Arabiy so‘zlar qatlami.
«Devoni Mirzo» asarida qo‘llan 803 ta arabcha so‘zdan 161 tasi HO‘T
uchun eskirgan so‘z sifatida O‘TILdan joy olmagan. Bu so‘zlarni muayyan otlar (a), mavhum otlar (b),
sifatlar (v), ravish (g), son (d), yuklama (е) larga ajratish mumkin:
а) otlar:
araq, ashjor, asmo, atfol, mug‘, surohiy, tifl, uqbo, zavraq
.
b) mavhum otlar:
hayo, hiddat, jur’a, jurm, qurbat.
v) sifatlar:
ablah
,
ahmar, axzar, akbor, bakir, bayzo, durud, farog‘, foyiq, fuzun, homun, mavzun,
muanbar, muddaiy, nash’, vofir.
g) ravishlar:
asalat, aham, batinan, vahmnak, mannan, ma’ruz, mujmalan, munqati’, murassa’, musaxxar,
mustag‘raq, mutavajjih, mutaxayyir, muishxxas, muqavviy, muqayyid, xabis, xujasta, hannan.
d)
holo;
e)
arbaa;
j) lavlok.
“Devon”da ishlatiladigan arabiy so‘zlardan bir qismi arabcha ko‘plik shaklida bo‘lib, ularning
birlik son shakli o‘zbek tilida ishlatiladi [Иванов, 1973:62]. Masalan,
ashab, aflok, ahbob, ahvol, altof,
alvon, alzom, ashjor, ash’or, asmo, asror, atfol, atrof, avrod, avsof, fuzun, g‘animat, ifsho, iltifot,
intiqomat, junun, lutf,, nujum, sifot.
HO’T uchun eskirgan sanalayotgan bu so‘zlar ham Mirzo
she’riyatining uslub talablari bilan hamda o‘z davri ruhini berish bilan aloqadordir.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, tarixiy, ilmiy, diniy qadriyatlarni tiklash munosabati bilan
eskirgan deb sanalgan so‘zlarning bir qismi qaytadan tiklanmoqda:
nubuvvat, nabiya, rihlat, uqbo.
Mirzo «Devon»ida O‘TILda qayd qilinmagan dubletlar ham uchraydi. Bular:
al
(old),
al
(qo‘l),
olda
-
(aldamoq),
orzi
- (arzimoq),
osra
- (asramoq),
oy
- (aytmoq),
te-
(demoq),
tufrog‘//tufroq, yaro
- (yaramoq) kabi
adabiy tilimizdagi so‘zlarning fonetik variantlaridir. Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, ularning
ko‘pchiligi
о - а, p - f
almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lib,
p
ni
f
ga almashtirish ikki tilli shevalarga xos
xususiyatdir, chunki bir tilli shevalarda teskari hodisa
f
ning
p
ga almashinuvi kuzatiladi. Qolgan
dubletlarning ishlatilishi, ya’ni
kirpik, ol
(old) kabilar buyuk mutaffakkir – Alisher Navoiy asarlari tiliga
ergashishdir
Muhammadrasul Mirzo «Devon»i leksikasining O‘TILga munosabatini ko’rib chiqib, qat’iylik
bilan shuni ta’kidlash mumkinki, bu leksika - uslub xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan 150-200 so‘zni
hisobga olmaganda, hozirgi o‘zbek adabiy tili va shevalarida to‘laligicha mavjuddir [Abdurahmonov
G‘. va b. 2008:326]. Demak, bu dalillar hozirga o‘zbek adabiy tili, uning lug‘at meyorlari XIX asr
boshlarida shakllanganligidan dalolat beradi. Umuman olganda esa Mirzo «Devon»i leksikasini hozirgi
o‘zbek tili lug‘at boyligi bilan solishtirish ikki davr leksikasi umumiy va bir xildir, degan xulosaga
olib keladi. Biz tadqiq qilayotgan yodgorliklarda bir qator arabiy va forsiy so‘zlar borki, ular HO‘T uchun
eskirgan, «Devon»da esa XVII-XIX asrlar eski o‘zbek tili badiiy uslubini davom ettirish maqsadida
qo‘llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |