"Hot-line" (tezkor aloqa) xizmati
Xususiy konsalting firmasi ham davlat kichik biznes firmalari ham rivojlanishi va kengayishida shoshilinch axborot va maslahatlarga ehtiyoji mavjud tadbirkorlar uchun "Hot-line" xizmatini yaratishadi. Bu obuna tizimi yoki maxsus asosga shakllantirilgan pulli yoki shoshilinch yordam va tezkor yordamni qanday va qayerdan so‘rash kabi bepul ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlovchi tizim bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlar guruhi bilan ishlash maslaxat berishning guruh yondashuvlarida ko‘pchilik mijozlarga bir vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatiladi va har bir mijoz uchun xizmat haqqi past narxda belgilanadi. Bundan tashqari, qatnashchilar bir birlaridan o‘rganishlari va kelajaklari uchun foydali kontaktlarni shakllantirishlari mumkin bo‘ladi. asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo va ish beruvchi tashkilotlar birlashmalari, faoliyatni kengaytirish xizmatida, kichik biznes rivojlantirish markazlari va individual xususiy konsultantlar tomonidan turli xildagi guruh yondashuvlari foydalanilgan.ular asosan ayol tadbirkorlar bilan ishlashda foydalaniladi.
Agar mijozlarda oddiy muammo yoki qiziqishlar mavjud bo‘lib, ular birgalikda ishlashga tayyor bo‘lishsa guruh yondashuvlari ma’qul guruh yondashuvlari ma’qul ko‘riladi va bu holat ba’zi biznes sir asrorlarini oshkor qilishni talab qilishi mumkin. agar mijozlar iqtisodiyotning ayni bir sektoridan bo‘lishsa, o‘zlarining aniq tarzdagi qiziqshlariga ega bo‘lishsada, ular o‘zaro raqobatchi hisoblanishadi. agar mijozlar ayni bir sektordan bo‘lishmasa, har bir biznesda mavjud umumiy masalalar yoki jarayonlar bo‘yicha bo‘lishadigan o‘z tajribalari bo‘lishi mumkin.faoliyatni o‘rganish, darajasini belgilash va boshqa yondashuvlar namoyish qilingach umuman boshqa sektorlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va menejerlardan katta kelishuvlarni kutish mumkin.
Darajani belgilash ushbu usul tanlangan jarayonlar, xizmatlar bo‘yicha batafsil va maxsus axborotlarni solishtirishga asoslangan. va firmalar o‘rtasidagi farqlar tahlili va aniq ishtirokchilarning yaxshiroq natijalarga erishishlari uchun yordam bergan yondashuvlarni o‘rganish asosida qo‘llaniladi. bu kabi vazifani amalga oshirishda konsultant taqqoslash uchun ma’lumot taqdim etishi, haqli savollar so‘rashi, umumiy masalalar yuzasidan ishtirokchilarni xabardor yetishi, muhokamalarni rag‘batlantirishi va eng yaxshi amaliyotlarni aniqlashga va yaxshilanishlarni tanishtirishga yordam berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |