Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet125/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Nazorat uchun savollar?
1. Kichik korxonalar haqida tushuncha va ularni rivojlanishida konsultatsiyalarning o‘rni.
2. Korxonaning hayotiylik siklida konsultativ vazifalar.
3. Alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan sohalar.
4. Kichik biznes konsaltingida innovatsiyalarning mohiyati?.

18-M A V Z U:Soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar



REJA
1. Soliq va soliqqa tortish masalalarini tartibga solish asoslari
2. O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati tizimi faoliyatidan faydalanish xaruriyati
3. Soliq maslahatchilari tashkilotini tashkil qilishning me’yoriy – huquqiy asoslari
4. Axbarot maslaxat markazlarida soliq va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha maslahatlar



Tayanch iboralar: soliq, majburiy to‘lov, baza, mijoz, iqtisodiyot,stavka, soliq kodeksi, yig‘im.



1–савол
Soliq va soliqqa tortish masalalarini tartibga solish asoslari
Mamlakatimizda iqtisodiyotni yuksaltirish davrida soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar davlat xazinasining asosiy daromad manbasi hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslardan soliq qonunchiligiga ko‘ra belgilangan tartibda undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5 chi va 23 chi moddalarida ham fuqarolarning burch va majburiyatlaridan biri sifatida qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashning majburiyligi belgilab qo‘yilgan.
Soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlari deganda Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat byudjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat boiib, ularning asosiylari soliq solish ob’yekti, soliq solish bazasi, soliq stavkasi, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, soliq davri, soliqni to‘lash muddatlari va tartiblari, soliq imtiyozlari, soliq solish usullari, soliq yuki kabi tushunchalami qamrab oladi.
Soliq solish ob’yekti - soliq to‘lovchida soliq yoki boshqa majburiy to‘lov hisoblab chiqarilishi va (yoki) to‘lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.
Soliq solish ob’yektiga foyda yoki daromad, muayyan tovarlar qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq solish ob’yekti aslida jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq sub’yektlarining huquqlariga soliq solishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklarga mulkiy huquqqa ega bo‘lgandagina soliq solish ob’yekti yuzaga keladi. Masalan, egasiz imoratga soliq solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq sub’yekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan taqdirda ham soliq solish ob’yekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq solish ob’yekti aslida yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
Soliq solinadigan baza - soliq solish ob’yektining soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko‘rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qoplaniladigan ob’yektning miqdoriga ham bog‘liq, Soliq solinadigan bazaning miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq solish ob’yektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq solish bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi.
Soliq stavkasi - soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutloq summadagi miqdorni ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tizimidan iborat.
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:

    1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

    2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

    3. qo‘shilgan qiymat solig‘i;

    4. aksiz solig‘i;

    5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;

    6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

    7. mol-mulk solig‘i;

    8. yer solig‘i;

    9. obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

    10. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.

Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar;
2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:
3) davlat boji;

  1. bojxona to‘lovlari;

  2. ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:

  1. yagona soliq to‘lovi;

  2. yagona yer solig‘i;

  3. tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.

O‘zbekiston soliq tizimida soliqlarni ob’yekti, iqtisodiy mohiyati byudjetga tushishi va to‘lovchilari nuqtai-nazari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.
Soliqlar soliq solish ob’yektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:
1.Oborotdan olinadigan soliqlar.
2.Daromaddan olinadigan soliqlar.
3.Mol-mulkdan qiymatidan olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji va yer qa’ridan foydalanganlik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgarigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki yuklab yuborilgan mahsulotlar qiymati bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliq kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining yagona yer solig‘i hamda yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri (bilvosita), to‘g‘ri (bevosita) soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar hamda mol-mulk va resurs soliqlari kiradi. Resurs soliqlari tarkibiga yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar kiradi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan fermer xo‘jaliklarini soliqqa tortish va soliq to‘lash mexanizmini soddalashtirilishi bilan 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘i joriy qilindi. Ixchamlashtirilgan yagona yer solig‘ining joriy etilishi bilan fermer xo‘jaliklari foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer ostidan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 362-moddasiga ko‘ra yagona yer solig‘ini to‘lovchilar quyidagilar hisoblanadi:

  • qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar;

  • qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tarjiba xo‘jaliklari;

  • Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:

  • yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar;

  • qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar.

Yuqorida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi.
Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar har yili hisobot yilining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq inspeksiyasiga o‘tgan hisobot yilida qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Fermer xo‘jaliklari uchun yagona yer solig‘ining ob’yekti bo‘lib, qishloq xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi hisoblanadi. Soliq solinadigan baza bo‘lib esa, yer uchastkalarining me’yoriy qiymati hisoblanadi. Har bir xo‘jalik bo‘yicha qishloq xo‘jalik yerlarining me’yoriy qiymati O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi.
YEr uchastkasining me’yoriy qiymati har bir fermer xo‘jaligining joylashgan joyi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi, bonitet bali kabi ma’lumotlarga asosan belgilanadi.
Fermer xo‘jaliklari yagona yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobot yilining 1 mayigacha yer uchastkasi joylashgan soliq inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Fermer xo‘jaligi byudjetga yagona yer solig‘ini to‘lashni quyidagi muddatlarda amalga oshiradi:
- hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi;
- hisobot yilining 1 dekabrigacha – yillik soliq summasining 70 foizi.
yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, fermer xo‘jaliklari soliq inspeksiyasiga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari lozim.
Fermer xo‘jaliklari moliya yilida mahalliy byudjetga to‘lashi lozim bo‘lgan yagona yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishi natijasida byudjet oldidagi majburiyatlarni bajarilishiga, shu bilan birga keyingi istiqboldagi rejalarni amalga oshirilishiga erishadilar.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish