Kalit so‘zlar
: kompyuter lingvistikasi, korpus, mualliflik korpusi, elektron kutubxona, semantik
tahlil, hissiy tahlil, neyrokognitiv poetika, konkordans, parallel konkordans.
Annotation
: This article discusses the specific role of the author's corpus in corpus linguistics and
its importance in learning the comparison of languages through the author's work. Therefore,the
attention is paid to the architecture of the author's corpus of Uzbek national literature.
Keywords
: computer linguistics, corpus, author’s corpus, electronic library, semantic analysis,
sentiment analysis, neurocognitive poetics, concordance, parallel concordance.
Respublikamizda davlat tiliga eʼtibor milliy qadriyatlarni eʼzozlashning ustuvor yo‘nalishlaridan
biri darajasiga ko‘tarildi. Milliy tilni asrab-avaylash, undan amaliy foydalanish ko‘nikma hamda
malakalarini shakllantirish, shu bilan bir qatorda, o‘zbek tilining zamonaviy axborot-kommunikatsiya
(almashuv) tizimida keng qo‘llanishini taʼminlash dolzarb vazifaga aylandi. Respublika Prezidenti
tomonidan “Davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot
tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini taʼminlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish”
muhimligi taʼkidlandi [PF-5850-son Farmoni//Xalq so‘zi, 2019: №218].
O‘zbek tilini dunyo tillari kabi kompyuter tushuna oladigan, modellashgan, formallashgan tilga
aylantirish, o‘zbek milliy adabiyoti asarlarini raqamlashtirish va arxivlash, shuningdek, elektron
kitoblarni yaratish hamda keng ommaga yoyish mutaxassislarimiz oldida turgan asosiy vazifalardan
biridir.
Korpus lingvistikasining taraqqiyot tamoyillarini, korpus yaratishning kompyuter usullari,
matematik modellarini belgilash, parallel korpuslar, kompyuter lug‘atlarining maʼlumotlar bazasi
sifatidagi ahamiyatini yoritish, tezaurus va konkordanslarning lingvistik taʼminotini izohlash, korpus
turlarini tahlil qilish, milliy til taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatish, ijtimoiy sohalar rivojidagi, taʼlim
jarayonidagi samaradorligini aniqlash muhim qiymatga ega bo‘lmoqda.
“Korpus so‘z, so‘z birikmasi, grammatik shakllarni, so‘z ma’nosini muayyan qidiruv tizimi
orqali topishni anglatuvchi elektron ko‘rinishdagi matnlar jamlanmasidir” [http://ruscorpora.ru;
http://ruscorpora.ru]. Mualliflik korpusi milliy til korpusi tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Jahon
tilshunosligida korpus lingvistikasi ancha yutuqlarga erishgan bo‘lsada, mualliflik korpusi tuzish
tajribasi so‘nggi 5 yil mobaynida to‘liq shakllandi. [Hamrayeva Sh.M, 2018:79]. Xususan,
Allison Parrish
Gutenberg she’riyati korpusi bo‘yicha she’riy matndagi qofiyadosh so‘zlarni, sifatlarni avtomatik
ravishda
qidirib
topish
va
sonini
chiqarish
bo‘yicha
tadqiqotlar
olib
borgan
[https://github.com/aparrish/gutenberg-poetry-corpus]. Berlin universiteti olimlari M.Jacobs va Kinder
badiiy asarlarda qo‘llangan metafora va uning miqdorini aniqlash bo‘yicha 11ta funksiya to‘plamini
aniqladi. Gutenberg she’riyat korpusidagi 50 dan ortiq shoirning 100 dan ortiq she’riy asarini semantik
tahlil va hissiy tahlil asosida o‘xshash jihatlarini ko‘rsatuvchi, har bir muallifning o‘ziga xos mavzu
yo‘nalishini aniqlovchi tadqiqotlar olib borib, kompyuter stilisti, neyrokognitiv poetikani rivojlantirdi.
[Jacobs, A.M. (2018)]. Mualliflik korpuslari haqidagi maxsus tadqiqotlar rus korpus tilshunoslari
25
* O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, f.f.n. MParfi2005@yandex.ru
26
* O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, rayimjonova89@mail.ru
27
* O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, suxrobjonmurotov0731@gmail.com
Do'stlaringiz bilan baham: |