Real kar’era — lavozimda amalga oshirilgan, erishilgan o’sishdir. Bunda
xodimning muayyan davr ichida faoliyatning tegishli turida aniq bir korxona yoki
tashkilotdagi lavozimda o’sishi tushuniladi.
Salohiyatli kar’era — lavozimda rejalashtirilgan, yoki ehtimol tutilgan
o’sishdir. Xodim mehnat faoliyati va hayotiy yo’li davomida o’z rejalari, ehtiyojlari,
qobiliyatlari, maqsadlarini ko’zlab lavozimda o’sishni orzu qilishi, xohlashi
salohiyatli kar’era hisoblanadi. Ana shunday istak xodim faoliyatini tashkil etishiga
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu umidlar to’la yoki qisman ro’yobga chiqishi,
umuman amalga oshmay qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |