O‗simlik moylari odamning ovqatida muhim o„rin tutadi. Bu
moylar yuqori kaloriyali bo„lib, kishi organizmida yaxshi hazm
qilinadi. Ular oziq-ovqat sanoatida va kulinariyada keng qo„llaniladi.
O„simlik moylari kungaboqar, paxta, gorchitsa, moy olinadigan
zig„ir, kanop, kunjut, ko„knori, dumbul jo„xori, yong„oq, bodom,
loviya, er yong„oq, soya, zaytun mevasi va boshqalardan olinadi.
Bular ichida oziq-ovqat uchun ishlatiladigan eng muhim moylar:
kungaboqar, paxta, zaytun, gorchitsa, kunjut moyi va boshqalar.
Texnikaviy maqsadlarda ishlatiladiganlari - zig„ir, nasha urug„i,
kanakunjut urug„i, qo„ziqorin moyi va boshqalar hisoblanadi.
Bulardan zig„ir va nasha urug„i moyi oziq-ovqat ahamiyatiga ham
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |