Kichik biznes konsaltingida innovatsiyalar Kichik biznes mijozlari uchun subsidiyalashgan profssional xizmatlar aniq bir sharoitlarda asosan rivojlanayotgan mamlakatlar va hududlarda yordam berishi mumkinligi e’tirof etilgan. biroq ular panatseya(barcha muammolar uchun yechim) turli xil yo‘llar orqali biznes xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘paytirishni rag‘batlantiruvchi innovatsion metodlarni izlovchi donorlarni taqdim etisha olmaydi. ko‘p davlatlarda biznes muhitini murakkabligi va kompleks institutsional o‘rnatilishining ortishi tufayli kichik mijozlarning axborotlar va maslaxatlar uchun ehtiyojlari kattarib va o‘sish davomiyligiga moyil bo‘lmoqda. kichik biznes egalari vaqti-vaqti bilan o‘z bizneslariga bir vaqtda ham chetdan tanqidiy qarash, ham rivojlanishni saqlash uchun vaqtni va resurslarni samarali tarzda taqsimlash imkoniyatlariga qodir bo‘lishmaydi. ammo bunga zid ravishda ba’zi konsultant va maslahatchilar puli ko‘proq, katta miqyosdagi vazifalarni beruvchi va shunga muvofiq ish haqini balandroq to‘lay oladigan katta firmalarga o‘zlarining yuksak darajadagi afzalliklarini taqdim etishadi.ba’zilari esa kichkik korxonalar uchun ishlashdan bosh tortadilar, ammo ular katta korxonalarda ham farqlarni aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘yishlari va ularni tug‘rilashda muvaffaqiyatsizlikka uchrashlari mumkin.42 Mana shuning uchun kichik biznes mijozlarini innovatsion tarzda qo‘llab quvvatlashga ehtiyoj tug‘iladi.o‘tgan bo‘limlarda muhokama qilingan tamoyillar amalda qolsada konsultantlar o‘z xizmatlarini to‘liq tushunarli, oson qabul qilinishi va ko‘pchilik kichik korxonalarni o‘ziga jalb eta oladigan formulalar yaratish uchun o‘z imkoniyatlarini kuchaytirishlari lozim. Qisqacha aytganda, kichik biznes konsaltangi yanada foydaliroq va mijozlar markazlashtirilgan bo‘lishi lozim. One stop bozori va birlashgan yordam
One-stop tasnifi bilan berilgan bozor yoki bo‘limi kichik biznes mijozlarini biznesning turli jihatlari bo‘yicha ma’lumot va maslahatlar bilan ta’minlaydi. Ular formalarni to‘ldirishda yordamlashish va kredit talablari bo‘yicha tayyor ishlar kabi keng turdagi mavzular bo‘yicha axborot materiallari bilan ta’minlashadi.
Boshqa hollarda, umumiy biznes konsultantlari o‘z mijozlarini biznes faoliyatiga umumiy ma’noda foydali hisoblangan har tomonlama o‘ylangan va to‘liq maslahatlarini berishadi. Mijoz turli mutaxassislar, ba’zi asosiy ma’lumotlarni talab qiluvchi bir qancha shartnomalarni alohida qidirishiga to‘g‘ri kelmaydi. konsultant yuqori salohiyatli mutaxassislar tanlanishiga va masalaning haqiqiy tomonlariga ishonch hosil qilishi kerak. Kichik biznes mijozlari uchun foydali xizmatlardan biri bu konsultantning rivolanishlarni (soliq, eksport tartiblari, yangi bozorlardagi o‘zgarishlar)monitor qilishi va bu biznesga samarali bo‘lishidir. Konsultant mijozni bu kabi rivojlanishlardan xabardor etish tashabbuskori bo‘lishi lozim, o‘z o‘rnida mijozlariga ushbu yangi imkoniyatlar va cheklovlarga javoban qanday harakat qilishi lozimligi haqidagi o‘z takliflarini berishlari lozim.
O‘z o‘zini rivojlantirish va trening komplekslari o‘zlarining bizneslarini va uning potensiali to‘liq tushunishlari, menejment malakalarini va biznes natijalarini yaxshilash uchun kichik biznes kishilariga yordam berishda konsultantlar turli xildagi o‘quv komplekslarini taklif etishlari mumkin. alohida axborotlar va maslahatlar yordamida konsultant mijozni ilovalar va materiallarni o‘rganish orqali yo‘l ko‘rsatishi yoki mavjud komplekslarga asoslangan treninglarga yo‘naltirishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘p davlatlarda savdo palatalari, mahalliy banklar yoki konsalting firmalari bu kabi o‘quv materiallarini mahalliy qonunchilik va tijorat hamda bank amaliyotiga asoslangan holda mahallliy kichik korxonalarning talablariga muvofiq nashr qilishadi.xalqaro darajada testdan o‘tkazilgan va keng foydalaniladigan materiallar mavjud, jumladan, "ILO boshlanishi" va "biznesingni yaxshila"kabi dasturlar 35 tilda o‘qish imkoniyat mavjud va deyarli 80 ta davlatda foydalaniladi.