Ijro standartlariga ikkita asosiy narsa: “Nima qilindi?” va “Bu qay darajada
sifatli ijro etildi?” mezonlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni ijro standartlari
topshiriqqanchalik yaxshi bajarilganiga yo’naltirilgandir. Har bir standart shunday
ravshan ta’riflab berilishi kerakki, rahbar ham, xodim ham ijrodan nimani kutish
kerakligini va umumiy maqsadga erishish mumkinligini aniqtasavvur etishlari darkor.
Ijro standartlari va mehnat vazifalari bir-birlari bilan uzviy bog’liqlikda bulishlari
sababli ular o’zaro rivojlanishi umume’tirof etiladi. Ijro standartlari ishga talablarni
xodim uchun maqbul yoki nomaqbul darajaga o’tkazadi. Ular “ish tahlili - ijroni
baholash” tizimida hal qiluvchi rol’ o’ynaydi (10.2- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |