Dastlabki bosqichda inson maktabda o’qiydi, o’rta maxsus, oliy ma’lumot
oladi. Bu odatda 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrgacha o’zining ehtiyojlari
va imkoniyatlariga javob beradigan faoliyat turini topish uchun bir necha xil ish bilan
shug’ullanishi mumkin. Agar u shunday faoliyat turini topa olsa, uning shaxs sifatida
ijtimoiy shakllanishi boshlanadi.
Tiklanish bosqichi taxminan besh yil — 25 dan 30 yoshgacha davom etadi.
Ana shu davrda xodim kasb egallaydi, zarur ko’nikmalar hosil qiladi, uning malakasi
shakllanadi, mustaqillikka erishishga ehtiyoj tug’iladi. Odatda shu davrda inson oila
quradi. Shuning uchun uning mehnatiga to’lanadigan haq miqdoriga qiziqishi
kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |