Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY HAMDA AMALIY MASALALARI” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1 №. 01 (2021) 174
O‘ZBEK TILI LEKSIKOLOGIK ANALIZATORI UCHUN TARIXIY ASAR TILI MUAMMOSI THE PROBLEM OF HISTORICAL WORK LANGUAGE FOR UZBEK LEXICOLOGICAL ANALYSIS Jumayeva Kamola Tursunaliyevna *
69
Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan Mirzo taxallusli shoir devoni leksikasining hozirgi o‘zbek adabiy tilga bo‘lgan munosabati talqin etilgan, bugungi o‘zbek adabiy tili lug‘at boyligi uchun devonda qo‘llangan so‘zlardan foydalanish imkoniyatlari taklif etilgan. Kalit so‘zlar: tarixiy etimologik qatlam, turkiy so‘z, eroniy so‘z, arabiy so‘z, sinonim, omonim, antonim. Annotation: This article describes the attitude of the lexicon of the poet's office under the pseudonym Mirzo, who lived and worked in Khorezm in the late XIX and early XX centuries, to the modern Uzbek literary language. suggested. Keywords: historical etymological layer, Turkish word, Iranian word, Arabic word, synonym, homonym, antonym. Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmida adabiy tilni jonli xalq tiliga yaqinlashtirish an’anasi
boshlandi. Bu jabha o‘sha paytda yaratilgan badiiy, ilmiy asarlar, vaqtli matbuot sahifalarida o‘z aksini topib bordi. Til
ijtimoiy hodisa bo‘lganligi uchun jamiyatdagi siyosiy o‘zgarishlar tilda ham aks etаdi – zarur va zarur bo‘lmagan
unsurlar o‘zbek tilida o‘rin ola boshlaydi. Biz ham bu jarayonni yorqinroq ko‘rsatish maqsadida bobini
Muhammadrasul Mirzo «Devon»ining lisoniy xususiyatlarini eski o‘zbek adabiy tili dalillari bilan qiyosan talqin
qilshga intilamiz.
Mirzo taxalluslii shoir, tarjimon, xattot, bastakor Komil Xorazmiyning o‘g‘li bo‘lib, XIX asrning
oxiri XX asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan. Buni biz tadqiq qilish uchun olgan nusxamizda
shoirning o‘zi ham: “Muhammadrasulboy mirzoboshi mutaxallus Mirzo ibn Pahlavonniyoz mirzoboshi
mutaxallus Komil [“Devoni Mirzo”, 2a-varaq] tarzida qayd etib o‘tadi. U Xivadagi Sherg‘ozixon
madrasasida o‘qigan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II – Feruz saroyida otasidan so‘ng mirzaboshi
bo‘lgan. Mirzoning lirik merosi o‘zi tuzgan «Marg‘ub un-nozirin» («Nazar soluvchilarga yoqimli tuhfa»)
devoniga jamlangan, unda 7650 misra she’rlar mavjud. Ushbu devon 1907–1909 yillarda Xivada
toshbosma usulida nashr etilgan. Biz ushbu qo‘lyozmaning riyoziy ko‘rsatkichlari bilan hozirgi o‘zbek tili
leksikasining ayrim jihatlarini solishtirgan holda talqin etishga intilamiz.
O‘TILda Muhammadrasul Mirzo «Devon»i leksikasidagi 2068 leksemaning 336 tasi (16 foiz)
uchramaydi. Shundan 62 leksema (3 foiz) turkiy, 60 leksema (4 foiz) arabiy va 140 leksema (7 foiz) eroniy
TEQga mansubdir. Demak, O‘TILga yodgorlik so‘z boyligining 86 foizining mavjudligi Mirzo qalamiga
mansubligi “Devon” lug‘at boyligining yangilanib borganligidan dalolat beruvchi muhim omildir. Chunki
Alisher Navoiy asarlari lug‘at tarkibining 50 foizdan ko‘prog‘i O‘TILdan o‘rin ololmaydi. Unda nafaqat
arabiy forsiy so‘zlar, balki minglab hozirgi tilimizda qo‘llanilmaydigan eskirgan turkiy TEQlarga mansub
so‘zlar mavjud.
Hissiz, riyoziy ko‘rsatkichlar «Devon» leksikasining hozirgi o‘zbek tiliga juda yaqin ekanligini
ko‘rsatadi. Ya’ni asarda mavjud leksemalarning 86 foizi hozirgi o‘quvchi uchun tushunarli. O‘TILda o‘z
aksini topmagan va 14 foizini tashkil etuvchi 283 so‘zni tarixiy-etimologik qatlamlarga ko‘ra quyidagi
(aralash so‘zlar bilan birga) guruhlash mumkin:
1. Turkiy qatlam so‘zlari 81 ta (4 foiz):
a)
arabiy-turkiy so‘zlar 23 ta (1 foiz);
b)
б) eroniy - turkiy so‘zlar 24 ta (1 foiz).
2. Arabiy qatlam so‘zlari 114 ta (5 foiz).
69
Qarshi davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasining tayanch doktoranti
tjumayevа@mail.uz