Topshiriqni bajarish namunasi
Masalaning qo’yilishi: Haqiqiy x sonining musbat qiymatida uning kvadratini, aks holda kvadratining manfiy qiymatini hisoblash algoritmi tuzilsin.
Masalaning matematik modelini qurish: 2-rasm.
x – haqiqiy son (algoritm uchun boshlang’ich berilgan);
Y=x2 – x ning kvadrati;
Y=-x2 – x ning kvadratining manfiy qiymati;
Y – Natija.
Masalani echish algoritmini tuzish:
Yozma shaklda ;
Blok-sxema shaklida(1-rasm).
Algoritm matni:
O’zgaruvchilarni kiritish(x);
x ning ishorasini tekshirish (x>=0);
Agar shart bajarilsa Y=x2;
Aks holda Y=-x2;
Natijani olish (Y);
Tamom.
Nazorat savollari:
Algoritm deb nimaga aytiladi?
Qachon algoritmik tuzilma tarmoqlanuvchi deb ataladi?
Algoritmda shartlar nima vazifani bajaradi?
Blok sxemada shartlar qanday ifoda etiladi?
Blok-cxema deb nimaga aytiladi?
Blok-cxema qanday elementlardan tashkil topadi?
Tarmoqlanuvchii jarayon deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |