi Renessansi poydevorini qurish harakatida ekanmiz, shubhasiz, bu
davrda lug‘atchilik ham o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga ko‘tariladi. Ma’lumki, mamlakat taraqqiy
etsa, til ham taraqqiy etadi, mamlakatning qudrati uning rasmiy tili, ona tilisi maqomi, mavqeini
23
* O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent, Qarshi davlat universiteti
24
* TDPU Shahrisabz filiali O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
59
oshishiga imkon yaratadi. To‘g‘ri, biz an’naviy va elektron lug‘atchilik sohasida nihoyatda yuksak
cho‘qqilarni zabt etgan boshqa leksikografiyalar qatorida turishimizga hali da’vo qila olmaymiz. Biroq
shuni ikkilanmay aytish mumkinki, so‘nggi o‘n yil ichida o‘zbek leksikografiyasi ham nazariy, ham
amaliy jihatdan birmuncha taraqqiy etdi, lug‘at turlari ko‘paydi, leksikografik ishlarni
kompyuterlashtirish jarayonlari tezlashdi. Xususan, ona tili va boshqa xorijiy tillarni, milliy tilning leksik
qatlamlari, yozma va og‘zaki nutq meyorlarini o‘rganish, o‘quvchilarning so‘z boyligi, tafakkurini
kengaytirish, yozma savodxonligini oshirishga qaratilgan ta’limiy lug‘atchilik ‒ o‘quv lug‘atchiligi
sohasida birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu esa istiqlol yillarida mamlakatimizda ana shunday
lug‘atlarga talabi bo‘lgan sohalar taraqqiy etgani, hukumatning til siyosatini takomillashtirish, davlat
tilini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida lug‘atchilik rivojiga katta e’tibor qaratayotgani bilan
chambarchas bog‘liq.
Lingvistik korpuslarni tuzish va ulardan foydalanish kompetensiyasini shakllantirish bugungi
kunda jadal taraqqiy etib borayotgan korpus lingvistikasining asosiy masalalaridan biri. Korpus
lingvistikasi XX asrning 90-yillarida tilshunoslikning alohida sohasi sifatida ajralib chiqdi. Korpus
murakkab lisoniy butunlik sifatida o‘zida nutqiy/lisoniy manbaning tarkibiga doir keng hajmli axborotni
saqlabgina qolmay, shu axborotni taqdim etishning formal usullari (so‘zlarni indeksatsiyalash,
morfologik ma’lumot va b.)ni ham jamlaydi. Shunga mos tarzda, korpusni maxsus qurilgan semiotik
tizim qabilida sharhlash ham mumkin. [Рыков, 2003: 21] O‘zbek tilida shu sohada ilmiy izlanishlar olib
borgan A.Eshmo‘minov mutaxassislarning korpus, avvalo, professional lingvistlar, dasturchilar uchun
kerak degan fikrlariga qo‘shimcha ravishda “korpus maktab, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari
o‘qituvchilari uchun benazir ko‘makchi” ekaniga urg‘u beradi va fikrlarini davom ettirib, “Qayd etish
zarurki, butun dunyoning oliy ta’lim muassasalarida talabalarga nazorat savollari va ma’ruza matnlari
tayyorlashda lingvistik korpuslardan foydalaniladi. Ko‘plab talabalar mustaqil ish va loyihalarni
tayyorlashda mustaqil tarzda korpusga murojaat qiladilar. Ushbu jarayonda korpusdan foydalanuvchi
hamda undan foydalanmaydigan talabalarni o‘zaro qiyoslab, shunday xulosa qilish mumkin: korpusdan
unumli foydalanuvchi talaba til qonuniyatlari, shuningdek, o‘rganayotgan xorijiy til xususiyatlarini
ikkinchi toifadagi talabaga nisbatan oson va tez o‘zlashtiradi. Shuningdek, lingvistik korpus nafaqat
ilmiy, balki o‘quv-uslubiy masalalarni ijobiy hal qilishda ham samarali vosita. Garchi olimlar bugungi
kungacha korpus lingvistikasini nazariy asoslari yetarlicha shakllanmagan soha sifatida tasniflasalar ham,
umid borki, kelajakda tadqiqotchilar korpusga shunchaki axborot resursi sifatida emas, balki o‘z
metodologik asoslari hamda ilmiy-nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan soha sifatida yondasha boshlaydilar”
deydi [Эшмўминов, 2019: 22].
Bugungi kunda internet saytlarida muayyan milliy til matnlarining elektron shakldagi katta
to‘plamiga asoslangan, eng mukammal ishlangan va to‘ldirib borilayotgan korpuslar sifatida tan olingan
http://ruscorpora.ru
(Rossiya
Federatsiyasi),
http://sara.natcorp.ox.ac.uk
(Buyuk
Britaniya),
http://ucnk.ff.cuni.cz
(Chexiya) milliy korpuslarini uchratish mumkin.
Milliy korpus quyidagi xususiyatlarga ega:
til taraqqiyotining u yoki bu davrini aks ettirish uchun yetarli darajada katta hajmdagi matnlarni
jamlaydi;
tildagi yozma va og‘zaki matnlarning barcha ko‘rinishlarini (badiiy uslubning turli janrlari, ommabop
uslub, o‘quv, ilmiy matnlar, rasmiy uslub, so‘zlashuv uslubi, dialektlar va boshq.) imkon darajasida to‘liq
qamrab oladi va muvofiqlashtiradi;
lingvistik razmetkalarni o‘zida saqlaydi [Ляшевская, 2005: 42].
Korpusga katta ehtiyoji bor soha lingvodidaktika bo‘lib, u ona tilini o‘qitishda ham, xorijiy tillarni
o‘qitishda ham birdek muhim. Tilni o‘rgatishda lug‘at boyligining kattaligini ko‘rsata olish, so‘zning
qo‘llanish imkoniyatini u yoki bu grammatik qurilish orqali tushuntirish uchun misollar massivini
ko‘rsatishda korpus juda qo‘l keladi. Til ta’limi uchun muhim bo‘lgan misolning doimiy yangilanib
borishi, buni aks ettirib turish xususiyati hamda imkoniyati faqat korpusga xos. O‘qituvchi yangi,
ishonarli, cheksiz hamda xilma-xil misollarni shu yerdan topa oladi, topshiriq va mashqlarni belgilashda
qiynalmaydi, bir necha daqiqada mavzu bo‘yicha yangi misollardan iborat mashq tayyorlay oladi.
Biz yashayotgan davrda hayot sur’atlari behad tezlashgan bo‘lib, bugun dolzarb bo‘lib turgan
tushuncha ertaga eskiradi. Yaratilayotgan bosma lug‘atlar katta oqim bilan kirib kelayotgan so‘zlarni
qamrab olib ulgurmaydi. Narsa, tushuncha, hodisaga izohli lug‘atlarda berilayotgan sharh lug‘at
nashrdan chiqib o‘quvchlar qo‘liga yetib bormay eskiryapti. Bundan rosa bir asr oldin mashhur fransuz
Do'stlaringiz bilan baham: |