Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
176
1.
O‘TILda tamoman boshqa ma’noda qo‘llangan so‘zlar.
Biz quyida ajratilgan har bir guruh va guruhchalarning tahliliga to‘xtalamiz.
O‘TILga kirmay qolgan 81 ta so‘zdan 59 tasining so‘z yasash asoslari lug‘atdan joy olgan va ularning
yasovchilari hamda so‘z yasash qolipining ma’nosi hozirga zamon grammatik tavsiflarida berilgan. Ya’ni
bunday so‘zlarning 10 tasi turkiy asosli so‘zlar:
аsru, butrat, dog‘i, tamug‘, xo‘tandek, yama, tavsan,tozliq,
yama
;
22 tasi eroniy asosli so‘zlar:
oyinadek, guldek, labdek, oydek, navoiydek, oyinadek, garddek,
sarvdek, donadek, guldek, zordek, kokildek, garddek, mastlik, poklik, dilxushliq, xumorliq, afshonlig‘,
anfosilik, dardli, gulafshonlig‘, hamul, jonqaro, pastmonlig‘;
20 tasi arabiy asosli:
asalatlik,
iyddek,
masihdek,
nundek, zarradek, mehrdek, qamardek, xizrdek, iyddek, mirzodek, masihodek, nundek,
mehrdek, qamardek, qadidek, masallik, misllik, mushtoqliq, oshiqliq, sone’lig‘
kabi so‘zlardan iborat.
Dalillardan ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan hosilalar O‘TILdan maxsus joy olishi shart emas, chunki
hech bir lug‘at unumli, sermahsul so‘z yasash hosilalarini qamrab olishi mumkin emas.
Demak, bunday hosilalar
-dek, -lik, -liq -chi
kabi qo‘shimchalarning Muhammadrasul Mirzo davridayoq
cheksiz mahsuldor bo‘lganingidan va HO‘T unumli so‘z yasalish qoliplari o‘sha paytdayoq shakllanganligidan
dalolat beradi [Каримов, 1962:22]. Bu fikrni yasash asoslari HO‘Tda qo‘llanmaydigan va tabiiyki, O‘TILdan
joy olmagan, biroq “Devoni Mirzo”da
-liq
qo‘shimchasi bilan yasalgan 6 ta yasalish asosi arabiy bo‘lgan
(
asalatlik
,
masallik, misllik, mushtoqliq, oshiqliq
) va 3 ta yasalish asosi eroniy bo‘lgan
(mastlik, poklik,
dilxushliq, xumorliq, afshonlig‘, anfosilik, dardli, gulafshonlig‘, pastmonlig‘
kabi) so‘zlar yana bir bor
tasdiqlaydi.
“Devoni Mirzo” asarlarida qo‘llangan, biroq O‘TILda qayd qilinmagan turkiy asosli tub so‘zlar
sifatida quyidagi 9 ta so‘zni keltirish mumkin:
аsru, butrat-, dog‘i, naki, tamug‘, xo‘tandek, yama, tavsan,
tozliq
kabilar.
Shu bilan birga, O‘TILda mavjud, biroq “Devon”da butunlay boshqa ma’noda qo‘llangan 4 ta tub so‘z
borki, ular tubandaga ma’nolarda qo‘llangan:
vo‘tlig‘
– “o‘tli”,
yorlig‘ – “
buyruq”,
yon – “
qaytmoq»,
qarog‘ –
“
ko‘z» ma’nolarida qo‘llangan.
Xulosa qilib aytganda, «Devon Mirzo»ning lug‘at boyligi turkiy TEQga mansub bo‘lgan 82 ta so‘zdan
atiga 10 tasi (0.5 foiz) hozirgi o‘zbek adabiy tilida ishlatalmaydi. Bu 10 ta so‘zdan 4 tasining yasalish asosi
eroniy, 6 tasining yasalish asosi arabiy va 8 tasi turkiy asosli so‘zlardir.
Ko‘rinib turibdiki, O‘TILga kirmagan so‘zlar sifatida ajratilgan va turkiy lug‘aviy qatlamga
mansub bo‘lgan 82 ta (4 foiz) so‘zdan 64 tasining asosi O‘TILda berilgan va hosila so‘zlar unumli so‘z
yasash qoliplari bilan yasalgan, 10 tasining yasalish asosi esa arabiy, eroniy tillarga mansub bo‘lib, ular
HO‘Tda qo‘llanmaydi. Shuning uchun bu so‘zlarni O‘TILga kiritish shart emas, ularni izohli lug‘atga
kirmagan so‘zlar qatoridan chiqarish lozim. O‘TILga kirmagan so‘zlar sifatida 8 ta so‘z va 4 ta ma’no
qayd etilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 8 ta so‘z va 4 ta ma’noning barchasi hozirgi
o‘zbek shevalarida, jumladan, o‘zbek tilining Xorazm shevalarida keng ishlatiladi.
Tavsan
so‘zi esa
o‘zbek xalq shevalarida ham Mirzo qayd etgan ma’noda o‘rin olgan. Bundan xulosa chiqarish mumkinki,
“Devoni Mirzo”ning turkiy TEQi, deyarli, to‘la miqdorda hozirga o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda.
Shevaga xos so‘zlar sifatida
dog‘i, nachuk, netak, o‘rgamchi, orzi (arzi), osra- (asra), otlan, oy-
(ayt), oyril-, te-, tongla, tufrog‘/tufroq, vo‘tlug‘, yaqo, yaro-
so‘zlari ajratilishi mumkin. Bu so‘zlarning
barchasi «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati» (O‘XShL) da
70
qayd etilgan.
«Devon» turkiy qatlamining hozirgi o‘zbek tili turkiy qatlamiga munosabatini kuzatish bu ikki
qatlam har ikkala davr uchun bir xildir degan qat’iy xulosaga olib keladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: